Abyssal-abissal


ГОРИЗОНТ — HORIZON GORIZONT


Download 1.11 Mb.
bet51/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГОРИЗОНТHORIZON GORIZONT — gorizontal bo’ylab bir xil yoshdagi t. j . larini birlashtiruvchi yordamchi stratigrafiya birlik. G. t. j . larida uchragan xayvon va o‘simlik qoldiklari, jinslarning paydo bo‘lish sharoiti, tarkibi, qadimgi iqlim va boshqa xususiyatlariga qarab ajratiladi. G. ayrim mintaqalarda geologik rivojlanishining ma’lum bosqichida paydo bo‘ladi. Odatda. G. ga birinchi o‘rganilgan joyiga qarab geografik nom beriladi.
ГОРНБЛЕНДИТ — HORNBLENDITE GORNBLENDIT (nem— rogovaya obmanka)— to‘lik kristallangan magmatic t. j asosan amfiboldan iborat, tarkibida juda kam mikdorda asosli plagioklaz va klinopiroksen bo‘lishi mumkin. Plagioklaz amfibol kristallari oraligini to‘ldiradi. G. ko‘pincha o‘ta asosli va asosli t. j . lari b-n birga uchraydi. G. lar bilan magnetit ma’danlari bog‘liq.
ГОРНЫЙ ХРУСТАЛЬ — RHINESTONE — m-l kvars (billursimon kristallangan kvarsning turi). Suvdek tinik, rangsiz, ba’zan tutunsimon, sarg‘ish rangda bo‘lishi mumkin. Sadafdek yaltiraydi. Kristallari yirik. Kimyoviy ifodasi — 5YU 2. Trigonal singoniyali. T. b. o‘rta va past haroratli gidrotYermal suyukliklardan hosil bo‘ladi. yirik metamorfnk slanetslarning bo‘shliklarida, yoriqlarida, gidrotermal tomirlar bo‘shlig‘ida va pegmatitlarning ayrim turlarida uchraydi. T. b. konlari Ural, Oltoy, Ukraina, Tojikiston (Pomir), Xitoy, Braziliya, M adagashar, Shrilanka, Birma va Shveyhariyada bor. T. b. So‘n’iy yul b-n ham olinadi. Optika, elektrotexnika, radio texnika va zargarlikda ishlatiladi.
ГОРООБРАЗОВАНИЕ — MOUNTAIN BUILDING TOG‘ HOSIL BO‘LISHI — tog‘ paydo qiladigan tektonik va denudatsion jarayonlar yig‘indisi T. x- b. gacha odatda burmalar vujudga keladi. Tog‘ va burmalanish jarayonlari gorizontal siqilish yoriqlar buyicha vYertikal siljish, gravitatsion sirg‘alish, t. j . lari hajmining ortishi natijasida hosil bo‘ladi.

ГОРСТ — HORST GORST (nem.do’nglik, balandlik)— atrofga nisbatan ko‘tarilgan Yer yoriqlari bilan chegaralangan joy. G. odatda cho‘zinchok ko‘rinishiga ega, eni ba’zida o‘nlab km. ga etadi. Surilish amplitudasi bir necha yuz metrga borishi mumkin. Bir qator belgilariga qarab. G. ning turli xillari ajratiladi: bo‘ylama — uning yo’nalishi t. j . larining, deformatsiyalashgan yoki burmali qurilma yo’nalishiga yaqin; kundalang—yo’nalishi t. j . lari burma uchi yo’nalishiga ko‘ndalang; qiya — nishab tekisligi barcha maydonda bir tomonga qiya bir tomonlama — faqat bir tomondan vzbros yoki sbros bilan chegaralangan qiya G.; ponasimon — pastga qarab torayib boruvchi; sodda tomondan faqat birgina vzbros yoki sbros bilan chegaralangan; murakkab (zinasimon)— bir yoki ikkala tomondan sbros (vzbros) lar bilan chegaralangan va tutash cho‘kkan uchastkalarga tushib boradigan; supasimon — uni tashkil kilgai t. j . lari burmalangan; burmali — qatlamlar burmalangan.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling