Abyssal-abissal


Download 1.11 Mb.
bet54/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГРАНИТGRANITE GRANIT (lot. dgapoz — dona)— bir xil donador yoki porfirsimon nordon (miqdori 64—78%) intruziv t. j . Tarkibi kvars (25—35% ), nordon plagioklaz (10—20%), kaliyli dala shpati (30—40% ) va rangli m-llar — biotit, muskovit kamroq, rogovaya obmanka va piroksendan iborat. Rangli m-llarning miqdori 5—10% dan oshmaydi. Ko‘pincha biotit va muskovit ishtirok etadi. Plagioklaz granitlarda aksariyat oligoklazdan iborat. Ishtirok etgan rangli m-llarga qarab granatli, biotitli, ikki slyudali, rogovaya obmankali va piroksenli xillari mavjud. Kvars va dala shpati nisbatiga qarab, normal G., plagiogranit va ortoklazli G. larga bo‘linadi. Aksessor m-llardan G. larda apatit, sirkon, titanit, magnetit, ilmenit, gematit, goho boshqa nodir m-llar uchraydi. G. ning biotitli va rogovaya obmanka biotitli turlari eng ko‘p tarqalgan. Piroksenli xili juda kam tarqalgan. Giperstenli G. lar charnokit nomi bilan yuritilgan. G. ning rangli m-li deyarli yoki butunlay bo‘lmagan turi alyaskit deb yuritiladi. Plagiogranitlarda ishqorli dala shpatlari deyarli bo‘lmaydi. Binobarin, dala shpatlari faqat plagioklazdan iboratdir. Kvars miqdori ularda 30—40% ga teng. Kremniy oksidi miqdoriga ko‘ra G. lar ikkiga bo‘linadi. Birinchi turida miqdori 72 73% bo‘lib, ular chuqurda vujudga kelgan, G. lar hisoblanadi G. ning ikkinchi turida 8102 74— 75% ni tashkil etadi, bunday G. lar vulkan jinslari bilan bevosita alokadordir. Shartli ravishda bu ikki xil G. lar pluton G. lari va vulkan uyushmalari G. lari deb yuritiladi. Bundan tashqari, ular tarkibidagi kvars minerali miqdori bo’yicha ham o‘zaro farqlanadi, Pluton G. larida kvars o‘rtacha 28% ni, vulkan uyushmalari G. larida esa 35% ni tashkil etadi. Pluton G. lari uchuvchan komponentlar (N 20 va b.) yuqori bosim ta’sirida, vulkan uyushmalari G. lari esa yuksak haroratda kristallanadi. Ammo bunday G. larning aksariyati uchuvchan component-larning yuqori bosimi ostida ham kristallanadi. Granitlarning rangi och, kulrang. Ichki tuzilishi ko‘pincha allotriomorf donali. Tashqi ko‘rinishi massiv.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling