Adabiy nutq
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
A8 Nutq uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.So`zlashuv, badiiy va publitsistik uslub. So`zlashuv uslubi.
uslubiy betaraf
so`zlar: so`zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat, suv uslubiy xoslangan so`zlar: mazkur, binobarin, dudoq, erin, qaroq, nigoh, tashlamoq, nota. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir. (ziyolilar, ishchilar, qishloq xo`jalik xodimlari, amaldorlar ), ijtimoiy guruhlar (masalan, san’atkorlar, kosiblar, o`g`rilar) o`rtasidagi erkin suhbat orqali uslubiy mazmun ham ifodalanadi. Har bir hududda yashovchilarning gaplari, suhbatlari, shevalari ham og`zaki nutqqa kiradi. Yozma nutq ma’lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi. Yozma nutq adabiy til me’yorlari asosida tuzilgan rasmiy tildir. O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 2.So`zlashuv, badiiy va publitsistik uslub. So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so ` zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi. So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. 2-reja ► So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi. Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi. Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi. Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi: Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay. Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi. Chunki umumiste’moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling