Adabiy til me’yorlari


Hozirgi o‘zbek adabiy tilining morfologik me`yori


Download 29.83 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi29.83 Kb.
#1055269
1   2   3
Bog'liq
ADABIY TIL ME\'YORLARI

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining morfologik me`yori.
Grammatik shakllarning funksional uslubiy va emotsional-uslubiy xususiyatlari morfologik uslubiyatda o`rganiladi va u morfologik me’yorga asoslanadi. Morfologik elementlar so`zlarni shakllantirish, munosabatga kiritish, shu asosda ma’lum bir fikrni ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, ayrim shakllar o`zi qo`shilib kelgan so`zga konnotativ ma’nolar ham qo`shadi. Morfologik vositalarda konnotativ ma’nolar leksik vositalarga nisbatan ozroq bo`lsa ham, ular turli nutq uslublarida rang-barang hissiy ta’sirchanlikni ifodalay oladi. Ayniqsa, qo`shimchalardagi polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya va boshqalar uslubiy potentsiyaga ega. Grammatik shakllar va ularning variantlari deyarli barcha so`z turkumlarida uchraydi. Ana shu variantlardan birini tanlash, hatto oppozitiv xarakterdagi grammatik shakllarni biri o`rnida ikkinchisini almashtirib qo`llash (ko`plik shaklini birlik ma’nosida ishlatish, birinchi shaxs o`rnida ikkinchi shaxsni qo`llash va hokazo) ham muhim uslubiy ahamiyatga ega. Bu o`rinda matn va ohang muhim rol o`ynaydi. So`zlar singari ayrim morfologik shakllar ham eskirib qolishi (sifatdosh shakli: -g`an) yoki ma’lum shevaga xos bo`lishi (hozirgi zamon shakli: Buxoro shevasida -op, adabiy tilda -yap) mumkin. Bunday shakllar nutqning turli funksional uslublarida ro`yobga chiqadi va o`rni bilan uslubiy vazifa bajaradi. Yuqorida ta’kidlangan morfologik uslubiy imkoniyatlar tilning ichki rivojlanishi natijasida paydo bo`ladi.Ma’lumki, grammatik tushunchalar har bir so`z turkumi uchun xoslangandir. Ot turkumiga son, egalik, kelishik tushunchalari, fe’l uchun bo`lishli – bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon tushunchalari mansub. Ular morfologiyaning obyekti bo`lib, turli me’yor xususiyatlarga ega. Morfologik me’yor quyidagi masalalarni o`rganadi.
O`zbek tilida bir grammatik tushunchaning ikki va undan ortiq ko`rinishlarga ega bo`lishi grammatik sinonimiyadir.
Bir necha grammatik shakllarning o`zaro zid ma’noni ifodalashi grammatik antonimiya
Bir xil grammatik shakllarning bir necha xil ma’noni ifodalashi grammatik omonimiya hisoblanadi.
Morfologik me’yorda hozirgi o`zbek tilida zamon, mayl shakllarining, ayrim yasovchi affikslarning bir – biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo`lishi, ularning biri o`rnida ikkinchisining ishlatish imkoniyati masalasi hamda har bir so`z turkumiga xos bo`lgan me’yor xususiyatlar o`rganiladi.

3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining punktuatsion me`yori.


Hozirgi o`zbek adabiy tilining punktuatsion me’yori yozuvda qo`llaniladigan tinish belgilarni, ularning qo`llanish o`rinlarini o`rganadi. Shuningdek, bu tinish belgilarni yozuvda qaysi o`rinda qo`llanishini ham ko`rstadi. Masalan, vergul faqat gap ichida qo`llansa, nuqta gap oxirida qo`llanadigan tinish belgi hisoblanadi. Hozirgi o`zbek adabiy tilining punktuatsion me’yori tilshunoslikning “Punktuatsiya” bo`limida o`rganiladi. O`zbek tilida 10 ta tinish belgisi bo`lib, ular quyidagi o`rinlarda qo`llanishi me’yor sanaladi.

Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling