Adabiyot fanidan nazorat ishlarini oʻtkazish yuzasidan tavsiya


Download 32.11 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi32.11 Kb.
#1005537
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tavsiya


ADABIYOT FANIDAN NAZORAT ISHLARINI
OʻTKAZISH YUZASIDAN TAVSIYA
(6-sinf misolida)

Bugungi kunda, taʼlimda yoshlarning zamonaviy dunyoga xos hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish, shaxsiy qarorlar qabul qilishga oʻrgatishning ustuvorligi ortdi.


Binobarin, barcha fanlar kabi adabiyot saboqlarida ham muloqot muhiti jonlantirish, gʻoyalar kurashi, yashirin maʼnolarini anglatish isbotlanmaydigan haqiqatga aylanmoqda.
Adabiyot oʻquv dasturiga muvofiq quyi sinflarda 3 soat, yuqori sinflarda 2 soatdan nazorat ishi oʻtkazilgan boʻlsa, milliy oʻquv dasturiga koʻra yangi darslikda oʻzlashtirayotgan bilimlarini berilgan topshiriqlar(loyiha ishi, esse yozish, savol va taqdimot) orqali nazorat qilib borishi uchun koʻrsatmalar keltirilgan. Shunga muvofiq, har chorak yakunida bir marta umumiy shaklida olinish belgilangan. Oʻqituvchilar nazorat ishi uchun oʻtilgan mavzular asosida oʻquvchilar olayotgan bilimlarini nazorat qilish, boʻshliqlarini aniqlash uchun nazorat instrumentlari ishlab chiqishi lozim. Quyida adabiyot fanidan 6-sinf uchun nazorat instrumentlarini yaratish yuzasidan uch variantda namunaviy tavsiyalar keltirilgan. Bu namunaviy nazort instrumentlaridan foydalanishda ijodiy yondashishlari mumkin.
Adabiyot fanidan 6-sinf 2-chorak uchun namunaviy nazorat ishi.

  1. VARIANT. NAZORAT ISHI. TOPSHIRIQLARNI BAJARISH

Oʻtkazish muddati: 2 chorak yakunida
Vaqti: 45 daqiqa



  1. Xalq ogʻzaki qoʻshiqlar mazmunini izohlang.

(1-jadval)

Xalq ogʻzaki ijodidan namunalar

Qaysi turga mansubligini yozing

Mazmunini bir gapda ifodalang

Mazmuniga yaqin boʻlgan hikmatli soʻz yoki maqol yozing

Qiyo-qiyo yuringlar,
Qiyilib qolsin poyasi.
Toʻqrab-toʻqrab yuringlar,
Toʻqson qop chiqsin donasi.

Mavsum

Harakatda barakat

Mehnatdan kelsa boylik turmush boʻlar chiroylik

Aqa-tuqi gavora boʻlsin,
Dushmani ovora boʻlsin.
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin.

Marosim

Uyqu ham meʼyorida boʻlsa yaxshi

Beshik bolasi — bek bolasi

Oq sholiga koʻk sholi,
Oq sholini oqlaylik,
Koʻk sholini koʻklaylik,
Yaxshi kunga saqlaylik,
Hayu, chittigul,
Hayu, chittigul.










Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab asta
Uxlab qolgin, alla.













  1. Navoiy ijodi boʻyicha topshiriqlarni bajaring.

Ruboiyni oʻqing.
El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.
(2-jadval)

Lugʻat boyligingizni sinab koʻring

Navoiy davrida

Hozirgi oʻzbek tilida

idbor




nishon

belgi

feʼl




ulus

el, xalq

balo




Grammatik bilimingizga tayaning

-din




oni




Ruboiyni mazmunini bitta gapda ifodalang

Eldan ayrilish feʼlidan ekan, bunday yashashni ruhsiz tanadan farqlash qiyin.

3. “Rahmat sizga, xonim” asari yuzasidan topshiriqlar. Jadvalni darslikdagi asar matnidan foydalanib toʻldiring. (3.1-jadval)





Quyidagi savollarga qisqa javob bering

Luella xonim

Rojer

Qaysi soʻzida mehribonlik fazilati aks etgan

yana biroz yeb ol, oʻgʻlim




Qayerda yomon illatini kuzatdingiz

bolaning yelkasidan ushlab jahl bilan
turgʻazdi





qahramon ishonchi qaysi gapda ifodalagan




koʻrib turishi mumkin boʻlgan joyga borib oʻtirdi

Qahramon xatti-harakatini ifodalang







Xonada foydalangan narsalarni ifodalang




sochiqni olib yana artdi

4. “Rahmat sizga, xonim” asari yuzasidan savollarga qisqa shaklda shaxsiy fikrlaringiz yozing.


(3.2-jadval)

Savollar

Shaxsiy fikrlar

Asar sarlavhasini oʻqib nima haqda deb oʻyladingiz?




Shu asarga siz qanday sarlavha qoʻygan boʻlardingiz?




Nima deb oʻylaysiz, nega Luella xonim shu joyning oʻzida pul berib, nasihat qilib qoʻya qolmadi




Sizni qaysi orzu yomon fikrlar bilan chalgʻitgan




Oʻzingizga qaysi qahramondan qaysi fazilatni belgilab oldingiz







Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling