Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana31.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1145081
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
pdf

Alisher: Orazin yopqoch ko„zimdin sochilur har lahza yosh, 
Bo„ylakim paydo bo„lur yulduz,nihon bo„lg„och quyosh 


Lutify: (Baytni takroran qaytaradi) Voolloh, agar muyassar bo‗lsa edi o‗zimning 
10-12 ming fors va turkiy baytlarimni ushbu g‗azalga almashtirardim va bu ishning 
yuzaga chiqishini zo‗r muvaffaqiyat deb sanardim. 
1-boshlovchi: 1465-yil buyuk mutafakkir Alisher Navoiy Samarqand tomon yo‗l 
oladi va shoir sifatida juda katta shuhrat topadi. Shoirning dastlabki yozgan she‘riy 
kitob ―Ilk devon‖ nomi bilan mashhurdir. Shu bilan bir qatorda shoir 1469-1472 
yillari saroyda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir, 1487-1488 yillarda Astrobodda 
hokimlik qilgan. 
2-boshlovchi: Hokilmik davrida Navoiy buyuk ishlarni amalga oshirdi, lekin 
Vatan va yurtiga bo‗lgan muhabbati bir soniya ham unga tinchlik bermadi va 
yurtini qo‗msab bir qancha asarlar yaratdi. 
(Talabalar navbatma-navbat o„qiydi) 
1-talaba: Yorabki , inoyatingni yor ayla manga, 
Yo„qlukka xidoyatingni bor ayla manga. 
Har qahri kifoyatingni dor ayla manga, 
Har duri inoyating nisor ayla manga. 
 
2-talaba: G„urbatda g‟arib shodmon bo„lmas emish, 
 El anga shafiqu mehribon bo„lmas emish. 
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulga tikondek oshyon bo„lmas emish. 
 
3-talaba: O„n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, 
 Ne ajabkim sarvinozim, o„n sakkiz yoshindadur. 


Desa bo„lg„aykim, yana o„n sakkiz yil husni bor,
O„n sakkiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur. 
 
4-talaba: Boshni fido qilg„il ato boshig„a 
Jismni qil sadqa ano qoshig„a 
Tun kuningga aylagali nur fosh
Birisin oy ayla, birisin quyosh. 
1-boshlovchi: Navoiy bobomiz hatto shohning vaziri bo‗lganlarida ham xalq 
uchun ko‗p yaxshi ishlar qilganlar.Maktab va madrasalar qurishga bosh-qosh 
bo‗lganlar. O‗zlarining insonparvarliklari tufayli elning nazari va mehriga 
tushganlar. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling