Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur
Epik turning maxsus janrlari
Download 77.71 Kb.
|
3-mavzu.
Epik turning maxsus janrlari
Ko‘pincha xat, ocherk, felyeton janrlari badiiy publisistika deb yuritiladi. “Badiiy publisistika gazeta janrlariga xos aktuallik, operativlikni o‘ziga singdirgan eng hozirjavob janr... u mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish ko‘ruvchi... fikr poeziyasidir” (Ochil Tog‘ayev) deb baholanadi. Bu asosning mag‘zida ham haqiqat bor... Lekin ularning barchasi ham ana shu maxsus xususiyatlariga qaramay, epik turning “farzandlari” sanaladilar. Ocherk (rus. Chertit, ocherchivat-chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq) hayotda yuz bergan muayyan voqea - hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki kishilar xarakteridagi muhim belgilarni qisqa, ixcham, yaxlit tasvirlovchi badiiy publisistik janrdir. Ochil Tog‘ayevning fikricha, “badiiy adabiyotga xos belletristik va gazeta janrlariga xos publisistik xususiyatlarning uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi”1, ya’ni bir vaqtning o‘zida ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yaratiladi va ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi. Ocherklar manzilli va manzilsiz bo‘ladi. Manzilsiz “ocherkda hujjatlilik faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa o‘rinlarda xuddi o‘zga janrlarda bo‘lgani kabi avtorning qo‘li erkindir. Bunda aniq adresni ko‘rsatmasdan asarga to‘qima personajlar kiritish, badiiy to‘qima va umumlashtirishdan keng foydalanish mumkin” (V.Ovechkin). Manzilli (hujjatli) ocherklarda esa “yozuvchi, avtor shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab olsinki, u voqyelik uchun tipik bo‘lsin” (V.Solouxin). Ayni paytda, badiiy to‘qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko‘mib yubormasligi, balki uni qabariqli tarzda ochishi lozim; bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi shart. Ochil Tog‘ayev ocherkning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini jamlab, uning uch xili: 1. Portret ocherk, 2.Safarnoma (yo‘l ocherki), 3. Muammo ocherk mashhurligini ta’kidlaydi. Uningcha, portret ocherkda asosan bir kishining hayoti, taqdiri markaziy o‘rin tutadi (93-bet). Avtorning qishloqlar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yig‘ilgan mushohada va mulohazalari, o‘rgangan va eshitganlarining badiiy publisistik tasviriga safarnoma (yo‘l ocherki) deyiladi (99-bet). Muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar: a) kishilar obrazlari, b) obrazli publisistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherk deb ataladi (105-bet). XX asr o‘zbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo‘shdilar. Download 77.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling