b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Go‘zal yurt Susambilda
Bir podachi bor edi.
U mashhur edi elda,
Nomi Baxtiyor edi.
Go‘zal edi va chinor
Qomatiga edi zor.
Ko‘kraklari butun bir
Oftobni yashirardi.
Tanlarida bir umr
O‘t lovullab turardi.
Qilichday o‘tkir edi,
Rustam kabi zo‘r edi.
Ammo elda xor edi,
Kambag‘al, nochor edi...
Har tomonga qararkan,
Baliq ovlab daryoda
Yurganlarga yo‘liqdi.
Shu chog‘da uning sodda
Ko‘ngli juda toliqdi:
«Jinday non bormi?» dedi.
Baliqchi tanti edi:
«Yo‘qdir berar nonimiz,
Lekin kuyar jonimiz.
Mayli shu safar to‘rga
Chiqqanin ol o‘zingga.
Uzun umring bor bo‘lsin,
Bola, baxting yor bo‘lsin».
Rozi bo‘ldi Baxtiyor
Va toleiga shu bor
Jayhun ilinib qoldi,
Ulkan baliqni oldi.
Ikki ho‘kizga ortib,
Oldindan o‘zi tortib,
Uyga tomon yo‘l soldi,
Baliqchi kulib qoldi.
Hovliqib tolib keldi,
Uyiga olib keldi.
XII
«Ota», dedi u, darhol –
Hozir bo‘ldi qari chol
Va ota-bola ikkov
Baliqqa soldilar dov.
Otasi pichoq soldi,
o‘g‘li oybolta soldi.
Baliq qornin yorganda,
Pichoq belga borganda,
Chol birdan cho‘chib qochdi,
Baxtiyor g‘azab sochdi.
Baliq qornida shu on
Tebranib u yon-bu yon,
Oygul ko‘zini ochdi
Va Baxtiyorni ko‘rdi.
Boshiga qon yugurdi.
Qora ko‘zlari yonib,
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun
5 «A»____ ___________________ 5 «B»____ ___________________________
Mavzu: NAZARIY MA’LUMOT ERTAK DOSTON HAQIDA TUSHUNCHA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |