Abyssal-abissal
Download 1.11 Mb.
|
LUG\'AT 185
АЛЬПИЙСКАЯ СКЛАДЧАТОСТЬ- ALPINE FOLDING-ALP BURMALANISHI. Bo’r davrining oxiri va kaynozoyda bo‘lib o‘tgan burmalanish jarayonlari uchun hosdir.A. bo‘lkalari ikki yirik mintaqa sifatida uchraydi. O‘rta yYer dengizi mintaqasi Evropadan to janubiy sharqiy Osiyogacha cho‘zilgan (asosan paleogen davrida bo‘lib o‘tgan). Tinch okean mintaqasida Tinch okeanini o‘rab olgan joylarda paleogen davrida (ilk alp yoki ilk kaynozoy) va plioqenda yoki quyi kaynozoyda bo‘lib o‘tgan. A. b. o‘lkalarida ko‘p sonli yirik neft va gaz havzalari joylashgan (Fors ko‘rfazi, Kaliforniya, Janubiy AmYerika, Ozarbayjoi, Kavkaz oldi, G‘arbiy Ukraina, O‘rta Osiyo, Saxalin va b.)
АЛЯСКИТ-ALASQUITE-ALYASKIT (Alyaska nomidan olingan)-o‘ta nordon granitlarning turi. Tarkibi-ortoklaz 35%, plagioklaz-30%, kvars-35%. Tuzilishi ko‘pincha donador, to‘la kristallangan bo‘ladi. Tarkibida rangli minerallar juda kam uchraydi. Alyaskit granit massivlarining eng so‘nggi bosqichini tashkil etadi. Kamdan-kam aloxida intruziv jismlar holida uchraydi. АМАЗОНИТ-AMAZONITE-AMAZO-NIT-amazonka toshi, mineral, mikroklinning yashil va och zangori turi. Monoklin singoniyali. Rangi yashildan to zangorigacha; yaltiroqligi shishasimon, sadafsimon chizig‘i-ning rangi oq. qat. 6-6,5. Solishtirma og‘. 2,56-2,58. Ajralish tekisligi yaxshi rivojlangan. Tarkibida bir oz rubidiy, seziy va marganets bo‘lishi mumkin. Pegmatitlar va ba’zi granitlarda uchraydi. Kattaroq kristallari zargarlikda ishlatiladi. Uralning Ilmen tog‘larida,Qozog‘istonning Aqjul mintaqasida tarqalgan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling