Abyssal-abissal


ГРАНИТИЗАЦИЯ — GRANITIZATION GRANITLANISH


Download 1.11 Mb.
bet55/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГРАНИТИЗАЦИЯ — GRANITIZATION GRANITLANISH — Yer po‘stining chuqur qismlarida bo‘ladigan murakkab jarayonlar natijasida turli (cho’kindi, otqindi, metamorfik) tog‘ j. larining o‘zgarib, granitga aylanishi. G. ga uchragan jinslarning tarkibi va tuzilishi butunlay o‘zgarib ketadi. G. to‘g‘risida turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar G. Yer bag‘ridan chiqadigan gaz va suyuq Eritmalarning t. j. lariga ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, deyishsa, boshqalari G. qattiq jinslar ionlarining bir-biri bilan aralashishi natijasida hosil bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Magmaning t.j. lariga ta’siri natijasida G. sodir bo‘ladi degan fikrlar ham bor.
ГРАНИТОИДЫ — GRANITOIDS GRANITOIDLAR — F. YU. Levinson — Lessing bo‘yicha G. lar, granodioritlar, plagiogranitlar va ular b-n bog‘liq bo‘lgan boshqa jinslar yig‘indisi G. lar tushunchasi odatda granit ko‘rinishida bo‘lgan jinslarni dala sharoitida aniqlashda yoki yetarlicha o‘rganilmagan t. j.larini atashda ishlatiladi. G. ni anatektik, metasomatik, palingen va b. ko‘p turlari ma’lum. Agar G. lar dastlab paydo bo‘lgan joylarida saqlangan bo‘lsa, avtoxton G. lar va dastlabky joyidan boshqa joyga siljigan bo‘lsa alloxton G. lar, deb yuritiladi.

ГРАНИЦА КОНРАДА CONRAD BORDYER KONRAD CHEGARASI —«granit» va «bazalt» qatlamini bir-biridan ajratib turadigan nisbiy chegara. 1926 yilda Alp tog‘larida zilzila ta’siri o‘rganilayotganda avstriyalik olim Konrad ushbu chegarani birinchi bo‘lib aniqladi. Ko‘p «qatlamli» Yerlarda Konrad chegarasini aniqlash ancha qiyin, chunki bu zaminlarning fizikaviy xususiyatlari o‘xshashdir. Oddiy geofizik usul bilan bu ishni amalga oshirish g‘oyat murakkab.

ГРАНИЦА МОХОРОВИЧИЧА — MOHOROVIĆ BORDYER MOXOROVICHICH CHEGARASI — 1909 yilda yugoslaviyalik seymolog — olim Moxorovichich aniqlaganligi uchun uning nomi b-n ataladi; M. chegarasidagi seysmik to‘lqinlarining tezligi (bo‘ylama to‘lqin) 6,9—7,4 dan 8,0—8,2 km/sek gacha o‘sib boradi. Zichlik ham 2,8—2,9 dan 3,2—3,3 gr/sm3 gacha o‘zgaradi. Ayrim mintaqalarda M. ch. aniq fizik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xullas, M. ya. t.j. larining kimyoviy xususiyati bir xil bo‘lib, ularni qandaydir chegara ajratib turadi. Okean ostida M. ch. 10—12 km chuqurlikda yotadi, ayrim tog‘lik rayonlarda bu ko‘rsatkich 65—75 km ni tashkil etadi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling