Academy of banking and finance


Download 88.38 Kb.
bet3/9
Sana31.08.2023
Hajmi88.38 Kb.
#1672009
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalilov Dilshod Dmna mustaqil ish

(“Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas'uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” o‘zr prezidentining 12.05.1995 yildagi pf-1154-sonli farmoni) Mol yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan moddiy va nomoddiy qimmatliklar, shuningdek kapital qo‘yilmalar hisobiga xarid qilinadigan qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, o‘rnatish uchun jihozlar, yetkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar, pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruksiyalar va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida 150 “mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotida olib boriladi. Bu subschyotning debetida qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi, kreditida yetkazib berilgan mahsulot(ish va xizmatlar) bo‘yicha qarzdorlik aks ettiriladi.

XARIDOR VA BUYURTMACHILAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBINI HUJJATLI TAFTISH QILISH

Buxgalteriya hisobida xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlar 152 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” subschyotda yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib olishi (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo‘natilishi aks ettiriladi. Kredit tomonida xaridor va buyurtmachilardan o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilangan to‘lovlar kelib tushganda aks ettiriladi.

Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.

Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobini hujjatli taftish qilishda quyidagilar tekshiriladi:

Xaridor va buyurtmachilardan o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilangan to‘lovlar kelib tushganligi - shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirma asosida;


Download 88.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling