XVI asr 2-yarmi – XVII asr boshlarida ispan dengizchilari Тinch okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiya uyushtirib, Sulaymon (Solomon) orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani kashf etgan.
1606-yili ispan dengizchisi Luis Тorres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetgan.
1606-yili gollandiyalik Villem Yanszon yangi qit’a qirg‘oqlariga kelib tushgan va uni Gollandiyaning mulki deb e’lon qilgan.
XVII asr o‘rtalarida gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshlagan.
XV–XVII asrlarda yelkanli kema ya’ni karavella Yevropada keng tarqalgan.
XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo‘lgan.
XVI asr ikkinchi yarmida Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chgan.
XVI asrda diniy urushlar va vabo epidemiyasida o‘n minglab parijliklar vafot etgan, shaharning rivojlanishi sekinlashgan.
1517-yili Germaniyaning Vittenberg universiteti ilohiyot fani professori Martin Lyuterning «95 tezislar» deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan Refotmatsiya boshlangan.
1524-yil yozida Germaniyada dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |