1492-yili 12-oktabrda X.Kolumb Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni «San-Salvador» («Muqaddas xaloskor») deb atagan.
XV asr oxiri – XVI asr boshlarida A.Vespuchchi Kolubm kashf etgan yerlarlarga bir necha marta sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo yangi materik ekanligini isbotlagan.
1497-yili portugaliyalik Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqqan.
1498-yili Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, arab dengizchisi Ahmad ibn Majid yordamida Hindistonga yetib kelgan.
1499-yili Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Portugaliyaga qaytib ketgan.
1519-yili portugaliyalik Fernando Magellan ekspeditsiyasi Amerika janubidagi bir bo‘g‘ozni aylanib o‘tib, notanish va sokin bo‘lgan ulkan okeanga chiqqan.
1522-yili Fernando Magellan ekspeditsiyasining omon qolgan a’zolari o‘zlari jo‘nab ketgan Ispaniya qirg‘oqlariga yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |