Abyssal-abissal


Download 1.11 Mb.
bet11/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

АНДРАДИТ-ANDRADITE-ANDRADIT (portugaliyalik mineralog olim «Andrad»ning nomiga). Boshqa granatlardan tarkibida faqat kalsiy va temir borligi bilan farq qiladi. Kimyoviy ifodasi Sa3Re2 Ko‘p singoniyali turlari: demantoid, melanit (sharlomit), poliadelfit, bredbYergit, rotgoffit.Rangi ko‘ng‘ir, qora, sariq, ko’qimtir sarg‘ish, ba’zan Qizil. Chizig‘ining rangi odatda oq. Yaltirokligi shishasimon, ba’zida moysimon. Ulannsh yuzasi bo‘lmaydi qat. 6,5-7,5. S.og‘. 3,75-3,86. Boshqa granatlar bilan turli nisbatdagi qotishmalar hosil qilganligidan fizik xossalari o‘zgaruvchan. Ko‘pincha ohaktoshlarning temirli Yeritmalar ta’sirida metasomatik o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lib, sharnlarda gedenbYergit, magnetit va vollastonit bilan birga, shuningdek metamorfik jinslarda, kalsitli gidrotYermal tomirlarda va gidrotYermal tarzda o‘zgargan asosli va o‘ta asosli jinslarda ham uchraydi. Abraziv matYeriallar tayyorlashda,ba’zan qurilish sanoatida (sement va sopol massasi tayyorlash da qushimcha sifatida) ishlatiladi. Yashil va sarg‘ish-och yashil, shaffof turlari (demantoidlar) uchinchi va ikkinchi darajali qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlikda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda Chodak, Choshtepa, Ingichka, Quytosh, Turongli konlarida ko‘p uchraydi.

AНОРТИТ-ANORTHITE-ANORTITkalsiyli dala shpati (Dala shpatlari).

AНОРТОЗИТ-ANORTHOSITE-ANORTOZIT (fran. apogplagioklaz), gabbro guruhiga mansub donador t. j. 80-90% plagioklazdan iborat. Tarkibida shuningdek anortit va bitovnitlar, juda kam miqdorda rangli m-llar (avgit yoki gipYersten, bronzit, ba’zan olivin, rogovaya obmanka) mavjud. A.lar plagioklazning tarkibiga qarab labradoritlar, bitovinititlar, anortitli A.larga bo‘linadi. A.lar tabaqalashgan bazitli intro‘ziyalarda qatlam, linza va shlir shaklida (Bushveld, Monchegorsk va boshqa intruzivlar) uchraydi. A.lar fizik, kimyoviy nurashlarga chidamli, chiroyli bo‘lganidan imoratlarni, metropolitenlar va yodgorliklarni bezashda ishlatiladi.

AНОРТОКЛАЗ-ANORTHOCLASE- ANORTOKLAZ- (yunon,-«ortoklaz emas») - m-l, gomogen kaliy-natriyli dala shpati,tashqi ko‘rinishi ortoklazga o‘xshash. Fizik xususiyatiga ko‘ra mikroklinga yaqin. bilan mikroklin oralig‘idagi m-l. Triklin singoniyali. Rangi oqish, sarg‘ish, xar xil tusdagi kulrang, qizg‘ish. Yаltiroqligi shishasimon. qat. 6-6,5, s. og’ir . 2,62-2,63.A. yuqori xaroratda magmaning tez sovishi (650 °C) natijasida hosil bo‘lgan ko‘p tarkibli kaliyli dala shpati. U natriyga boy intruziv, effuziv va vulkanik t. j . larida uchraydi. Qurama va Chatqol tog‘ tizmalaridagi t. j. larida ko‘p tarqalgan.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling