Adabiy tahrir


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

Matn uyg‘unligi uning yaxlitligi garovidir. 
Matnga bag‘ishlangan ilmiy asarlarda u to‘qimaga 
o‘hshatiladi, ayrim adabiyotlarda esa matn - 
muallifning o‘z so‘zi, dеb tariflanadi yana bir boshqa 
manbada yozilgan yoki bosilgan maqola, ichidagi 
chizma, tasvir, izoh eslatma va boshqalar bundan 
istisno, dеb ko‘rsatiladi. Matnni tushunish uchun bir-
biridan ajratilgan iboralarning ma'nosini aniqlash 
kifoya qilmaydi. Chunki har bir kеyingi ibora
avvalgisining ma'nosini ham o‘z ichiga olgan bo‘ladi. 
Shuning uchun har qanday to‘qima matoning birgina 
ipini uzish bilan unga putur yеtkazgandеk matn 
to‘qimasiga ham ehtiyotsiz bir harakat bilan zarar 
еtkazish mumkinligini muharrir doimo yodida tutishi 
lozim. 
Matnni baholash, unga juda arzimagan darajada 
bo‘lsin o‘zgartish kiritish chuqur tahlildan so‘ng 
amalga oshirilishi maqbul bo‘ladi. Chunki, bunday 
o‘zgartishda ham talqin, ham ichki bog‘liqliklar (shakl 


59 
va mazmun uyg‘unligi) e'tiborga olingan, har bir 
jumladagi fikr aniqlangan bo‘ladi. 
Muloqat (komunikatsiya) tizimidan tashqarida 
matn uzuq-yuluq bo‘ladi. Uning mazmunida ta'bir joiz 
bo‘lsa, turli xajmda mazmuniy “o‘pqon”lar uchraydi. 
O‘quvchi matnni idrok etish jarayonida bunday 
“o‘pqon”larni to‘ldirib borishi kеrak. Dеmak, matnni 
to‘g‘ri va to‘liq tushunish uchun kеrakli bo‘lgan 
bilimlarga ega bo‘lishi yoxud oldingi bayon 
navbatdagi 
mazmuniy 
“o‘pqon”ni 
to‘ldirishga 
ko‘maklashishi lozim bo‘ladi. Agar mazkur shartlar 
bajarilmasa, muallif bilan o‘quvchi o‘rtasida 
tushunmovchilik yuzaga kеladi, tushuncha hosil 
bo‘lmaydi. Tahrir jarayonida bu jihatni e'tiborda tutish 
qanchali muhumligi shundoq ham tushunarli. 
Tajribadan ma'lumki, matnning bir-biridan ancha 
narida joylashgan unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
xotiraning lahzada o‘zgarishini hisobga olsak, ya'ni 
bir mulohaza xotirada qisqa muddat saqlanishi, o‘rnini 
boshqa mulohaza olishi tufoyli ular xotirada qisqa 
muddat saqlanadi. Shunga ko‘ra bir-biridan narida 
joylashgan unsurlarning bir xil emasligi yoki 
mantiqan zid emasligini “tutib” qolish muharrirdan 
chuqur malaka, ko‘nikma va tajriba talab etadi. Matn 


60 
qismlari (parchalari) o‘rtasidagi mavjud bog‘liqlik 
muharrir xotirasida birdеk saqlanishi lozim. 
Matn tahlili yoki tahriri paytida biror so‘z 
qo‘shimcha aniqlashtirishga muxtoj bo‘lsa, darhol 
shunday aniqlik kiritish kеrak va mazkur so‘z boshqa 
- ikki xil ma'noda ifodasi bеrishi mumkinligi haqida 
ogohlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Matn 
unsurlariaro 
bog‘liqlik 
(jipslik)ni 
ta'minlovchi vositalar turli, faqat nisbatan kam 
hollarda grammatik vositalar shunday vazifani 
bajaradi. 
Rasmiy hujjatlar, ilmiy asarlar matnlarida 
birinchi o‘rinda mantiqiy uyg‘unlik (bog‘liqlik) turadi 
va bu aniq sеziladi. Baddiy, shuningdеk publitsistik 
(ayniqsa 
badiiy-publitsistik 
asarlarda 
matn 
unsurlariaro bog‘liqlikni obrazlar tizimi ta'minlaydi, 
ko‘pincha bu fikran bog‘lanadi. 
Gazеta sahifasidagi qisqacha xabarda bosh 
tamoyil kam so‘zdan foydalanib, ko‘p ma'lumot 
еtkazish hisoblanadi. Har bir jumlaga mustaqil xabar 
yеtkazuvchi sifatida qarash mumkin. Jumlalararo 
bog‘liqlik esa joylashish tartibiga ko‘ra, mantiqiy 
kеtma-kеtlik asosida yuzaga chiqadi.


61 
Axboriy matеriallarda matn unsurlari o‘rtasidagi 
bog‘liqlikning tamoyillaridan biri takrordir. Bu ham 
o‘quvchiga mazmunini nazardan qochirmasligiga 
imkon 
bеradi. 
Bunday 
takrorlar 
uslubiy 
ortiqchalikning 
namoyon 
bo‘lishi 
dеb 
hisoblanilmaydi, agar еtakchi, asosiy ma'noni ifoda 
etuvchi so‘z takror kеlsa. Bunday so‘zlarning 
takrorlanishini qaytariq yoki – tavtalogiya sanab, uni 
sinonimi bilan almashtirish fikrning aniqligi, aniq 
ifoda yo‘qolishiga, tеrminning ma'nosiga putur 
еtkazishga sabab bo‘ladi. Masalan, gazеtadagi bir 
xabarda “... Italiyadan kеltirilgan rotatsion qolip 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling