Адаби етлар o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.96 Mb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.6—jadval. Atmosfera hodisalari va ularning shartli belgilari
2.3.2-rasm. Patsimon bulutlar.
2.3.3-rasm. Qatlamli to’p-to’p bulutlar. turlari ham kuzatiladi. Bulutlarning turlari ustida o’tkazilgan kuzatish natijalari daftarga yoziladi. Jadvalda qavs ichida bulutlarning halqaro nomi hamda shartli belgisi ko’rsatilgan. Maktab meteorologik maydonchasida bulutlar shaklini aniqash uchun ushbu qo’llanmada keltirilgan bulutlarning rasmidan foydalaniladi Atmosfera hodisalari maktab meteorologik maydonchasida muntazam kuzatib boriladi. Ayniqsa, qishloq xo’jalik ishlariga zarar etkazuvchi atmosfera hodisalari (sel, do’l, garmsel, jala, dovul)ga alohida e’tibor berilishi lozim. Atmosfera hodisalarini maktab jurnaliga yozib borilganda, yuqorida keltirilgan atmosfera hodisalari yuz berganda, o’quvchilar ularni kuzatish daftariga shartli belgilar yordamida qayd qiladilar. Agar kuzatilayotgan hodisa juda kuchsiz bo’lsa shartli belgi ustiga 0, kuchli bo’lsa 2 raqami yoziladi. O’rtacha intensivlikda ro’y bersa, hech qanday ko’rsatkich qo’yilmaydi. Masalan, 2.3.6—jadval. Atmosfera hodisalari va ularning shartli belgilari
juda sust yomg’ir 0° belgisi bilan, juda kuchli yomg’ir esa O2 deb ifodalanadi. Agar atmosfera hodisalari maktab maydonchasidan tashqarida bo’lsa, shartli belgi katta qavs ichida ko’rsatiladi. Masalan, meteorologik maydonchadan tashqarida yoqqan do’l shunday belgilanadi. Atmosfera hodisalari bo’lib o’tgan vaqt qayd qilinadi va jurnalga yozib qo’yiladi. Har kungi kuzatish natijalarini hisoblab chiqib, umumiy jurnalga yozilgandan so’ng, o’qituvchi rahbarligida kundalik ob-havoga xulosa chiqariladi. Bu hulosalar jadval tarzida maktab binosining hammaga ko’rinadigan yeriga osib qo’yiladi. Bu ish o’quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Jadvaldagi ma’lumotlardan har qaysi sinf o’quvchilari va har xil mutahassislikdagi o’qituvchilar foydalana oladilar. Maktab meteorologik maydonchasida o’quvchilar tomonidan muntazam kuzatishlar natijasida olingan sutkalik, haftalik, dekadalik va oylik o’rtacha ma’lumotlarni radio, televidenie va respublika gazetalarida beriladigan «ob-havo ma’lumoti» bilan taqqoslab borish mumkin. Bunda albatta ma’lum darajada farq bo’ladi, chunki matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlar katta territoriya uchun beriladi. O’quvchi yashab turgan joy esa o’ziga xos mikroiqlimga ega bo’ladi. Chunki, bu kichik territoriya o’zining relefiga, suv havzalariga yaqin yoki uzoqligi, yer yuzasining o’rmon, cho’l, o’tloq, suv va boshqalar bilan qoplanganligiga qarab umumiy territoriyadan farq qiladi. Ayni vaqtda kichik territoriya bilan umumiy territoriya ob-havosi o’rtsida keskin farq bo’lmaydi. Bu farqni o’qituvchilar o’quvchilarga umumiy qonuniyat asosida tushuntirib berishlari lozim.O’quvchi yashab turgan joyning ob-havosini kuzatishdan olingan ma’lumotlar asosida shu territoriyaning o’rtacha oylik, yillik ob-havosi yakunlanib, har qaysi fasllar ob-havosiga alohida-alohida ta’rif beriladi. Bu keltirilgan ma’lumotlar maktab atrofida joylashgan kolhoz va sovhozlarda qishloq ho’jalik ekinlarini rivojlanib borishini kuzatishda, ya’ni agrometeorologik kuzatishlarda qo’llaniladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling