Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari
manzil qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan?
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI Darsda quyidagi muammоlar qo„yiladi va hal etiladi
- Mavzuda qo„llaniladigan tayanch so„z va ibоralar
manzil qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan?
a) Riyozat, Manzil, Makon, Lomakon, Fano, Maqom, Yo‗qlik. b) Muhiblik, Muridlik, Oshiqlik, Oriflik, Darveshlik, Obidlik, Sukut. s) Talab, Ishq, Ma‘rifat, Istig‗no, Tavhid, Hayrat, Fano. d) Shariat, Tariqat, Ma‘rifat, Haqiqat, Fano, Baqo, Rizo “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI Darsda quyidagi muammоlar qo„yiladi va hal etiladi: 1. ―Layli va Majnun‖ dostoni ―Xamsa‖dagi eng qayg‗uli asar ekanligini qiyosiy yo‗l bilan tushuntirish. 2. Oshiq va mashuqalar ruhiyatidagi holatning Navoiy tomonidan mahorat bilan ifodalanganligi Navoiyning o‗z salaflaridan farq qiluvchi belgi ekanligini tushuntirish. 3. Ishqiy holat tasvirida Navoiy mahorati barcha ijodkorlardan ustun ekanligini misollar yordamida aniq ko‗rsatib berish. Mavzuda qo„llaniladigan tayanch so„z va ibоralar Sevgi va qahramonlik. Hay qabilasi. Ishq dostoni. Tun tasviri. Tur tog‗i. alamli so‗roq. Dard-iztirob. Muhabbat. Ruhiyat. DARSNING REJASI: 1. ―Layli va Majnun‖ – ishqiy doston. 2. Qaysning ishq bobida sodiqligi. 3. Laylining muhabbatga munosabati. 4. Navoiyning ishqiy doston yaratishdagi mahorati Adabiyot fani o‗qitishda o‗qituvchining metodik mahorati o‗ziga xos ahamiyatga ega. Chunki u ta‘limning eng samarali usullaridan oqilona foydalangandagina ko‗zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Maqsadga erishish ko‗p jihatdan o‗qituvchining shaxsiy fazilatlariga ham bog‗liqdir. O‗qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir guruhga mos keladigan usul tanlamog‗i lozim. Hatto, bir o‗qituvchi bir xil usulda ikki xil guruhda dars o‗tib ham bir xil natijaga erisha olmaydi. Chunki har xil xarakterli o‗quvchilarni bir xil usul bilan o‗qitib bir xil natijaga erishish mumkin emas. Buning uchun guruh o‗quvchilarining o‗ziga xos xususiyatlarini bilib, ularning nimalarga qodirligini aniqlab dars boshlash yaxshi natija beradi. O‗qituvchi o‗zida bir qator sifatlarni mujassam etmog‗i zarur: 1. Pedagogik amaliyotchilik. 2. Ilmiy tadqiqotchilik. 3. Tashkilotchilik. 4. Adabiy vositachilik. 5. Badiiy ijrochilik. 6. Pedagogik ijodkorlik. ―Layli va Majnun‖ dostonidek ishqiy asarni o‗tish uchun yuqoridagi zaruriy sifatlar mujassam bo‗lsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sharq adabiyatida sevgi haqida bitilgan dostonlar orasida "Layli vа Majnun"day dardli vа g‗amgin asarni topib bo‗lmaydi. U naqadar g‗amgin bo‗lsa, shu qadar shuhrat topgan, keng yoyilgandir. Вu sevgi qissasi qanchalik g‗amgin vа mashhur bo‗lsa, shunchalik qadimiy hamdir. Uni mutaxassislar Botishdagi "Romeo vа Juletta"dan ham mashhurroq hisoblaydilar. Ushbu mavzuda adabiyot olamida salkam o‗n uch asrdirki, she‘r vа dostonlar bitilib keladi. Qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bog'liq voqealarga borib taqaladi. Mutaxassislar orasida bu borada ikki fikr bor: ayrimlar Majnunni tarixiy shaxs, oti Qays Ibn Mulavvah, yoshligida tuya boqib yurganda amakisining qizini sevib qolgan, she‘rlar yozgan, devon ham tuzgan, u haqda ko‗plab rivoyatlar, hikoyatlar yaratilgan, deydilar. Ikkinchi bir fikrga ko‗ra, u – to‗qima obraz. Nizomiy Ganjaviy birinchi bo‗lib ushbu qissani yaxlit bir dostonga aylantirdi. Qays e‘tiborli bir odamning har jihatdan mukammal farzandi bo‗lib, aqli ham, jismi ham, husni ham joyida edi. U har jihatdan munosib bo‗lgan Laylidek qizni sevdi, sevildi. Biroq Laylining otasi uni o‗z qiziga munosib ko‗rmadi. Odamlar esa uni majnun (telba) deb atadilar. U odamlar orasidan bosh olib ketdi. Vahshiy hayvonlar uni o‗z panohiga oldilar. Jamiyat rad etdi. Tabiat bag‗riga oldi. Birinchi marta Nizomiy dostonga aylantirgan "Layli vа Majnun" asariga bir yuzu o‗n sakkizta nazira bitilgan. Ulardan oltmish yettitasi fors, o‗ttiz yettitasi turkiy tilda. Kurd (7), urdu (7), panjob (2), afg‗on, arman, gruzin tillarida yozilgan naziralar ham bor. Rus shoiri Y. Xlebnikov ham 1911- yilda "Majnun vа Layli" nomi bilаn doston yozgan. O‗zbek adabiyotida bu mavzuni Navoiy boshlab berdi: Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling