Adabiy nutq


Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo`linadi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1536091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
A8 Nutq uslublari

Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo`linadi:
munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida,
shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi kabi ish yuritish qog‘ozlarida
qo`llaniladi.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan holi bo`ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi -
axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. M.,
ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o`z aksini topgan
bo`ladi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o`ziga xos leksik, grammatik
xususiyatlari mavjud. M., qaror, farmonlarning o`ziga xos tomoni shundaki,
bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar orqali
ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi).
Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish
qog’ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo`ysunadi.
Uslub yaratuvchi vositalar. Avvalo, har bir uslub turini yaratuvchi vosita
uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma,
qoida, tarif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar -
ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va


grammatik vositalar ham bo`ladi. Masalan: ilmiy uslubda atamalar hamda deyiladi,
ataladi, zarur kabi so`zlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar qo`llanadi,
tasviriy vositalar esa badiiy uslubni, xabar yoki axborotning manbayini
ko`rsatuvchi ibora va so`zlar - ommabop uslubni, rasmiy so`z va iboralar (qaror
qildi, kun tartibi, qatnashdilar, berildi, buyuraman, tasdiqlansin, ishonch
bildiraman va b.) - rasmiy hujjatlar uslubini tashkil etadi.
Rasmiy hujjatlar uslubiga qaror, ariza, tarjimayi hol va boshqalar kiradi,
badiiy uslubni - roman, hikoya, doston, felyeton va boshqa badiiy asar turlari,
ilmiy uslubni - monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar,
biror dolzarb masala bo`yicha axborot bo`lsa ommabop uslubni tashkil etadi.
Yozma adabiyotda uslubni yaratish uchun leksik, fonetik, grammatik vositalar
qo`llanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling