Adabiy til me’yorlari (6) Reja: Adabiy til me’yorining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.56 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1497156
1   2   3   4
Bog'liq
Slayt 4 (1)

— adabiy me’yor yuzasidan tegishli davlat idoralari, jamoatchilik komissiyalari, tilshunoslar, yozuvchilar va boshqa kishilar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Masalan, o‘tgan asrning 90-yillarida bir muddat iste’molga kirgan ilmgoh, bilimgoh, tahrilgoh kabi so‘zlar ana shunday tavsiyalar asosida adabiy me’yordan chiqarilib, uning o‘rniga institut so‘zi me’yorlashtirildi.
  • Adabiy til me’yorlarining mustahkamlanishida, jamiyat a’zolarining unga doimiy amal qilishlarini targ‘ib etishda maktab, litsey-kollejlar, oliy maktab, badiiy adabiyot, televidenie, radio, gazeta va jurnallarning alohida o‘rni bor.
  •  
    • 2. Leksik va talaffuz me’yorlarining o‘ziga xos tomonlari.
    • O‘zbek adabiy tilida, asosan,quyidagi me’yorlar farqlanadi: 1)leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2)talaffuz (orfoepik)me’yorlari; 3)so‘z yasalish me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6)uslubiy me’yorlar. Tabiiyki, adabiy tilning yozma shaklida imlo (orfografik ) va tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari ham mavjud bo‘ladi. Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat va tashkilot tarafidan tasdiqlanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Madaniy nutq malakasini puxta egallamoq, muayyan nutqning to‘g‘rilik sifatini holis baholay bilmoq uchun adabiy me’yorlarning mazkur tiplari, ularning asosiy qoidalari va bu qoidalarning buzulishi natijasida yuzagakelishi mumkin bo‘lgan nutqiy xatolarni etarli darajada tasavvur qilmoq maqsadga muvofiqdir.
    • Tilga noo‘rin kirishi mumkin bo‘lgan chet so‘zdan saklanish kerak, ammo har qanday o‘zlashmaga qarshi turish, uni almashtirishga kirishish maqbul ish emas. Tilshunos L.I.Skvorsov purizm odatda favqulodda ijtimoiy voqealar va ular bilan bog‘liq tilda voqe bo‘ladigan sezilarli siljishlar davrida bo‘y ko‘rsatishini aytadi. CHindan ham, o‘tgan asrning 20-yillarida o‘zbek tiliga Evropa tillaridan kirgan juda ko‘plab so‘zlarni arab-fors so‘zlari yoki yangi yasalmalar bilan almashtirishga zo‘r berilgan. Masalan: partiya — firqa, matematika — riyoziyot, astronomiya — falakiyot, vodorod — muvalidulalma’ — suvtug‘dirg‘ich, kislorod — muvalidulhamuza — achchil, uglerod — homzi korbun — ko‘mirchil va h.k. Lekin bu harakatlar mohiyatan sun’iy bo‘lganligi, o‘zbek tili tabiatiga muvofiq bo‘lmaganligi uchun natija bermadi, mazkur almashtirilgan so‘zlar leksik me’yor sifatida tilda muqimlasha olmadi.
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling