Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Bozor iqtisodiyotining xususiyatlaridan biri shuki
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Bozor iqtisodiyotining xususiyatlaridan biri shuki,
unda biron-bir firma yoki kompaniya o‘z mahsulotini qanchalik ko‘p sotsa, shunchalik boyiydi va yanada taraqqiy etadi. Shuning uchun ham ular o‘z mahsu- lotlarini reklama qilish uchun katta-katta mablag‘ sarflaydilar. «Shahzoda Plombir» ertagida ham yozuvchi reklamaning ajabtovur xususiyatini muammolar yechimiga asos qilib oladi. Ya’ni, senyor Molteni xolodilnigiga joylashgan shahzoda Plom- bir bayonot berib, unda «Qo‘shaloq qutb» markali xolodilnik- larni Quyosh sistemasidagi eng ajoyib muzlatkichlari deb e’lon qiladi. Demak, endi bu firmaning ming-minglab xaridorlari paydo bo‘ladi, firma egalariga katta daromad oqib kela bosh- laydi. Shahzoda Plombir aytganidek, senyor Moltenidan «Qo‘- shaloq qutb» firmasi nafaqat to‘lanmagan qarzni, hatto, qolgan pulni ham talab qilmaydi. 9 7 An’anaviy xalq ertaklarida og‘ir vaziyatga tushib qolgan qah- ramonga, aytilganidek, hayvonlar, qushlar, sehrli tayoqcha va qalpoqcha yordamga kelishadi. J. Rodarining ushbu ertagi esa zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Unda bugungi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib to fazoviy kemalargacha bo‘lgan ashyolarni uchratamiz. Demak, har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo‘lib qolaveradi, degandek bo‘ladi Janni Rodari. Xulosa qilib aytganda, butun dunyo bolalarining sevimli yozuvchisiga aylangan J. Rodarining sanab o‘tilgan ertaklari, xususan, «Shahzoda Plombir» asarini topib o‘qish Sizga olam- olam zavq berishi shubhasiz. 1. Adibning hayoti va faoliyatini hikoya qilib bering. 2. Janni Rodarining mohir ertakchi bo‘lib yetishishiga nimalar sabab bo‘ldi? 3. Adib qanday xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan? 4. Janni Rodari ertakchilikka qanday yangilik kiritdi? 5. «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagidagi kuchukcha obra- zining uch xil yakundagi holatini izohlab bering. 6. Ertakning uchinchi yakunida kuchukchaning suyunib ketish sababini tushuntiring. 7. Nima uchun adibning o‘zi ushbu ertakning uchinchi yakunini yoqlaydi? 8. Ertak mazmunidan yana qanday ma’nolar uqdingiz? 9. Ertakning to‘rtinchi tugashini uyda o‘zingiz o‘ylab toping-chi. 10. «Shahzoda Plombir» ertagida senyor Moltenini qanday voqea qarzdorlikdan qutqaradi? 11. Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan ertak tahlilini sinfdoshla- ringizga gapirib bering. 12. Sinfdoshlaringiz bilan hamkorlikda ertak yozishga harakat qiling. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling