Adabiyot fanidan nazorat ishlarini oʻtkazish yuzasidan tavsiya
Download 32.11 Kb.
|
Tavsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- VARIANT. NAZORAT ISHI. TOPSHIRIQLARNI BAJARISH
- Xalq ogʻzaki ijodidan namunalar Qaysi turga mansubligini yozing Mazmunini bir gapda ifodalang
ADABIYOT FANIDAN NAZORAT ISHLARINI OʻTKAZISH YUZASIDAN TAVSIYA (6-sinf misolida) Bugungi kunda, taʼlimda yoshlarning zamonaviy dunyoga xos hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish, shaxsiy qarorlar qabul qilishga oʻrgatishning ustuvorligi ortdi. Binobarin, barcha fanlar kabi adabiyot saboqlarida ham muloqot muhiti jonlantirish, gʻoyalar kurashi, yashirin maʼnolarini anglatish isbotlanmaydigan haqiqatga aylanmoqda. Adabiyot oʻquv dasturiga muvofiq quyi sinflarda 3 soat, yuqori sinflarda 2 soatdan nazorat ishi oʻtkazilgan boʻlsa, milliy oʻquv dasturiga koʻra yangi darslikda oʻzlashtirayotgan bilimlarini berilgan topshiriqlar(loyiha ishi, esse yozish, savol va taqdimot) orqali nazorat qilib borishi uchun koʻrsatmalar keltirilgan. Shunga muvofiq, har chorak yakunida bir marta umumiy shaklida olinish belgilangan. Oʻqituvchilar nazorat ishi uchun oʻtilgan mavzular asosida oʻquvchilar olayotgan bilimlarini nazorat qilish, boʻshliqlarini aniqlash uchun nazorat instrumentlari ishlab chiqishi lozim. Quyida adabiyot fanidan 6-sinf uchun nazorat instrumentlarini yaratish yuzasidan uch variantda namunaviy tavsiyalar keltirilgan. Bu namunaviy nazort instrumentlaridan foydalanishda ijodiy yondashishlari mumkin. Adabiyot fanidan 6-sinf 2-chorak uchun namunaviy nazorat ishi. VARIANT. NAZORAT ISHI. TOPSHIRIQLARNI BAJARISH Oʻtkazish muddati: 2 chorak yakunida Vaqti: 45 daqiqa Xalq ogʻzaki qoʻshiqlar mazmunini izohlang. (1-jadval)
Navoiy ijodi boʻyicha topshiriqlarni bajaring. Ruboiyni oʻqing. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni. Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon-yamoni bil oni. (2-jadval)
3. “Rahmat sizga, xonim” asari yuzasidan topshiriqlar. Jadvalni darslikdagi asar matnidan foydalanib toʻldiring. (3.1-jadval)
4. “Rahmat sizga, xonim” asari yuzasidan savollarga qisqa shaklda shaxsiy fikrlaringiz yozing. (3.2-jadval)
Download 32.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling