Abyssal-abissal
Download 1.11 Mb.
|
LUG\'AT 185
АМЕТИСТ-AMETHYST-AMETIST-kvarsning bir turi, safsar yoki ko’qish safsar rangli; A. granit pegmatitlarda, kvars yYer tomirlarda metamorfik va vulkanik t. j. lari bo‘shliqlarida hosil bo‘ladi. Eng yaxshi namunalaridan zargarlik va badiiy buyumlar ishlanadi. Ural A. lari aloxida chiroyi bilan dong taratgan;eng qimmatli A. lar Braziliyada qazib olinadi.
АМФИБОЛИТ-AMPHIBOLITE-AMFI-BOLIT-metamorflashgan t. j . Rangi qora, to‘q, yashil; rogovaya obmanka, amfibol va plagioklazdan iborat; ba’zan tarkibida kvars, granat, epidot, biotit,kianit, piroksen, stavrolit uchraydi. A. metamorfizm natijasida o‘rta va asosli magmatik va qisman ba’zi bir cho’kindi jinslardan paydo bo‘ladi. A.O‘rta Osiyoda (Xisor, Qizilkumda) keng tarqalgan. O‘zbek-istonda Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi tog‘larda, Qoraqalpog‘istondagi Sulton Uvays tog‘larida ko‘p uchraydi. АМФИБОЛЫ-AMPHIBOLES-AMFI-BOLLAR (yunon. «amfibolyos»- noaniq).- t. jinsining hosil qiluvchi rangli minerallar guruhi. Kristallik panjaralarining tuzilishida murakkab kremniy oksidli tetraedrlardan iborat ikki qatorli radikallar ishtirok etadi. Kristallanish xususiyatiga qarab amfibollar 2 ga bo‘linadi: moioklin singoniyali (tremolit, aktinolit, oddiy rogovaya obmanka, glaukofan, ribekit va arfvedsonit); Rombik singoniyali (antofillit). Ribekit va arfvedsonit tarkibidagi ishsoriy elementlar miqdoriga ko‘ra A. ning ishqoriy to‘ri hisoblanadi. Ular asosan ishkoriy t. j. larida uchraydi. A. kimyoviy tarkibi jixvtidan bir-biridan farq qilsa ham, fizik xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga juda yaqin. Qat. 5-6 s. o r . 2,9-3,6. Rangi tarkibidagi ikki va uch valentli temir mivdoriga qarab och yashil, to‘q yashil, sarg‘imtir, qora va qo‘ng‘ir bo‘ladi. A. magmatik t. j . larida diorit, granodiorit, sienitdiorit, dala shpati, biotit kvars, sfen va b. minerallar b-n metamorfik jinslarda esa piroksen, granat, kordiYerit, sillimanit, sharnlarda granat, piroksen kabi minerallar bilan birga uchraydi. A. vulkan lavalari tarkibida ham ko‘p uchraydi. A. O‘zbekistonda juda keng tarqalgan (Olmalik, Chotqol tog‘lari, G‘arbiy O‘zbekistonning volfram-molibden konlari) A. Asosan volfram, molibden, ruh, surgoshin va boshqa metall rudalari bor joylarda uchraydi va ba’zan ulardan darak bYeradi. Amfibol-asbest xillari xalq xo‘jaligida keng ishlatiladi. Uning tabiiy, egiluvchan tolalaridan o‘t va kislotaga chidamli ash’yolar tayyorlanadi. YAshirin kristallik zich, nafis yashil rangli aktinolitnefrit nomi b-n mashhur. Qimmatbaho tosh hisoblanadi. Undan bezak buyumlari tayyorlanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling