Adabiy til me’yorlari (6) Reja: Adabiy til me’yorining shakllanishi va rivojlanishi


arafasidava mustaqillikning dastlabki yillarida ham o‘zbek tilidagi evropacha o‘zlashmalarni tildan chiqarishga qaratilgan xilma-xil


Download 1.56 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1497156
1   2   3   4
Bog'liq
Slayt 4 (1)

arafasidava mustaqillikning dastlabki yillarida ham o‘zbek tilidagi evropacha o‘zlashmalarni tildan chiqarishga qaratilgan xilma-xil fikrlar, tavsiyalar o‘rtaga tashlandi. Bu tavsiyalarning aksariyati ilmiy-ijtimoiy asosga ega emasdi, chunki bu fikrlarning mualliflari tilning mohiyati va qonuniyatlaridan bexabar edilar. Masalan, bir yozuvchi hatto tovar so‘zi o‘zbek tiliga yot, uni iste’moldan chiqarish kerak degan da’vo bilan chiqdi. Holbuki, tovar so‘zi sof turkiy bo‘lib, u rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan. Aslida tug‘+ar — tug‘ar (tug‘adigan) 1 — tuvar — to‘var — tovar shaklida paydo bo‘lgan.Mol so‘zining ma’no taraqqiyoti qanday bo‘lsa, tovar so‘ziniki ham aynan shunday. Faqat bu so‘zlarning biri sharqiy turkiy tillarga, ikkinchisi esag‘arbiy turkiy tillarga xosdir. Demak, tovar so‘zi o‘zbek tilining ming yillir aslo‘z so‘zi sifatida yashashga haqli.
  • Ayni shu davrda aeroport so‘zini tayyoragoh, gazeta ni ro‘znoma, jurnalni majalla, fakultetni kulliyot,filologiyani suxanshunoslik, rayonni nohiya tarzida almashtirishga harakat qilindi, matbuotda shunday qo‘llana boshlandi.Ammo baribir, bu so‘zlar o‘zbek tilining leksik me’yoriga aylana olmadi. Bir xorijiy tildan kirgan so‘zni boshqa xorijiy til — arab yoki fors tili so‘zi bilan almashtirish, tabiiyki, til leksikasi taraqqiyoti uchun hech narsa bermaydi, aksincha, xalqni o‘zi odatlangan so‘zidan ajratadi, tushunishini qiyinlashtiradi.
    • Tilimizning lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiq. Masalan,raport so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatidabildirgiso‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi, rayon so‘zi avvalnohiyaso‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagituman so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
    • Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik, boshqasida chorvachilik, yana boshqasida baliqchilik rivojlangan, demakki, bu sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor.
    • Shuni ham aytish kerakki, boshqa tildan so‘z olinganda, bu so‘z talaffuz jihatidan oluvchi tilning tovush qonuniyatlariga muayyan bir darajada moslashtirilmog‘i maqsadga muvofiq. Arab, fors, yapon, turk va ko‘plab boshqa tillarda bu tamoyil an’anaga aylangan. Ana shunday yo‘l tutilganda, o‘zga tilning so‘zi bu tilga tamoman o‘z bo‘lishi va bu til rostmana boyishi mumkin. Aytaylik, iqlim so‘zini bugun hech qaysi o‘zbek boshqa so‘z bilan almashtirish kerak demaydi. Tilimizdagi benihoya ko‘p arabcha so‘zlar qatorida bu so‘z ham o‘zlashib ketgan. Ammo bu so‘z aslida arablarning ham bevosita o‘z "mol"i emas. Uni arablar yunon tilidan olganlar. YUnonlarda klimatos so‘zi bor, u "quyosh nurining erga tushishidagi qiyalik darajasi" degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘zni arablar talaffuzini ham arabchalashtirgan holda(iqlim) o‘zlashtirganlar. YOki yapon tilida sisutemu (sistema), akusento (aksent), purusu (puls; yapon tashda l tovushi yo‘q), ideorogi (ideologiya) kabi bir qancha talaffuzi ham moslashtirilgan o‘zlashmalar mavjud. O‘zbek tilida ilgari rus tilidan o‘zlashtirilgan va aynan talaffuz qilinadigan komitet (fransuzcha comite so‘zidan olingan) so‘zi bor edi. Mustaqillikdan keyin ayni shu fransuzcha so‘zni o‘zbekcha talaffuzga moslashtirib, ko‘mita shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi.
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling