Adabiyot 8 (1-qism) new indd


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661108
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. G‘azalning hajmi, vazni, qo ya va radi haqida ma’lumot bering.
2. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
3. G‘azaldagi hayotsevarlik g‘oyasi targ‘ibini uni yoritishda qo‘l langan 
vositalardan foydalanish mahoratini tahlil qilib bering.


156
4. G‘azalda qaysi ma’noda shoiraning badiiy-tab’iy (estetik) dasturi, ya’ni o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsad-muddaolari bayon etilgan? 
5. Undalmalarning g‘azaldagi o‘rni va ahamiyatini tushuntirib bering.
6. G‘azalni yodlang.
MUSTAQIL O‘QISH UCHUN
G‘AZALLAR
«
QILMAG‘IL ZINHOR IZHOR EHTIYOJ…» G‘AZALI
Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj, –
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.
Hech kim olamda forig‘bol
1
emas, 
Har kim o‘z miqdoricha bor ehtiyoj.
Ganji husningni(ng) zakotin ber menga, 
Sen g‘aniysan,
2
menda bisyor ehtiyoj.
Ko‘zlarim aylar yuzingni orzu, –
Kim erur ko‘zguya diydor ehtiyoj.
Mustamand etti
3
meni muhtojlik, 
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.
Gar tilarsen obro‘ ahbob
4
aro, 
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.
Qil ravo, albatta, oshiq hojatin
Boqmag‘il, arz etsa ag‘yor
5
ehtiyoj.
Bir tarahhum
6
zohir etsang, netgusi, 
Qildi husningga meni zor ehtiyoj.
1
F o r i g‘ b o l – xotirjam.
2
G‘ a n i – boy, badavlat.
3
M u s t a m a n d e t m o q – g‘amgin qilmoq.
4
A h b o b – do‘stlar.
5
A g‘ y o r – dushmanlar.
6
T a r a h h u m – rahm. 


157
Yor vaslini tilarman, Nodira, 
Ayladi ko‘nglimni afgor ehtiyoj.
«FIG‘ONKIM, GARDISHI DAVRON AYIRDI SHAHSUVORIMDIN…» 
G‘AZALI
Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, 
G‘amim cho‘x
1
, ey ko‘ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.
G‘uborim ishq vodiysida barbod o‘ldi, andog‘kim, 
Biyobonlarda Majnun to‘tiyo izlar g‘uborimdin.
Qizil qondur sirishkim,
2
za’farondur
3
chehrayi zardim,
4
Meni kim ko‘rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.
Buzuldi ro‘zgorim, xonayi ayshim xarob o‘ldi, 
Na rohat ko‘rgamen emdi buzulg‘on ro‘zgorimdin.
Biyobonlarni izlab topmadim yorim so‘rog‘ini, 
Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.
Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo‘lmishlar, – 
Ki men ham yorsiz ozurdamen
5
yor-u diyorimdin.
Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gohi  g‘on ettim, 
Nelar o‘tdi bu aqshom, Nodira, joni  gorimdin
6
.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling