Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat»,
2008. 47-b. 6 Ko‘ryapsizki, xalqqa xizmat qilmoq uchun, uning yodida abadiy qolmoq uchun so‘zga, adabiyotga, ma’rifat va ma’na- viyatga sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir. Sizni badiiy adabiyotni ixlos bilan o‘qishga da’vat etayotga- nimizning sabablari ko‘p, albatta. Bu masalada, uzoqqa bormay, o‘zingizdan kelib chiqaylik. O‘tgan o‘quv yilida o‘nlab shoir va yozuvchilarning qator asarlarini o‘qib-o‘rgandingiz. Endi ayting- chi, shu asarlarni o‘qigan va uqqan tengdoshingiz bilan ularni o‘qimagan yoki o‘qisa-da, uqmagan sinfdoshingiz orasida qan- daydir farq bormi-yo‘qmi? To‘g‘ri, adabiyot va boshqa san’at turlarining insonga ta’siri darrov sezilib, bilinib qolmaydi. Xuddi yoshingiz ulg‘ayayotga- nini o‘zingiz sezishingiz qiyin bo‘lganidek, adabiyotning Sizga o‘tkazayotgan ta’sirini ham qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rish mumkin emasdek. Lekin ko‘p kitob o‘qiydigan, adabiyotga chin dildan qiziqadigan do‘stlaringiz yurish-turishiga, odob-axloqiga razm solib qarasangiz, ular boshqalardan ancha ajralib turishini sezmaslik, ko‘rmaslik ham mumkin emas. Ularning gap-so‘zlari salmoqli, mazmunli bo‘lib boradi, bu bolalar ko‘cha changitib yurishdan ko‘ra biror foydali mehnat bilan shug‘ullanishga hara- kat qilishadi. Uyatsiz so‘zlar bilan lafzini bulg‘ashdan tiyilish- larini ham sezsangiz kerak. Ular uyda yozib kelgan inshosi yoki referatini o‘qib berayotganida eng to‘polonchi sinfdoshlaringiz ham jimgina eshita boshlagani ham bor gap. Xo‘sh, bu kitobsevar bolalarning boshqalardan bir-ikki qa- dam oldinroqqa o‘tib olishlariga, ham ota-onalar, ham ustozlar- ning nazariga tushishlariga ko‘proq nima sabab bo‘ldi? Nega ko‘plab fan olimpiadalarida aksariyat o‘shalar g‘olib chiqyapti? Nega maktabingizda o‘tkazilayotgan «Davlat tili bayrami»ga sinfingizdan aynan shu bolalar tanlab olindi? Nima uchun bu do‘stlaringiz ortidan turli xunuk gaplar eshitmaysiz? Ularni boshqalardan ildamroq yurishiga kuch berayotgan narsa nima ekan? 7 ! Barakalla, to‘g‘ri topdingiz! Buning nomi – MA’RIFAT. Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifat! Qolaversa, adabiyot so‘zi aslida odob so‘zidan olingan bo‘- lib, qadimdan Sharq mamlakatlarida adabiyotga insonni odob va axloqqa yo‘naltiruvchi ruhiy-ma’naviy manba sifatida qaralgan. Bu yerda odobni tor ma’noda tushunmasligimiz, bu so‘z zami- rida yotgan barcha fazilatlarni tasavvur qilishimiz kerak. Ya’ni odob tushunchasi insonni inson qilib turadigan barcha ijobiy fazilatlarni o‘zida jamuljam etadi. Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, ota-ona va yaqinlariga mehr-oqibat, o‘zgalar dard-u tashvishi bilan yashash, inson tuyg‘ulariga hurmat va e’tibor, shafqatga muhtoj kishilar ko‘nglini ko‘tarish – bularning bari inson odobi degan yuksak tushunchani tashkil etadi. Ada- biyot tarixidagi jamiki buyuk asarlarning bosh mazmun-mohi- yatini esa ayni qadriyatlar tashkil qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘qishda ham o‘qish, uqish va his qilish bor. Demoqchimizki, kitob mutolaasi odam bolasidan bu ishga jiddiy berilishni, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ixlos bilan yondashishni talab qiladi. Falon asarni o‘qidingmi-o‘qidim qabilida ish tutish mutlaqo yaramaydi. O‘sha asarni, uni yozgan yozuvchi yoxud shoirning orzu-o‘ylari, asarga singdirgan tuy- g‘ularini his qilish kishidan alohida e’tiborni talab qiladi. Asarni his qilib o‘qimaslik chinakam gul bilan sun’iy gulning farqiga bormagandek gap. Xo‘sh, asarni his qilib o‘qish nima degani? Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling