Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Demak, BEMOR faqat Sotiboldining xotini emas
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Demak, BEMOR faqat Sotiboldining xotini emas
ekan-da! Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtoj ekan-da! Xuddi shu haqiqatni teran anglaganlari tufayli ham Mu- navvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy singari bizning yuzlab jadid bobolarimiz el-u yurt dardini yengillatish, uni ma’rifatga oshno etish, ilm-u madaniyatini yuksaltirish, oxir-oqibat mamlakatni istiqlolga olib chiqish uchun kurashdilar, shu yo‘lda qurbon bo‘ldilar. Abdulla Qahhorning bor-yo‘g‘i bir sahifaga jo bo‘lgan hi- koyasi Siz bilan bizni shuncha mulohazaga oshno etdi. Holbuki, 1 1 7 Savol va topshiriqlar bu mulohazalarni yana davom ettirish, hikoya mazmun-mohi- yatiga yanada chuqurroq kirib borish ham mumkin. Bu bilan esa yozuvchining badiiy olami sirlari ko‘z oldimizda yaqqol namo- yon bo‘ladi. Adibning mo‘jaz hikoyalar bag‘riga olam-olam mazmun sig‘dira bilish, har bir so‘z, jumla ustiga chuqur fikr yuklash mahoratiga tan beramiz. Quyida berilayotgan savol va topshiriqlar orqali Siz mana shu mahoratni o‘zingiz uchun kashf etishga harakat qilasiz degan umiddamiz. 1. Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga xos bo‘lgan asosiy jihatlarni esda saqlab qolishga urining. 2. «Bemor» hikoyasi orqali yozuvchi aks ettirgan hayot haqiqati nimalardan iborat edi? 3. Sotiboldi shahardagi yakka-yu yagona doktorxona ichiga kirganmi-kirmaganmi? Qayerdan bildingiz? 4. Sotiboldining xo‘jayini Abdug‘aniboy nega shu kasalxonada emas, Simdagi kasalxonada davolanganini o‘ylab ko‘ring-chi. 5. Sotiboldining «to‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha olib onasining yuzini karaxt, xira pashshalardan» qo‘rishi hikoya- ning umumiy ruhiga mos ekanini isbotlang. 6. Bemor yotgan xonadonga boshqa tovush emas, aynan gado- larning tovushi eshitilishi bilan nimaga urg‘u berilyapti? 7. Bemorga qaragani chiqqan qo‘shni kampirning o‘tirib yig‘la- shiga sabab nima? 8. Kasal odamga «chilyosin» qildirish nima ekanini uyingizdagi kattalardan yaxshilab bilib oling. 9. «Chilyosindan bemor tetik chiqqanday» bo‘lishi bilan shamning yonib tugashi o‘rtasida qanday o‘xshashlik ko‘rasiz? 10. «Bemor» hikoyasi to‘g‘risida uy inshosi yozib sinfda o‘qib bering. 1 1 8 ! Siz O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning ayrim hikoya, qissa va romanlarini o‘qigansiz, uning asarlari asosida tayyorlangan ko‘p qismli videofilmlarni ko‘rgansiz, albatta. U hozirgi o‘zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biridir. Bo‘lajak yozuvchi 1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatga ketgan. U harbiy xizmatga chaqirilganida Ikkinchi jahon urushi tugash arafasida edi. Shu paytda Yaponiya davlati bilan urush bosh- lanib, O. Yoqubov ana shu urushda ishtirok etadi. 50-yillarda u harbiy xizmatdan qaytib O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qiydi. So‘ngra turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «Literaturnaya gazeta»da, «O‘zbek- film» kinostudiyasida, nashriyotlarda ishlaydi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling