Adabiy tahrir
Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiy taxrir lotinda-конвертирован
Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
Matbuotni zahmatkash qalam ahlining doimiy faoliyat maydoni, ijod ustaxonasi deyish mumkin. Unda tafakkurninig, tilning fikriy va hissiy, mantiqiy va majoziy, umumiy va xususiy sifatlari ajoyib bir tarzda namoyon bo'ladi. 392 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy til mavqeini tiklash, uning til amaliyotidagi – jamiyatdagi o‘rnini belgilash, qadr – qimmatini muhofaza qilish yo‘lidagi ulkan tarixiy voqea bo‘ldi. Matbuotda tub, turkiy – o‘zbekcha so‘z va iboralarni izlash, yangisini yasash, ijod qilish ustuvor jarayonga aylanib bormoqda. Bu jarayon adabiy tilning, shu jumladan matbuot tilining ham, bir qolipdagi maromlar, o‘zgarmasdek bo‘lib qolgan lug‘at tarkibi, balandparvoz bayon uslubi andozalaridan qutilishiga xizmat qilimoqda. Milliy matbuot jamiyatimiz yuz – ko‘zi. Chunki faqat eng so‘nggi yangiliklar, voqea – hodisalar aks etibgina qolmay, balki jamiyat globallashuvi jarayoni ham aks etmoqda. Insonlar gazeta, jurnallarda chop etilayotgan har bir fakt, aytilayotgan fikr – g‘oyaning to‘g‘riligiga, tahririyat xodimlari yuqori ma'naviyatli, dunyoqarashi keng va umumxalq uchun sidqidildan xizmat qilishga intiluvchi olijanob kishilar ekanligiga ishonch hosil qilmoqdalar. Shu sababli xalqimiz matbuotga alohida hurmat bilan qarab, 393 jurnalistlarni jamiyatimizning eng ziyoli kishilari, deb baholashadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, matbuotimiz ham ijobiy tomonga o‘zgardi, ayniqsa, markaziy nashrlar mazmun – g‘oya va sifat jihatdan takomillashdi. Biroq, ba'zi gazeta, jurnallar nashrlarining salmoqli qismi sifat jihatdan yuqoridagi talabga javob bermayapti. Ular adad ortidan quvib, go‘yo o‘quvchilarni jalb qilish uchun turli shov – shuvli maqolalar, oldi – qochdi voqua – hodisalar xususida, milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan, chuqur mulohaza bilan tayyorlanmagan materiallar, xorij nashrlaridan (ayniqsa, internetdan) xom – xatala tarjimalar, turli bosh o‘grig‘i – bosh qotirmalar sahifalarni to‘ldirib turadi. “Bemaza qovunning urug‘i”dek ko‘payib ketgan (ular asosan tijorat maqsadiga bo‘ysundirilgan) nashrlar g‘arbda “sariq” matbuot, deb ataladi. Biz ularning tusini emas, sifatini nazarda tutib, “jaydari” deyishni ma'qul ko‘rdik. Ushbu gazetalarning materiallarini mutolaa qilganingizda, past 394 saviyada, til va uslub jihatdan noqis, mantiqan sayoz ekanligi ayon bo‘ladi. Ilgari qaysidir gazetada bitta imlo xato ketib qolsa, bu voqea edi. Lekin hozir shunday nashrlar borki, ularni o‘qib, mantiqsizligidan, imloviy, uslubiy xatolardan ko‘nglingiz xira bo‘ladi. Masalan, “Darakchi”, “Oila shifokori”, “XXI asr”, “Dilbarim”, “Bekajon”, “Hordiq” gazetalarida imloviy, til va uslubga oid xatolar anchagina uchraydi. Mualliflar borki, ular balandparvoz, deyarli ishlatilmaydigan so‘zlarga o‘ch bo‘lishadi. Yozuvchining maqsadi, o‘z “yuqori” saviyasini ko‘rsatib qo‘yish yoki matnni so‘z bilan bezashdan iboratdek tuyuladi. Gazeta tili badiiy adabiyot tili emas, u ommabop, oddiy, tushunarli va aniq bo‘lishi darkor. Bundan tashqari, sinonimlardan foydalanishda qam ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Sinonimlar o‘zaro ma'nodosh bo‘lsa-da, lekin ma'nolari aynan emas, ularni ishlatishning o‘ziga xos o‘rni mavjud. Masalan, eng ko‘p qo‘llaniladigan, kerak, 395 lozim, shart sinonimlariga e'tibor bersak, ularning har biri o‘ziga xos uslubiy bo‘yoqqa ega va biri o‘rniga ikkinchisini o‘rinsiz ishlatib bo‘lmaydi. Ko‘pgina yozuvchilar sinonim bilan tarjimani farqlay olmaydilar. Bir gapda o‘zbekcha muqobili berilsa, boshqa gapda ruscha yoki boshqa tildagi tarjimasi beriladi. “Xalq so‘zi” gazetasidan olingan quyidagi misolga e'tibor beraylik. “Qo‘shiq yozuvchi shoir, kompozitor va bastakorlar davr talabiga javob beradigan qo‘shiqlarni kam yaratishmoqda”. Aslida kompozitor bilan bastakor ikki tilda bir – birining muqobilidir. Har ikkovini bir gapda ishlatish mantiqan to‘g’ri emas. Undan tashqari qo‘shiqqa bo‘lgan davr talabi qanday ...?! “Dilbarim” gazetasining 22. 10. 2009 yil soni 3-betida berilgan “Bolaligi o‘g‘irlangan qiz” materialining matnida ham g‘aliz jumlalar uchraydi. Masalan: 396 “.... va o‘zining ahvoli yaxshi ekanini bildirib qo‘ymoqchi bo‘layotganini urg‘ulaydi.” Bu jumladagi urg‘ulaydi so‘zi noto‘g’ri qo‘llangan. Umuman, jumla o‘zbek adabiy tili me'yorlariga mos kelmaydi. 4- betdagi “Addiksiya dedingizmi?” sarlavhali material boshlovi birinchi jumlasi so‘zlashuv uslubiga xos. “Shifokorlar tilida “addiksiya” degan atama bo‘lib …”. Aslida “shifokorlar tili” emas, balki “tibbiyot ilmida” yoki “tibbiyot sohasida” bo‘lishi lozim. Chunki matbuot matnlari so‘zlashuv uslubida emas, ilmiy – ommabop uslubda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ko‘pincha kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llashga til savodi yetishmaydi. 9- betdagi “Jeksonni xotirlagan ikki eng zo‘r g‘oya!” sarlavhali matnda “Dunyo musiqa ixlosmandlarini qiziqishini to‘laqonli ….” Jumlasida 397 “ixlosmandlari” so‘ziga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi – ning qo‘shilishi lozim. Boshqa gazetalarning matnlarida ham shu xil kamchiliklar, albatta, ko‘zga tashlanadi. Birinchi misolda so‘z noto‘g‘ri qo‘llangan. Ikkinchi misolda uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan. Uchinchi misol esa, grammatik xatoga ega. Jamiyat globallashuvi sharoitida milliy ma'naviyatni, mustaqillik mafkurasini, ijtimoiy tafakkurni shakllantirishda va qaror toptirishda, iqtisodiy hayotni isloh qilishda va milliy o‘zlikni anglashda matbuotning o‘rni va ta'siri beqiyos. Shunday ekan, matbuot matnlarini ommabop, tushunarli, ta'sirchan, ishonchli va asosli fakt, ma'lumotlar bilan til va uslubga xos kamchiliklarsiz o‘quvchiga etkazish tahlil va tahrir jarayonini alohida mas'uliyat, o‘tkir zehn, savodlilik va mahorat bilan amalga oshirishni talab etadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling