“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue | 2022 Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608 www. sciencebox.uz/ 466 MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BYUDJET- SOLIQ SIYOSATINING AHAMIYATI U. Yu. O‘roqov TMI dotsenti N. M. Anvarov TMI magistranti Annotatsiya: Maqolada byudjet-soliq siyosatining mohiyati va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy siyosat, byudjet-soliq siyosati, soliqlar, byudjet. Keyingi yillarda O‟zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchiliqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o‟z ichiga oladi. Manashunday dastaklardan eng muhimlaridan biri-davlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga solish muammolariga alohida e‟tibor beriladi. Moliyaviy siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‟lib,uni falsafiy kategoriyaga taqqoslaydigan bo‟lsak, ustqurmaga talluqlidir. Ma‟lumki, har qanday jamiyatda ham davlat biron-bir maqsadga erishish,oldiga quygan vazifa va majburiyatlarini bajarish uchun moliyadan keng foydalanadi. Moliyaviy siyosat qo‟yilgan maqsadlarni hayotga tatbiq etish uchun bajarilishi lozim bo‟lgan vazifalarni tashkil etishda asosiy rol o‟ynaydi. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqish jarayoni va hayotga tatbiq etishda u jamiyatoldida turgan vazifalarni bajarish sharoitlarini taminlab, iqtisodiy manfaatlarga ta‟sir ko‟rsatadigan qurol sifatida namoyon bo‟ladi. Moliyaviy siyosatning asosiy yo‟nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o‟rtasida qayta taqsimlash va bosh yo‟nalishga ega bo‟lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barkarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat. Moliyaviy siyosat o‟z-o‟zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo‟lib, birvaqtning o‟zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‟lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. Moliyaviy siyosatni professorlar A.V.Vahobov va T.S.Malikovlar quyidagicha ta‟riflaganlar: “Takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta‟minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi” 1 . 1 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik /Toshkent Moliya instituti. -Toshkent: “Noshir”, 2011-712 b.. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling