Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Bilasizki, har qanday badiiy asarda insonga xos
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Bilasizki, har qanday badiiy asarda insonga xos
bo‘lgan fazilat va illatlar ifoda etiladi. Hatto hay- vonlar to‘g‘risida bitilgan ertaklarning ham tagza- minida insoniy tuyg‘ular yotadi. Tuyg‘ular esa faqat aql orqali emas, balki ko‘ngil, yurak orqali seziladi. Deylik, bir asar qahramoni og‘ir ahvolda qoldi. Yomon odamlar qilmishidan uning taqdirida qorong‘i kunlar boshlandi. 8 Uning bu holatini yaqindan his qilish, bu voqealar xuddi Siz bilan bo‘layotgandek qarash ruhiyatingizni toblaydi, Sizni chiniqtiradi, yomonliklardan qutulish yo‘llarini o‘rgatadi. Siz o‘zingiz sezib-sezmagan holda dunyoda yomonlik degan yovuz kuch bor ekanini bilasiz. Uni olamga yoyayotgan ham siz-u bizdek insonlar ekanini ko‘rasiz. Eng muhimi, bu yomonlikka qarshi kurashish ham odamlarning zimmasidagi vazifa ekanini anglab yetasiz. Mana shu anglash Sizning olimgina emas, yax- shi odam ham bo‘lishingiz yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lsa, ne ajab. O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan ona Vatanimizning ertangi kun taqdiri qanday bo‘lishi, dunyo xalqlari orasida orttiradigan obro‘-e’tibori ko‘p jihatdan Sizning qanday odam bo‘lishingiz- ga, adabiyot va san’atga ixlos bilan oshno tutinishingizga bog‘liqdir desak, hecham hayron bo‘lmang. Chunki mamlakatni mamlakat, millatni millat qiladigan uning o‘g‘il-qizlari, bag‘rida o‘stirayotgan farzandlaridir. Agar bu farzandlar faqat bugungi kunini, qorin g‘aminigina o‘ylab yashaydigan, yurtdoshlari taqdiriga befarq, o‘z manfaati yo‘lida insof, adolat, iymon tuyg‘ularini toptab o‘tadigan kimsalar bo‘lib yetishsa, bunday yurtning holiga voy. Bunday yurtga chetdan bosib keladigan dushmanning ham keragi bo‘lmaydi. Boyagi ma’naviyatsiz, ma’rifatsiz kimsalarning qilmishlari yurtning nafaqat bugunini, balki kelajagini ham xavf ostida qoldirishi turgan gap. Bunday farzandlar qo‘liga o‘tadigan yurtning boyliklari talon-taroj bo‘ladi, iqtisodiy tanazzul tuganmas dardga aylanadi. Uning ma- daniyati va san’ati milliy qiyofasini yo‘qotadi. Jamiyat hayotida adolatsizlik, insofsizlik va madaniyatsizlik oddiy holga aylanib, kishilarning kelajakka bo‘lgan ishonchi mutlaqo so‘nadi. Farzandlari ma’rifatli, ma’naviyatli, o‘zligini tanigan xalq- ning esa, albatta, iqboli kuladi. Komil farzandlar o‘zini tug‘ib katta qilgan ona Vatanining qadrini har narsadan yuksak qo‘yadi. Ular uchun yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, el farovon- ligi yo‘lida o‘qib-o‘rganish, mehnat va ijod qilish hayotning tub 9 ! mazmuniga aylanadi. O‘zini buyuk millatning, qadimiy xalqning chinakam vorisi deb bilgan farzandlar bugun dunyoda hech kimdan kam emasligini anglab, kelajakda ham hech kimdan kam bo‘lmaslikni ko‘zlab harakat qiladilar. Shu ma’noda, xalqimiz boshidan o‘tgan barcha yaxshi va yomon kunlarni doimiy yodda tutish uchun adabiyotga murojaat qilamiz. Qolaversa, ota-bobolarimizning ushalmagan orzularini ro‘yobga chiqarish bizning zimmamizdagi muqaddas burch ekanini anglashga yordam beradigan ham adabiyot – so‘z san’a- ti hisoblanadi. Zero, adabiyot tarixi – millat va mamlakat tari- xining jonli ifodasidir. Adabiyotini anglagan millat o‘zligini anglaydi. Birinchi Prezidentimiz mustaqilligimizning dastlabki kunla- ridan boshlab adabiyot ahliga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ijod erkinligini ta’minlash, badiiy adabiyotlar nashrini ko‘pay- tirish borasida O‘zbekiston hech qaysi davlatdan ortda qolmas- ligi masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Eng muhimi, milliy ada- biyotimizning ertangi kuni, uning kelajakdagi rivoji ma’naviyat sohasidagi ustuvor vazifa ekanini uqtirdi: Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling