Byudjet tashkilotlari belgilangan tartibda mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etadi. Belgilangan tartibga muvofiq byudjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari majburiy tartibda ularning yuridik xizmatlari (shartnoma asosida jalb qilingan advokatlar) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligiga tekshirilishi shart. Byudjet tashkilotlari va mahsulot yetkazib beruvchilar bilan byudjet mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy ro‘yxatga olinganidan so‘ng kuchga kiradi. Byudjet tashkilotlari mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzishda va ularni g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun taqdim qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim: - shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi va buyurtmachi (byudjetdan mablag‘ oluvchilar) tomonidan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi; - buyurtmachi (byudjet tashkilotlari)ning rekvizitlarida, shuningdek buyurtmachi (byudjet tashkilotlari)ning xarajatlari to‘lovi amalga oshiriladigan tegishli g‘azna hisobvarag‘i ham ko‘rsatiladi. Shartnomani ro‘yxatga olish uchun byudjet tashkiloti g‘aznachilik bo‘linmasiga shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko‘chirma nusxasini taqdim qiladi. shartnomalarga to‘lovlar jadvali ilova qilinishi hamda unga rioya qilish shart. Tovarlar amalda jo‘natilgan ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab to‘qson kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno. Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yo‘l qo‘yayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq ma'muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |