1 1 9
!
qadam» (1953-yil), «Ikki muhabbat» (1955-yil) hikoyalar to‘p-
lami, «Tilla uzuk» (1961-yil) qissa va hikoyalar to‘plamlari chop
etiladi, «Chin muhabbat» (1955-yil), «Aytsam tilim,
aytmasam
dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak» (1958-yil), «Olma gul-
laganda» (1961-yil) pyesalari yaratiladi. Birin-ketin «Bir felye-
ton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman»,
«Billur qandillar» qissalari e’lon qilinadi.
Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning
turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...»
(1966-yil), «Ulug‘bek xazinasi» (1973-yil), «Ko‘hna
dunyo» (1982-yil), «Diyonat» (1977-yil), «Oqqushlar,
oppoq qushlar» (1988-yil) romanlari kitobxonlarning
mehrini qozongan.
Bu romanlarda yozuvchi gohi o‘rta asrlar vatanimiz tarixi-
dagi buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino,
Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya
qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamlar o‘rta-
sidagi
mehr-oqibat, muhabbat, adolat, burch kabi yuksak tuyg‘u-
larni asrash to‘g‘risida fikr yuritadi. Shuning uchun ham bu
asarlar hozirgacha o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qiladi.
Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi.
Uning «Adolat manzili» (1998-yil) romani, «Muzaffar Temur»
(1996-yil), «Bir koshona sirlari» (2000-yil)
singari pyesala-
ri hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi
kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi
1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan
bo‘lsa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati»
ordenlari bilan mukofotlangan.
Odil Yoqubov 2009-yilda vafot etgan.
Biz quyida adibning istiqlol davrida yaratilgan ta’sirli hi-
koyalarining biri bilan tanishamiz.