Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning metodologik asoslari


Download 1.38 Mb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1314708
  1   2   3
Bog'liq
Investitsiya loyihalarini moliyaviy iqtisodiy baholashning metodologik

Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning metodologik asoslari


Reja
    • 1.Investitsiya loyihalarini tanlashda moliyaviy-iqtisodiy baholashning roli.
    • 2.Diskontlash haqida tushuncha.

LOYIHA
NAF
PUL
PUL BO’LMAGAN
Quyidagi shartlarni taʼminlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi:
    • tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;
    • loyihani mablag‘ bilan taʼminlaydigan investor o‘rtacha foyda meʼyoridan kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa;
    • investor uchun maʼqul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa.

Mana shu shartlarning bajarilishi real ekanligini aniqlash investitsiya loyihalarini moliyaviy - iqtisodiy baholashning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday baholashni o‘tkazish bir qancha sabablarga ko‘ra, ancha qiyin. Bu sabablar quyidagilardir:
    • birinchidan, investitsiya xarajatlari bir marta qilinishi yoki uzoq muddat ichida bir necha marta takrorlanishi mumkin;
    • ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natija olish jarayoni ham uzoq davom etishi mumkin;
    • uchinchidan, uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish investitsiya loyihalarining barcha jihatlarini baholashda noaniqlik darajasi oshishiga, turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.

Аynan ana shu omillarning mavjudligi investitsiya loyihalarini baholashning maxsus, xatolik darajasi minimal bo‘lgan, yetarlicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan uslublarini vujudga keltirishni taqozo etdi.
Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng ko‘lamda kirib kelgan yangi nazariya va uslubdir.
2.Diskontlash haqida tushuncha
Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga kelishiga sabab, pul mablag‘lari qiymatining vaqt davomida o‘zgarib turishidir. Yaʼni bugungi bir so‘m qiymati bir yil keyin olinadigan bir so‘m qiymati bilan bir xil emas.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling