Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


“...yaqin yoki uzoq o'tmishdagi ijodiyot...”


Download 6.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/107
Sana02.11.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1740289
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

“...yaqin yoki uzoq o'tmishdagi ijodiyot...” bilan “...ijodchi (yoki 
ijodchilarjdan” konstruksiyasi o ‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikka 
ishora qiladi. Birinchi bog‘lovchi - va teng biriktiruv b o giov ch i, u 
ikki qismni teng bog‘laydi. Ikkinchi bog‘lovchi - yoki ayiruvchi 
bog‘lovchi. Ikki tur bog‘lovchini qo'llashdan maqsad nima? 
Mabodo, bo gio v ch i vazifasida va ning o ‘zi kelsa, unda uzilish 
ham yaqin yoki uzoq ijodiyot, ham ijodkor (lar) bilan bugungi kun 
ijodiyoti ham da ijodkor(lar) orasidagi uzilish tushuniladi. Agar yoki 
bog‘lovchisi q o ‘llansa, ikki obyektdan biri anglashiladi: ijodiyot 
yoxud ijodkor(lar). Buni mantiqan qanday izohlash kerak? Agar 
ijodiyot va ijodkorlar tarixan tahlilga tortilsa, unda shunday 
mulohaza yuzaga chiqadi. O 'tm ishdagi ijodiyot va ijodkorlar bilan 
bugungi kun ijodiyoti hamda ijodkorlari o ‘rtasida uzilish 
mavjudmi? Ham ha, ham qisman ha. Ha ligi shundaki, Nizomiddin 
Amir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur 
ijodiyoti bilan bugungi kun ijodiyoti orasida uzilish mavjud. Hech 
bir shoir ijodi ularnikiga tenglasha olmaydi, hech bir shoir ulamiki
125


kabi asar yarata olmaydi (har holda yarata olmayapti). Ammo 
ijodiyotlar orasida uzilish b o ‘lgani holda ijodkorlar orasida uzilish 
ko‘rinmaydi. Ikki mumtoz, zabardast shoir ijodini o ‘rganish, ularni 
hamisha yodda tutish, ular bilan faxrlanish, ularga ergashish, 
barcha, o ‘zini qaysidir darajada shoir deb biluvchi ijodkorga xosdir. 
Demak, ijodiyotlar o ‘rtasida uzilish yuz bergan bo‘lsa-da, 
ijodkorlar orasida uzilish sodir b o ‘lmagan. Ana shu ikki mulohaza 
o ‘rtasidagi ikki xil mantiqiy bog‘liqlikka va hamda yoki 
bog‘lovchisi ishora qoladi. Shuning uchun tahrir jarayonida har 
ikki bog'lovchi ju ft qo‘llangan va bu mantiqan to ‘g ‘ri.
Agar muharrir bog‘lovchilarga e ’tibor bermasa, ular alohida- 
alohida mantiqiy tahlil qilinsa, yuqoridagi matn mutlaqo o ‘zgacha 
shakl va mazmun-mundarijaga ega. m uallif bayon usuli, individual 
uslubi o ‘zgargan b o ia d i. Bundan yana bir mantiqiy xulosa chiqadi: 
tinish belgilar va bog‘lovchilami mantiqiy tahlil qilish muallifga 
xos individual bayon usuli hamda uslubni aniqlash va saqlashga 
ko'm aklashar ekan.
Quyida yana bir matnni mantiqiy tahlil etamiz.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling