Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Ertakning birinchi tugashi
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ertakning ikkinchi tugashi
Ertakning birinchi tugashi
Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi, bir vaqt bir sigir bemalol o‘tlab yurgan o‘tloqzordan chiqib qolibdi. – Qayoqqa shoshib ketyapsan, kuchukvoy? – O‘zim ham bilmayman. – Unday bo‘lsa to‘xtab birpas damingni ol. Bu yerning o‘tlo- g‘ini qara, ko‘m-ko‘k. – Eh, gap o‘tloqda bo‘lganda-ku, o‘zim bilardim-a... – Ha, nima bo‘ldi? Tobing yo‘qmi? – Undan battari. Men hurishni bilmayman! – Seni qara-yu, dunyoda eng oson narsa shu-ku! Quloq sol: «Mo‘-o‘! Mo‘-o‘! Mo‘-o‘!..» Xo‘sh qalay, yoqdimi? – Durust. Lekin bir narsani ko‘nglim sezib turibdi, menga kerak bo‘lgan narsa bu emas. Chunki, sen sigirsan... – Ha, albatta, sigirman... – Men esa sigir emas, kuchukchaman. – Kuchukcha bo‘lmay nimasan? Kuchukchasan. Xo‘sh, nima bo‘pti shunga? Mening tilimda gapirishni o‘rganib olsang, buning nimasi yomon ekan? – Bu bilan sen juda zo‘r fikrni o‘rtaga tashlaganingni bila- sanmi? – Qanaqa fikrni? 8 9 – Mana, hozirgina mening miyamga kelgan fikrni-da. Men barcha hayvonlar tilini o‘rganib olaman-da, sirkda tomosha ko‘rsataman. Hamma meni olqishlab qarsak chaladi, men boyib ketaman va shoh qiziga uylanib olaman. Kuchuklar shohining qiziga, albatta... – Barakalla, juda yaxshi o‘ylabsan buni! Qani, belni mah- kam bog‘lab ishga kirishaver. Yaxshilab eshitib ol: «Mo‘-o‘-o‘! Mo‘-o‘-o‘!» – Mo‘-o‘...– o‘zicha g‘o‘ng‘illabdi kuchukcha. Hurishni eplolmagan, lekin boshqa tillarni o‘rganishda zo‘r qobiliyatga ega bo‘lgan kuchukcha qaysi desa, hech ikkilanmay shuni ko‘rsatavering, yanglishmaysiz. Ertakning ikkinchi tugashi Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi... Yo‘lda unga bir dehqon uchrabdi. – Buncha shoshib, qayoqqa ketyapsan, hoy kuchukvachcha? – O‘zim ham bilmayman... – Unda men bilan yur. Menga xuddi senday bir kuchuk- vachcha juda zarur edi – tovuqxonamni qo‘riqlaysan. – Siz bilan jon deb borar edim-u, lekin bir aybim bor – hu- rishni bilmayman. – Ayni muddao-da! Hurishni biladigan kuchuklar faqat o‘g‘- rilarga qo‘l keladi – cho‘chitib o‘g‘rini qochirib yuboradi. Se- ning ovozingni esa ular eshitmaydi, yaqinroq keladi, shunda sen ularni shappa tutib olib, talab-talab tashlaysan, ular qilmishiga yarasha jazosini oladi. – Bo‘pti, roziman, – deb javob beribdi kuchukcha. Shu tariqa hurishni bilmaydigan kuchukcha o‘ziga munosib ish topib olibdi, bir umr bo‘yniga zanjir tushib, kunda bir kosa suyak nasibasi bo‘libdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling