“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


“Academic Excellence on Science and Research”


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1239736
1   2   3   4   5   6
“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
467
Moliyaviy siyosatning xususiyati bo‟yicha professor T.S.Malikov va P.T. Jalilovlar quyidagi 
fikrni bildirganlar: “Moliyaviy siyosatning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, u mamlakat 
ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda 
ta‟sir ko‟rsatib turishga yo‟naltirilgan bo‟lishi kerak”
2

Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta‟rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning 
metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga 
(yig‟indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‟z funksiyalarini bajarishi-uchun moliyaviy 
munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo‟lgan davlat organlarining ma‟lum bir faoliyati 
sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‟nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng 
avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasiva byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida 
alohidahokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlarmajmuiga muvofiq 
aniqlanadi. O‟zining hajmi va muhimligi jihatidan katta ish bo‟lishiga qaramasdan byudjet 
siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun 
byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat 
sub‟ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub‟ektlarining 
huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjetsiyosati shu bilan 
cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to‟planadiganyalpiichkimahsulot hissasini aniqlashda, 
mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy 
tuzilishida,turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlatqarzini 
boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo‟llarini aniqlashda ifodalanadi. 
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan, O‟zbekiston Respublikasi 
o‟z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O‟zbekistonning Davlat byudjeti Respublika byudjetidan, 
Qoraqalpog‟iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat.
Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta‟minlash, 
davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish 
usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig‟indisidir. Byudjet siyosati davlat va jamiyat 
rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo‟lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga 
qarab o‟zgarib turishi mumkin. Byudjet siyosati:
 byudjet daromadlari bo‟yicha siyosat; 
 byudjet xarajatlari bo‟yicha siyosat; 
 davlat krediti siyosati; 
 byudjet taqchilligini boshqarish siyosati; 
 Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish siyosati kabilarning uyg‟unligi asosida amalga 
oshiriladi. 
Demak, byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo‟lib, umumdavlat 
moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish, taqsimlash, ulardan maqsadga 
muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlari va asosiy yo‟nalishlari 
yig‟indisidir. Byudjet siyosatining asosiy maqsadijamiyatda yaratilgan boylik va 
2
Malikov T.S., Jalilov P.T. Byudjet – soliq siyosati. – T.: Sharq. 2011 - 472 b
 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling