Adabiy nutq
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
A8 Nutq uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohang, urg`u
- Leksik vositalar.
Fonetik vositalar. Tovushlar ma’lum qoida-
tartib asosida yonma-yon keladi. - da, - va, - qa (yoki - q) kabi bo`g`inlardan (yoki tovushlardan) keyin yana shu turdagi tovushlar bilan boshlanadigan so`z keltirish nutqiy g`alizlikka sababchi bo`ladi: Ko`k qo`rig`in quchg`usi. Shundan bugun i o`tgan izsiz. Bu masala fanda ham kam tekshirilgan. (L.Abdullayev) Ahd va vafo.... Ohang, urg`u badiiy uslub vositasidir. Ohang va urg`uning o`zgarishi yangi uslubiy mazmun ifodalaydi. Qo`shimcha, so`z birikmasi, gapning uslubiy ma’no olishi ma’lum bir ohang, urg`u yordami bilan ro`yobga chiqadi. Salimaxon keldilar jumlasida bir xil ohang Salimaxonga hurmatni, ikkinchi bir ohang kesatish, mazax qilish mazmunini ifodalashi mumkin. Tovush ohang nutqiy ravonlik, jozibadorlik, his-tuyg`u ifodalash vositasidir. Shu tufayli, fonetik vositalar badiiy, ilmiy-ommabop, rasmiy uslublarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ohang, urg`u uslubiy mazmun ifodalashda vosita bo`ladi. Nutq mazmuni bilan, ohangdor, mayin, musiqiy tovushlari bilan ta’sirli hamda yoqimli bo`ladi. Leksik vositalar. So`zlar o`z ma’nosi bilan biror harakatga (qo`li gul odam) ko`chiriladi, natijada gul so`zi qo‘shimcha uslubiy mazmun oladi. Shuningdek, ko`z, til, ona kabi so‘zlarning ma’nosi ko‘chirilishi mumkin. Ayrim so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan birga, qo‘shimcha modal mazmun ifodalaydi: do`st, yer, qahramon, go`zal, aqlli, mehr, ishbilarmon kabi so‘zlar ijobiy ma’no, bo`hton, yolg`onchi, yalqov, sassiq, dushman kabi so‘zlar esa salbiy ma’no ifodalaydi. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi, uslubiy mazmun olishi ko‘proq badiiy uslub, ba’zan ommaviy uslub va o‘rni bilan og‘zaki so‘zlashuv tilida uchraydi. Biz shaxslarga, predmetlarga, hodisalarga ikki xil baho beramiz: ijobiy baho-bunda moyillik, sevish, hurmat qilish, mehr-muhabbat tuyg`ulari ifodalangan bo`ladi: ofarin, yoqimli, ajoyib, go`zal, shirin, chiroyli, saxiy, baxtli kabi. Salbiy bahoda nafrat, xafa bo‘lish, ranjish, haqorat, dil og‘rishi kabi tuyg‘ular ifodalanadi. Masalan, xasis, bevafo, badnafs, ochko`z, firibgar, va’daboz, badbaxt va boshqalar. Ma’lumki, fe’l so‘z turkumlari ichida xilma-xil shakllarga boy bo‘lib, shu tufayli uning uslubiy imkoniyatlari ham nihoyatda kengdir: birgina zamon va shaxs qo‘shimchalarining ko‘pligi ulardagi sinonimik qatorlardan istalgan ma’noni ifodalash uchun so‘zlovchiga bu fe’l shakllaridan birini tanlay olish imkonini beradi. 1. I shaxs birlik o‘rnida II shaxs birlik qo‘shimchalaridan foydalaniladi: Sabr qil, Mirsalim (shaxs o‘ziga qarata gapiryapti...). Beparvo ham bo`lma, otingni qamchila. So`zlar o`z ma’nosi bilan betaraf bo`lsa ham (ota, ona, suv, non, go`sht, ishonch, o`rmon, gilos va b.), kontekstda ko`chma ma’noga ega boladi. Gulning chiroyli belgisi odamga (gul yuz), o`rin-joyga (gul bog`), biror harakatga (qo`li gul odam) ko`chiriladi, natijada gul so`zi qo‘shimcha uslubiy mazmun oladi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, tag ma’no kabi leksik vositalar ham uslub yaratishda muhim o‘rin tutadi. Oldini ol! — Shunday mulohazalardan so`ng Qodir bilan uchrashish, uning qo`yniga tasodifan asta qo`l solish flkriga keldi. (Sh.) Shunday insonlarni kо`rgach, odamzod chindan ham po`lat kabi irodali bo`lishiga ishonasan, kishi. 2. II shaxs ko‘plik o‘mida I shaxs ko`plik shakli qo‘llanadi. Bundan shaxs va harakatlar orasida yaqinlik ifodalanadi: Qani, bolalar, yozamiz. 3. II shaxs birlik o`rnida III shaxs birlik: Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi: Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? (О`. H.) Tilimiz an’anasiga muvofiq, kamina so‘zi hozir I shaxs o‘rnida qo‘llanadi: Bu orada ham kamina uzr so`raydi. Xojangiz, xo`jangiz, qulingiz kabi so‘zlar ham I shaxs o‘rnida qo‘llanishi mumkin: Yo`q, Eshon aka! Ko`nglingiz qanaqa choy tilasa, xojangiz muhayyo qiladi. (S. A.) II shaxs (birlik yoki ko‘plik) o‘rnida III shaxs shakllari ishlatiladi: Eshik ocharkan xola Gulshanga salom berdi va «Xush keldilar! Kelsinlar!» - dedi. Ha xo`ylab qoldilar?... 6. II shaxs birlik o‘rnida III shaxs ko`plikdan foydalanish mumkin. Bunda ham yo hurmat, yo kesatish ma’nolari ifodalanadi: Biz Davonga Abdulla Qodiriy izidan keldik. U kishi bundan 40 yil ilgari Mallaboy aka haqida ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar. (T. P.) 7. Jonli so‘zlashuv nutqida II shaxs Siz olmoshi o‘rnida o`zlari olmoshidan ham foydalaniladi: - Xo ` p, salomatmisiz, Mirzo - Shukr. O`zlaridan so` rasaк? (A. Qod.) 8. Hozirgi zamon o‘nida hozirgi-kelasi zamon fc’lidan foydalanish mumkin: Oyimxonni chaqiradilar. (A.Qod.) 9. O‘tgan zamon fc’li shakllari kelasi zamon uchun qo‘llanib, bajarilmagan ishga bajarilish bo‘yog‘ini beradi: Bu ishni bajardim, deylik, keyin nima bo`ladi? 10. Xayoliy faoliyat yoki tasavvur (masalan, tush) oqibatlarini bayon etishda ham zamonlar bir-birining o‘nini qoplashi mumkin. Masalan: Ishonch bilan yodga tushdim. Odamlar ketidan ketyapman. Odamlar keti uzilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling