Buxgalteriya hisobida to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 156 “to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. bu subschyotning debet tomonida to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu mablag‘larni kelib tushishi aks ettiriladi. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblarning nazorati quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel buxgalteriya ma'lumotnomalari; shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma; kassa kirim orderi; kassa chiqim orderi; ariza (pul qaytarish, bolani qabul qilish) Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazorati Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pedagoglarga to‘lanadigan kompensasiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi. Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning nazorati yuqoridagi hujjatlar asosida olib boriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi bo‘yicha nazorat natijalarini umumlashtirish Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi bo‘yicha nazorat natijalari shakllarda umumlashtirishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |