Abyssal-abissal


АБРАЗИЯ-ABRASION-ABRAZIYA


Download 1.11 Mb.
bet2/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

АБРАЗИЯ-ABRASION-ABRAZIYA-okean, dengiz, qo‘l va b. suv xavzalari kirg‘og‘idagi tub jinslarning suv to‘lqinlari va oqimlar ta’sirida yemirilishi. A. jarayonini ayniqsa dengiz sohilida to‘lqinlar qirg‘oqqa urilganda ko‘rish mumkin: bunda tub jinslar to‘lqin zarbiga uchraydi; suv yumalatib olib kelgan tosh, shag‘al, qumlarning urilishidan qirilib, maydalanadi, yemiriladi, Yeriydi. Suv ostida A. nisbatan sekin kechadi, ammo bu jarayon okean, ko’l va dengizlarda sohildan 10-30 m chuqurlikgacha ta’sir qiladi, okeanlarda esa, ba’zan 100 m chuqurlikgacha etib boradi. A. ni g‘ovak jinslar, aksari gologen yotqiziqlar yuvilishidan farqlash lozim. Okeanologiyada A. va yuvilish tushunchalarida qo‘llanadi. Umumiy geologiya va geomorfologiyada tub jinslar va g‘ovak jinslar yemirilishi A. deb tushuniladi. Qutb mintaqasi doirasidagi dengiz qirg‘oqlarida A. o‘ziga xos vaziyatda sodir bo‘ladi; bu yerda muzlagan yYer to‘lqinlar harakatidan Yerib, yemiriladi. Qirg‘oqning bunday emirilish jarayoni termoabraziya deb yuritiladi. A. jarayoni natijasida hosil bo‘lgan shakllar abrazion tekislik, A. tYerrasasi, A. kamarlari deyiladi.

АБСАРОКИТ -ABSAROKIT-ABSAROKIT — porfirli yoki yaxshi kristallangan asosli, effuziv tog‘ jinsi; ishqoriy elementlarga, xususan 20 ga boy. A.ning asosiy qismi shishasimon ko‘rinishdan to‘liq kristallangan holatda bo‘lib, uning ichida olivyn va avgit kristallari xol-xol ravishda ko‘plab uchraydi. Mineralogik tarkibi 25% sanidin, 25% avgit, 24% olivin, 22% plagioklaz, 3% rudali minerallar, apatit va biotitdan iborat. F. YU. Levinson-Lessing bu tog‘ jinsini ortoklazli bazalt, V. E. TryogYer — mezotipli traxibazalt, A. N. Zavaritskiy — ishqorli bazalt deb atashgan. A. A1\SH (Yellouston Millim bog‘i) dagi tog‘ jinslari ichida tomirlar va oqmalar shaklida, O‘rta Osiyoda Qorjantog‘ va Chotqol tog‘ tizmalarida pYerm davri vulkanik yotqiziklarida uchraydi.

АБСОЛЮТНАЯ ВЫСОТА -ABSOLUTE HEIGHT-MUTLOQ BALANDLIK (lot.— to‘la) mutloq balandlik, ampltituda. YYer yuzasidagi muayyan nuqtadan okeanning o‘rtacha satxigacha bo‘lgan tik masofa; metrlarda o‘lchanadi. Okean yuzasidan baland joylashgan nuqtalar musbat mikdor, pastdagisi esa manfiy mikdor b-n belgilanadi. M. b. nivelirlash orqali aniqlanadi. M. b. Boltiq dengizidagi Kron shtati futshtog‘i nolidan hisoblanadi. Xaritalardagi nuqtalar balandligi musbat mikdorda bYeriladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling