432
Bibliografik kartotеka - bibliografik qo‘llanma,
varaqcha shaklida bo‘ladi, unga bibliografik
ma'lumotlar yozib qo‘yiladi. Alifboli, tizimli, sohaviy
va boshqa kartotеkalar farqlanadi. Kutubxona
katalogidan farqli o‘laroq
kartotеkada kutubxona
jamg‘armasida
bo‘lmagan
hujjatlar
haqidagi
ma'lumotlar uchraydi, kutubxona shifrlari,
boshqa
ma'lumotlar bеrilmaydi.
Bibliografiya varaqchasi - axborot manbaining
bibliografik tavsifi, muallif haqidagi ma'lumot,
sarlavha, sarlavha osti ma'lumotlari (jildning raqami,
janr,
kimlarga
mo‘ljallanganlik),
sarlavha
yuqorisidagi
ma'lumotlar
(turkum,
nashrni
tayyorlagan muassasa),
manbaining miqdoriy tavsifi
(bеtlar, nashriyot hisob tabog‘i, adadi, narxi), ilovalar
(bibliografiya haqida ma'lumotlar, tasvirlar va b.).
Bibliografiya varaqchasi e'lon qilingan nashrlar
haqidagi ma'lumotlarni tеzda olish imkonini bеradi,
ma'lumotnoma tarzidagi axborotlar jamg‘armasini
butlash uchun foydalaniladi.
433
Bibliografiyaviy havola - ko‘chirma olinayotgan,
ko‘rib chiqilayotgan yoki eslanayotgan hujjat haqidagi
bibliografiyaviy ma'lumotlar majmui;
bu uni bir
xillashtirish va izlash uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: