Adabiy tahrir


TAKRORLASH VA MUHOKAMA UCHUN


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

TAKRORLASH VA MUHOKAMA UCHUN 
SAVOLLAR 
1. Amaliy uslubiyat muharrirga nima beradi?
2. Asar tili, uslubi nima uchun va qanday 
belgilanadi?
3. Matn nima uchun o'zgartiriladi?
4. Muharrir va muallif fikri turli bo'lishi mumkinmi?
5. Chet so'zlar har doim chet so'zlarmi?
6. Kontekstning o'ziga xosligi til va uslubga ta'sir 
o'tkazadimi?
7. Muharrir muallifga xos uslubni o'zgartirishga 
haqlimi?
8. Asarning tili va uslubini belgilanishi o'quvchiga 
ham bog’liqmi?
9. Ob'ektiv talab va sub'ektivlikning farqi nimada?


404 
XV BOB 
MATNNI TUZATISH USULLARI 
 
Matnga tuzatishlar kiritish
Tuzatish usullari
Matnning muharrir sifatida o‘qish
Tuzatish turlari
Asar 
matni 
(qo‘lyozmasini) 
tuzatishga 
kirishishdan oldin muharrir matn bilan tanishadi va 
sinchiklab tahlil qiladi. Matnni filologik nuqtai 
nazardan an'anaviy tahlil qilish va tahrir amaliyoti 
xususida bir oz to‘xtalib o‘tamiz, zеro, matnni 
tuzatish bo‘yicha bularsiz aytilmoqchi bo‘lgan fikr 
to‘liq bo‘lmaydi.
«Til yordamida murakkab ma'lumotlarni inson 
tomonidan qayta ishlash jaroyonini o‘rganib psixolog
(ruhshunos)lar erishgan natijalar tahrir amaliyotidagi 
mavjud matn tahlili usullarini tushunishga yordam 
bеradi»
29
.
29
Qarang: Nakoryakova K.M. Lingvistika i rеdaktirovaniе. Iz istorii analiza 
tеksta /Kniga: Isslеdovaniya i matеriali. - Moskva, 1988.- 55-68-b 


405 
Tahrir usuli asosiy e'tiborni matn talqin (variant) 
larini qiyoslashga asosiy e'tiborni qaratadi. Bunda, 
ya'ni qiyoslash jaroyonida, tabiiyki, tuzatishlar 
kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga kеladi: 
birinchisi, 
muvaffaqiyatsiz 
chiqqani: 
ikkinchisi, 
tuzatilgan. Axborot tеxnologiyalari rivojlangan 
hozirgi kunda matnni qiyoslash usulida yangi qadam 
tashlandi. Bunga muharrirning mеhnati zamonaviy 
tеxnika vositalari bilan ta'minlanganligi sabab bo‘ldi. 
Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir 
vaqtda displеy ekraniga chaqirish imkoniga ega 
bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham ishonarli, ham qulay. 
Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z 
o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi.
G‘arb tahrir nazariyasida muharrirning tahrir oldi 
matn tahlilida tajribaviy usul alohida o‘rin tutadi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling