Adabiy til me’yorlari (6) Reja: Adabiy til me’yorining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.56 Mb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1497156
1   2   3   4
Bog'liq
Slayt 4 (1)

lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiq. Masalan,raport so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatidabildirgiso‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi, rayon so‘zi avvalnohiyaso‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagituman so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
  • Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik, boshqasida chorvachilik, yana boshqasida baliqchilik rivojlangan, demakki, bu sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor.
    • O‘zbek adabiy tilining talaffuz (orfoepik) me’yorlari deganda, nutqda ayrim tovushlar, ularning qo‘shilmasi, so‘zlar, jumla(gap)larning ohangi (intonatsiyasi) va shu kabilarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari nazarda tutiladi.
    • Adabiy talaffuz me’yorlari so‘zning tovush jihatidan hamma tomonidan bir xil va to‘g‘ri aks ettirilishini, nutq oqimidagi ohangning aniq tayin etilishini tartibga soladi. Bu so‘zning va, umuman, nutqning to‘g‘ri tuzilishi va anglanishi uchun benihoya muhimdir.
    • Adabiy talaffuz me’yorlarini belgilashda so‘zlardagi tovush va tovush qo‘shilmalarini to‘g‘ri aytish alohida o‘rin tutadi. Bunda mavjud tovushlarning o‘ziga xos qonuniyatlari, shakllangan an’ana va shevalardagi umumiy holatlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan, kitob, hisob, maktab, yuzlab, obod, savod, marvarid kabi so‘zlarning oxiridagi jarangli undoshlarning nutkda kitop, hisop, maktap, yuzlap, obot, savot, marvarit tarzida jarangsiz aytilishi o‘zbek tilining deyarli barcha shevalarida uchraydi, shunga ko‘ra bu holat adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi.
    • Umuman, o‘zbek tilining talaffuz me’yorlari shakllangan va darsliklar, tegishli lug‘atlar, turli qo‘llanmalarda berilgan.O‘zbek tilining o‘ziga xosso‘z yasalishi me’yorlari mavjud. Har kanday yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida bo‘lmog‘i shart. Bu me’yorlarga amal qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan, -gich (-tich, -qich, -kich) qo‘shimchasi faol yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib, tilimizdagi mavjud so‘z yasalish me’yorlariga ko‘ra fe’lga ko‘shiladi va narsa-qurol, ya’ni fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi qurol otini yasaydi: suzgich, chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich kabi. Bu qo‘shimcha ot turkumidagi so‘zga mutlaqo qo‘shila olmaydi. Lekin ba’zilar bu qoidani buzib, tomirgich so‘zini yasaydilar. Pulsografni tomirgach deb aytish, o‘zbek tilida bunday so‘z yasash tilimiz tabiatiga tamoman ziddir. CHunki tomir so‘zi ot turkumiga oid bo‘lib, mazkur qo‘shimchaning ma’nosi bilan uyg‘unlasha olmaydi, demakki, yangi so‘z yuzaga kelmaydi. SHuning uchun ham bu "so‘z" tilimiz lug‘atiga kirmadi.
    • Eslab qoling! (12)
    • “Juda boy, nihoyatda chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u, holat yo‘q...
    • Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?”
    • Abdulla Qahhor
    • 1-topshiriq. Quyidagi tаsviriy ifоdаlаrni bilib оling.(13)
    • Тasviriy iboralar: Me’yor, adabiy til, sheva, so’z yasalishi, grammatika, reklama, lahja, leksika, xususiy meyor.

    Download 1.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling