Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
2-boshlovchi: -Alisher Navoiy bobomizning hikmatli so‗zlarini tinglaylik.
(Talabalar birma-bir hikmatlardan namunalar o„qiydilar) 1-talaba: Odami ersang demagil odami, Oning kim yo„q xalq g„amidin g„ami. 2-talaba: Bu gulshan ichra yo‟qdir baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot. 3-talaba: Haq yo„linda kim senga bir harf o„rgatmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila. 4-talaba: Hunarni asrabon netgumdir oxir Olib tuproqqami ketgumdir oxir. 5-talaba: Chin so„zni yolg„onga chulg„ama Chin ayta olur tilni yolg„onga bulg„ama. 6-talaba: Umrni zoye etma mehnat qil Mehnatni saodantning kaliti bil. (Navoiy g„azali bilan aytiladigan qo„shiq ijro etiladi. Talaba qiz raqs ijro etadi) 1-boshlovchi: Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilda birinchi bo‗lib ―Xamsa‖ yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat ikki yilda besh yirik dostondan iborat ―Xamsa‖ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo‗r shodlik bilan qarshi oldi .Abdurahmon Jomiy Navoiy ―Xamsa‖siga yuksak baho berdilar. Husayn Boyqaro buyuk shoirini oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib Hirot ko‗chalarini aylantirgan. (“Xamsa” asari haqida tashrif buyurgan olimlardan biriga so„z beriladi). 2-boshlovchi: ―Xamsa‖ning birinchi dostoni ―Hayrat ul- abror‖ (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), falsafiy axloqiy-ta‘limiy asar. Hajmi 3988 bayt 63 bob bo‗lib ularning 21 bobi muqaddima 20 bobi maqolat 20 bobi hikoyat va masallar, oxirgi 2 bobi xotimadan iborat. 1-boshlovchi:” Xamsa‖ning ikkinchi dostoni ―Farhod va Shirin‖ dostonidir.Hajmi 5782 bayt. Dostondagi voqea insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‗zligini tanitadi, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu –o‗ylari ham ifoda etilgan. 2-boshlovchi: ―Layli va Majnun‖ ―Xamsa‖ning uchinchi dostondir. Unda oldingi dostonda bo‗lgani kabi zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga eshligi o‗zining go‗zal badiiy ifodasini topgan. U mazkur doston bilan o‗zbek adabiyotida bu mavzuni boshlab berdi. 1-boshlovchi: ―Sab‘ai Sayyor‖ dostoni yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi. Navoiy asar voqealarini o‗z Vatani Xuroson, Movaraunnahr hayoti bilan bog‗lashga harakat qildi. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi. 2-boshlovchi: ―Xamsa‖ning yakunlovchi ―Saddi Iskandariy‖ dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag‗ishlangan. ―Saddi Iskandariy‖ dostoni hajmi jihatidan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. 1-boshlovchi: Navoiyning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe‘ e‘tibori saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqiga hazar qilmaydigan amaldorlarni tashvish solib qo‗ydi. Ular shohning adolat talab amirini ko‗zdan uzoqroqqa jonatish yo‗lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo‗ldilar. Shoir 1487-1488- yillarda Astrobodga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi. (Sahna ko„rinish, boshlovchi sharhlab turadi) Boshlovchi: Uch yomonning ta‘rifi. Sulton Husayn bir kuni o‗z vazirlarining aql farosatini donishmandligini sinab ko‗rish uchun ularni huzuriga chaqiribdi: Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling