Abyssal-abissal
Download 1.11 Mb.
|
LUG\'AT 185
АЛЕВРИТ-SILTSTONE-ALEVRIT— mayda bo‘lakchalardan iborat chaqiq (parchalangan), g‘ovak, yumshoq cho’kindi jins asosli zarralardan (kvars, dala shpati, slyuda va boshqalardan iborat. A. o‘z zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra qumdan mayinroq, gildan dag‘alrok bo‘ladi. A. dagi zarrachalarning diametri ko‘pincha 0,1 mm dan 0,01 mm gacha. Shunday zarrachalardan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining tuzilishi A. strukturasi, zarrachalari esa A.fraksiyasi deb ataladi.
АЛЕВРОЛИТ-SILTSTONE-ALEVROLIT - zichlashib va sementlashib qattik t.j ga aylangan alevrit. АЛЕКСАНДРИТ-ALEXANDRITE ALEKSANDRIT-XrizobYerill turlaridan biri. Kimyoviy ifodasi A12Ve. Qat.8,5 S. og’. 3,7 ga yaqin. Tabiiy yorug‘likda rangi zumrad, yashil, chiroqda to‘q qizil, A. qimmatbaho tosh. Yuqori haroratda pegmatit yYer tomirlarda hosil bo‘ladi. Tabiatda ko‘pincha bYeril, fenakit, rutil, flyuorit va b. metallar bilan uchraydi. АЛЛОСХАРН-ALLOSXARN- ALLOSHARN—ohak toshlar hisobiga hosil bo‘lgan sharnlar (M. Abdullaev). АЛЛОТРИОМОРФИЗМ-ALLOTRIO-MORPHISM-ALLOTRIOMORFIZM-ksenomorfizm,o‘ziga xos kristallografik shaklga ega bo‘la olmagan kristallar hosil bo‘lishi. Odatda magma qotish oldida, undan t. j . hosil bo‘layotgan jarayonda Yerigan holdagi kotishmadan dastlab ajralayotgan kristallar Yerkin to‘lib to‘lish kristallografik shaklga ega bo‘ladi. Keyingi kristallar oldin ajralib chiqadi kristallar orasida siqilib qoladi va to‘la kristallografik shaklga ega bo‘la olmaydi. Bunday kristallar ksenomorf yoki allotriomorf kristallar deyiladi va ular barcha t. j . larida uchraydi. АЛЛОХТОН-ALLOCHTHON ALLOXTON—tog‘ jinslari yig’indisi; foydali qazilmalar va moddalarning paydo bo‘lgan o‘rinlari (yotgan joyi) dan ma’lum geologik jarayonlar sababli qiyalik yoki notekis yuza bo‘ylab yangi o‘ringa siljishi (ko‘chirilishi) va qaytadan yotqiziqlarning paydo bo‘lishi. Bunday siljish bir necha m. dan bir necha yuz km. gacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham qoplamalarning ostida yotgan jinslardan butunlay farq qilishi mumkin. АЛЛЮВИЙ-ALLUVIUM-ALLYUVIY — allyuvial yotqiziqlar (lot. — yotqiziq) t. j . larining nurashi va ularni suv parchalashi natijasida suv b-n oqib borgan va biror yYerda to‘plangan jinslar. A. tarkibi, tuzilish xususiyatlari bo‘laklarning katta-kichikligigalarning gidrologik rejimiga, yuviladigan tog’ jinslarining tarkibiga, geomorfologik sharoitlarga bog‘lik. hosil bo‘lishiga qarab tog‘dagi va tekislikdagi d. lar A. siga bo‘linadi: birinchisiga saralanmagan, yomon yumaloqlangan, tarkibi har xil (polimikt) yirik bo‘laklar, qatlamlanishi aniq bo‘lmagan jinslar kiradi. Ikkinchisiga tekislikdagi d. larda hosil bo‘lgan, tarkibi ko‘pincha bir xil (oligomikt) bo‘lgan jinslar kiradi. A. tarkibida shag‘al, qum, gil va b. bo‘ladi. Ko‘pincha, A. orasida o‘simlik va chuchuk suvlarda yashaydigan turli jonivorlar (mollyuskalar va umo‘rtsali hayvonlar) ning qoldiqlari ham uchraydi. U suvning tez yoki sekin okishi va yo’nalishiga qarab har xil qatlamli bo‘ladi. АЛМАЗ-DIAMOND-OLMOS (yunoncha «adamas»-engilmas)-mineral, sof uglYerodning kristall polimorf modifika qiyalaridan biri. O. ning ballas, bort kabi xillari bor. Aksariyat rangsiz, kamdan-kam rangli, oktaedr kristallardan iborat. Eng qattiq mineral (Moos shkalasi buyicha qat. 10); zich. 3,5 g/sm3chamasida O. turli shakllarda uchraydi. Uning juda kichik donachalaridan tortib yuz va ming haratli (1 harat= 0,2 g) o‘ta yirik kristallari ham mavjud. Ko‘pincha 0,1—1 haratli O.uchraydi, 100 haratdan ortiq yirik kristallari kam topilgan. Dunyodagi eng yirik O. 3106 haratli «Kullinan» 1905 yili Janubiy Afrikada topilgan. Undan 105 ta brilliant yasalgan. O. o‘zining qattiqligi, shakli, rangi va qo‘llanishiga ko‘ra 7 turkum va 23 guruxga bo‘linadi. Jahon bozorida 2 xil — zargarlik va texnik O. farqlanadi. Mukammal shaklli, o‘ta shaffof, rangsiz O. zargarlikda qo’llaniladi. Sifat va kattaligidan qat’iy nazar qolgan barcha O. lar texnik O. hisoblanadi. O. konlari kelib chitsish jihatidan ishkorli o‘ta asosli magmatik jinslar (kimbYerlitlar) b-n bog’liq. Ayniqsa O. otqindi (effuziv) jinslarning vulqon kratYerida portlash paytida yuqori bosim va harorat yuqori darajaga etganda paydo bo‘ladi. O. olivin, pirop, ilmenitlar b-n birga uchraydi. O. ning dunyodagi eng yirik konlari Janubiy Afrikada, shuningdek Equtiston va Uralda xam mavjud. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling