Abyssal-abissal


ДАНБУРИТ — DANBURITE DANBURIT


Download 1.11 Mb.
bet59/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ДАНБУРИТ — DANBURITE DANBURIT—m-l, kimyoviy ifodasi —-SaV2104[ON]. Dastlab AQShdagi Danouri konidan topilgan rombik singoniyali, kristallari prizma shaklida. Qat. 7 7,3; s. o r. 3 ga teng. Rangsiz och kulrang, och va sarg‘ish jigarrang. Shishasimon yaltiraydi. Tabiatda skarnlarda datolit, sinit, piroksen va granat bilan birga uchraydi.

ДАТОЛИТ — DATOLITE DATOLIT — m-l. Kimyoviy tarkibi — CaB4 [ON]. Oq, ba’zan kulrang tovlanuvchan, och yashil, sariq, shishadek yaltiroq. Qat. 5—5,5 S.og‘. 2,9—3,0 chig’anoksimon yuzalar hosil qilib sinadi. Ko‘pincha u rudali tomirlarda bodomtosh strukturali magmatik jinslar bo‘shliqlarida kalsit, prenit, seolitlar bilan birgalikda skarn maxsulotlari bor joylarda uchraydi.

ДАТСКИЙ ЯРУС — DANISH TIYER DAT YARUSI - (Daniya mamlaqati nomidan). Yuqori bur sistemasining qismi. Yarus yotqiziqlari asosan qumtosh, gil, mergel, ohaktosh va vulkan jinslardan iborat. O‘zbekistonda bu jinslarda neft, gaz, ohaktosh, gips, bezak toshlar topilgan.

ДАЦИТ — DACITE DATSIT (Ruminyaiing kuzena Rim nomi va Vengriyaning bir qismi bo‘lgan — Datsiya nomi bilan atalgan)— —nordon vulkanik t.j. (2 = 63 — 72 %). Tarkibiga ko‘ra granodioritlarning effuziv turi hisobladi. Tuzilishi donador, xol- xol. Asos shishasimon qismdan va fenokristlardan iborat. Tarkibi kvars, nordon va o‘rta plagioklaz oligoklaz — andezin, Ap20_ 45AL80_ 55 biotit,piroksin va amfibolllrdan iborat. SHishasimon qismining tarkibi ham nordon magmatik jinslarga to’g’ri keladi:2 = 63 — 72%. D. ko‘pincha qit’alardagi keng tarqalgan vulkanlar bilan bog‘lik. O‘zbekistonda Qurama, Xisor tog‘larida ko‘p tarqalgan.

ДВИЖЕНИЕ ПОЛЮСОВЗЕМЛИ — MOVEMENT OF THE EARTH'S POLES YER QUTBLARI HARAKATI. Bir me’yordagi harakat uchi bilan bir zumdagi harakat uchi bir chiziqda yotmaydi, bu holat Yer ostida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bir zumdagi harakat uchi bilan Yer yuzasi kesilgan nuqtalari shimoliy va janubiy qutblar deb ataladi. Xar bir qutb Yer yuzida egri chiziq hosil qiladi, o‘rtacha holatidan 13 metrga farqi bor. Bu o‘z navbatida parallel va meridian chiziqlar muvozanatdan chiqib turadi, shu sababdan hamma geografik kenglik va uzoqliklar o‘zgarib turadi. Binobarin, astronomiya va geodeziyada, shuningdek, xaritalar tuzishda e’tiborga olinadi. Yer qutblari koordinatini aniqlash uchun 1898 yilda Xalqaro kenglikni o‘lchash tashkiloti tuzildi, bu tashkilot hozirgacha qutblar harakatini o‘rganadi. Qutblar Yer kurrasining bir kecha kunduzdagi harakati bo’ylab harakat qiladi. Bir yillik davr ob-havoning o‘zgarishiga asoslangan (qorlarning erishi, suvlarning ko‘payish ozayishi manba kilib olingan). 1765 yilda L. Eyler Yerni qattiq jism, deb faraz qilgan va nazariy jihatdan hisoblab, bir yillik davr 305 kunga teng, deb isbotlagan.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling