Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib
- ‘ ja MUQIMIY (1850–1903) KECHAGI KUN SABOQLARI
Savol va topshiriqlar
9 8 ! O‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy uyg‘onish davri ma’ri- fatparvarligi o‘rtasidagi o‘ziga xos mustahkam ko‘prik va- zifasini o‘tagan davr adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Aminxo‘ja Muqimiydir. Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlan- gan. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «De- voni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. Unda she’riy namunalar qatori hassos shoirning qisqacha tarjimayi holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda shoir- ning hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami chop qilindi. Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G‘afur G‘ulom turdi. Muhammad Aminxo‘ja MUQIMIY (1850–1903) KECHAGI KUN SABOQLARI 9 9 Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy ba- yozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» (Lirika va satira) nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi. 1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. H. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Kari- mov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar. 1850-yilda Qo‘qonning Bekvachcha mahallasida istiqomat qiluvchi novvoy Mirzaxo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bolaga Muhammad Aminxo‘ja deb nom berdilar. Oradan yillar o‘tib u elga Muqimiy taxallusi bilan taniladi. Dastlabki tahsilni mahalla maktabida olgan Muqimiy yoshligidan she’riyatga, badiiy ijodga alohida qobiliyat namo- yon eta boshladi. Bunda onasi, ta’bi nozik va so‘zga oshno ayol Oyshabibining xizmatlari katta. Aynan u aytib bergan ko‘plab ertak, doston va qo‘shiqlar ta’sirida bo‘lajak shoirning qalbida so‘zga mehr paydo bo‘lgan edi. Muqimiy maktab tahsilidan so‘ng Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida, 1872–1873-yillarda esa Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda Qo‘qonga qaytadi va uylanadi. Xuddi shu davrdan boshlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi, so‘ngra Sirdaryo yoqa- sidagi Oqjarda parom pattachisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib Muqimiy bu vazifani topshiradi va Qo‘qonga qaytadi. Moddiy qiyinchiliklar tufayli turmush o‘rto- g‘i yakka-yu yagona o‘g‘lini onasiga tashlab boshqa kishi bilan turmush qurib ketadi. Bundan tushkunlikka tushgan shoir ota uyini tark etib mahalladagi Hazrat madrasasidan bir hujra olib, o‘sha yerda yashay boshlaydi. Yolg‘izlik va xonanishinlikda o‘tayotgan hayotiga shoir muto- laa, ijod bilan mazmun kiritadi. Muqimiy juda mohir xattot edi. 1 0 0 ! Zamonasining eng yetuk husnixat sohibi Muhammad Yusuf Xattotdan tahsil olib mahoratini kamolga yetkazgan xushxat shoirning xizmatidan foydalanishga talabgorlar orta boradi, bu kasb uning uchun asosiy tirikchilik manbai bo‘lib qoladi. Muqimiy ijodining dastlabki yillari qisman shaklbozlik un- surlari ko‘zga tashlansa-da, yillar o‘tib uning shoirlik mahorati rivojlanadi, o‘tkir hajvlari, badiiy yuksak g‘azallari elga mash- hur bo‘ladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling