Adabiyot fanining mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular rejasi va mazmuni II bosqich ( umumta`lim)
Download 68.17 Kb.
|
102 SOATLIK
O`ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOTI. Til – insonlar o’rtasida aloqa vositasi. U shaxslar, insonlar bilan tirik. Agar insonlar so’zlashmasa, til ham mavjud bo’lmaydi.Kirib kelayotgan yangi so’zlar insoniyat bilan bog’liq. Inson texnikani yaratadi va u bilan bog’liq so’zlarni ham yaratadi. Natijada u insonlar orasida iste’molga kiradi.Yana yangi so’z paydo bo’ladi. Masalan: telefon, internet bilan bog’liq tushunchalar natijasida skayp, twitter, modem, imo, watsab kabilar kirib keldi va keng iste’molda qo’llanmoqda. Aloqa vosita sanaluvchi – tildan boshqa har qaysi ta’na a’zolari tabiiy ravishda yuzaga keladi. Oyoq, qo’l, ko’z, quloq singarilar tabiiy ravishdayuzaga keladi, lekin aloqa vositasisanaluvchi til vaqtlar o’tishi bilan aloqa-aralashuv natijasida yuzaga keladi.Shuning uchun til ijtimoiy hodisadir. Til tafakkur bilan chambarchas bog’liq.Tafakkur olamni ongda aks etishi, til esa tafakkurda sayqallangan tushunchalarning reallashishidir.Odam fikrlab keyin so’zlaydi.Fikr ongda, tafakkurda, uning voqelanishi tilda ro’yobga chiqadi. Til va tafakkur faqat insonlarga xos tushunchalar sanaladi. Til insonlar ibtidoiy jamoa bo’lib yashashni boshlaganda, ya’ni mehnat jarayonlarida paydo bo’la boshlagan. Til bir sistema, ya’ni butunlik. O’z ichida bo’laklarga bo’linadi va shu bo’laklar bir bo’lib tilni tashkil etadi. Masalan: daraxt ildiz, yaproq, tana, shoxlardan keyin daraxt bo’ladi. Til ham tovush, so’z, qo’shimcha, so’z birikmasi, gapdan tashkil topadi.Bular tilni hosil qiladi.Bulardan eng kichik, mayda bo’lakka bo’linmaydigani tovush sanaladi. Gaplar so’z birikmalariga, so’z birikmalari so’zlarga, so’zlar asos va qo’shimchalarga, qo’shimcha va so’zlar tovushlarga bo’linadi, lekin tovush bo’linmaydi. Masalan: Mening vatanim – O’zbekiston. Bu gap mening vatanim, vatanim O’zbekiston kabi birliklarga, mening so’zi men va ning shakliga, ning esa n/i/ng ga bo’linmoqda. Bugungi kunda dunyoda 7 mingdan ortiq til mavjud. Mazkur 7 mingta til oilalarga bo’linadi. Umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh til deyiladi va bir til oilasini tashkil etadi. Dunyoda 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilasi nomi bobo til deyiladi. Turkiy, eroniy, roman, slavyan, somiy, german kabi bobo tillar mavjud. Bu til oilalari o’z ichida yana kichik guruhlarga bo’linadi. Xususan, turkiy til qipchoq, o’g’uz, qarluq guruhlariga bo’linadi.Bu guruhlar o’z ichiga bir necha tillar birlashtiradi. Qarluq guruhiga o’zbek, uyg’ur; qipchoq guruhiga qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird, yoqut, chuvash; o’g’uz guruhiga ozarbayjon, usmonli turk, turkman tillari kiradi. Qarluq guruhudagi tillar qipchoq, o’g’uz guruhdagi tillar bilan qarindosh sanaladi, chunki bobo tili bir, turkiy til hisoblanadi. Bir bobo tilga kiruvchilar qarindosh tillardir. Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi: O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozrbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy-bolqar, qo’miq, no’g’ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xokas, tuva, yoqut, chuvash va boshqalar. Tillar qo’shimchalar qo’shilishi va so’zlarning birikishiga ko’ra ham tasniflaniladi. Agglutinativ tillar – qo’shimcha asosdan keyin qo’shiladi, har bir grammatik ma’no alohida shaklda ifodalanadi. Masalan: paxta-kor-lar-ga. –kor shaxs ma’nosini, -lar ko’plik ma’nosini, -ga atalganlik ma’nosini anglatadi. Turkiy tillar oilasi agglutinativ tillar sanaladi. Flektiv tillar – qo’shimcha asosning oldiga yoki ichiga qo’shiladigan tillar. Masalan: she’r – ashor, maktab – maktub, odob – beodob kabilar. O’zbek tilida ham flektivlik bor. Old qo’shimchalar bunga misol bo’ladi. Tillar bugungi kunda iste’molda qo’llanish yoki qo’llanmasligiga ko’ra 2 ga bo’linadi. Tirik tillar va o’lik tillar. Bugungi kunda iste’molda qo’llanilayotgan tillar tirik tillar sanaladi. Masalan: o’zbek, rus, qozoq, ingliz, tojik kabilar. O’lik tillar – bugungi kunda iste’molda qo’llanilmayotgan tillar. Masalan: lotin, sanskrit, qadimgi xorazm, qadimgi arab tillar. O’z hududidan chiqib, boshqa millat vakillari ham faol ishlatadigan tillar jahon tili, xalqaro til deyiladi. Bular quyidagilar: ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy va arab tillari. Arab tili 1973- yil jahon tili maqomini olgan, qolganlari 1945-yili jahon tili maqomini olgan. Jahondagi ko’zga ko’ringan adiblarning nechta so’z ishlagani haqida ma’lumot. 1)A.Navoiy – 26035, 2) A.Pushkin – 21193, 3) Uilyam Shekspir – 20000 dan ortiq, 4) Migel de Servantes – 18000 dan ortiq, 5) A.Jomiy – 17600 ta, 6) Abdulla To’qay – 14000 dan ortiq O’zbek tili Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davlarga bo’ladilar. 1) Oltoy davri, 2) Eng qadimgi turk davri, 3) Qadimgi turk davri, 4) O’rta turk davri(hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi va rivojlanish davri ). Turkiy, mo’g’ul, tungus-manjur tillari birgalikda dastlab oltoy tili oilasi tarkibiga kirgan. O’rxun-enasoy, so’g’d, uyg’ur (qisman moniy) yozuvlari turkiylarning barchasi uchun umumiy sanaladi. O’zbek tili 4 taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan.1.Qadimgi turkiy til. 2. Eski turkiy til. 3. Eski o’zbek adabiy tili. 4. Hozirgi o’zbek adabiy tili.
Budun- xalq, bilig – bilim, ingek – sigir, yag’i – yov, dushman, batsiq – g’arb, ko’ch – urug’, zot, o’kush- ko’p, o’z – jon, vujud, art – tepa, dovon, erik – mard, botir. Eski turkiy til XI – XII asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davr yozma yodgorliklari M.Qoshg’ariyning “Devon-u lug’atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarlaridir. Mahmud Qoshg’ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarinini tasniflab, ular o’rtasidagi umumiy va farqli tomonlarini aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos solgan. U turklarni 20 qabila ekanligini aytadi va shu tillarni umumturkiy adabiy til nomi ostida birlashtiradi. Ularning ichida eng yengili – o’g’uz tili, eng to’g’risi, yaxshishi – tuxsi, yag’mo, eng ochiq, ravon til – haqoniy o’lkasida yashovchilar tili ekanligi aytiladi. “Devon-u lug’atit turk” asari nafaqat lingvistik, balki badiiy asar hamdir. Unda xalq og’zaki ijodiyoti na’munalari aks etgan. Eski turkiy til o’zbek tilining shakllanishi va rivojlanishida muhim o’rin tutgan. “Devon-u lug’atit turk” da keltirilgan maqollar: Erik erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’. Emgak ekinda qolmas.O’kuz azaqi bo’lg’incha, buzag’u bashi bo’lsa yik.Uma kelsa, qut kelur.Erdamsizdan qut chertilur.Kichikda qatig’lansa, ulg’azu sevnur.Erdam bashi til.
Eski turkiy til davriga xos so’zlar: Ko’kramak – na’ra tortmoq, sandilach – sa’va, qirg’ilach – qaldirg’och, sandug’ach – bulbul, elig – hukmdor, bo’gu – dono, al – qizil, ko’ni – to’g’ri.
Eski o’zbek adabiy tili XII-XIII asrdan XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.Bu davr tilining shakllanishida Qoraxoniylar davri adabiy tili asos bo’ldi.Bu davrda ikki adabiy til mavjud edi. Sharqiy (qorluq-uyg’ur) va g’arbiy (qipchoq-o’g’uz). Qul Alining “Qissayi Yusuf” asari g’arbiy til an’anasida yozilgan.“Qissasi Rabg’uziy” asari sharqiy til an’anasida yozilgan.Borokovning e’tirof etishicha, “Tafsir” asari eski o’zbek tilining yorqin na’munasi sanaladi. O’g’uznoma, Tafsir, Qutbning “Xusrav va Shirin”, Sayfi Saroyining “Guliston”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari eski o’zbek tilida yaratilgan ilk na’munalardir. Arab, fors tillariga xos bo’lgan fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar eski o’zbek tili davrida ko’plab o’zlashdi.
Eski o’zbek tiliga xos bo’lgan so’zlarquyidagilar: cherik – askar, ev – uy, qopungda – eshigingda, ulus – el, xalq, butradi – tarqaldi, ketdi, huvaydo – ayon, ravshan, kilk – qamishqalam, pesha – kasb, bilmon – bilmayman, behbud- sog’lomlik. Eski o’zbek tili A.Navoiy davrida yanada yuksaldi. Uning tilshunoslikka oid “Muhokamat ul – lug’atayn” asarida turkiy tilning imkoniyatlari keng yoritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishda davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, shu jumladan uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirish choralarini ko‘rish bugunki kun talabi hisoblanadi. Til tarixini o‘rganish hozirgi zamon o‘zbek tilini tarixiy tushunish, ya’ni bu til uzoq asrlar mobaynida davom etgan murakkab tarixiy jarayonlar samarasi ekanini anglash imkonini tug‘diradi. O‘zbek tili uzoq davr va asrlarning tarixiy mahsulidir. O‘zbek tili tarixda ma’lum bo‘lgan boshqa tillar kabi uzoq taraqqiyot bosqichini boshidan kechirgan. U jamiyat va xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq holda urug‘ tilidan qabila, qabila tilidan xalq va xalq tilidan milliy tilga qarab taraqqiy etib keldi. Uzoq davom etgan bu jarayonda o‘tmish asrlardagi til hodisalari keyingi asrlardagi til hodisalaridan farqlanib qoldi. Har bir o‘tmish davr, tarixiy hodisalar tilda o‘z izlarini saqlab qolgan. Tarixdan ma’lumki, tilning struktura elementlari uzoq o‘tmish davr ichida bir xilda o‘zgarib kelmagan. XII asr boshlarida Xorazm davlatining mavqei ko‘tarilib, butun Movarounnahrni o‘z ichiga oladi. Bu yer fan va madaniyat o‘chog‘iga aylanadi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida ham bu an’ana davom etadi. Bu davrda Xorazm Oltin O‘rda xonligiga kirar edi. Oltin O‘rdada XIII-XIV asrlar mobaynida adabiy markaz vujudga keldi. Bu yerda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq qipchoq-o‘g‘uz qabila tillari xususiyatini o‘zida ifodalaydi. O‘g‘uz urug‘lari son jihatidan ko‘pchilikni tashkil etib, ular Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmda joylashgan edi. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, diniy xarakterdagi «Rohatul- qulub», «Najhul farodis», Alining «Qissai Yusuf», asarlari Oltin O‘rda adabiy tilini tashkil etadi. Oltin O‘rda adabiy tiliga oid asarlarning ayrimlari Misrda va Suriyada mamlyuklar davrida yaratilgan. Oltin O‘rda adabiy tili Qoraxoniylar davridagi adabiy til bilan bog‘langan edi. Oltin O‘rda adabiy tili shu tilning bevosita davomi edi. Bu tillarning farqi Oltin O‘rda ko‘proq o‘g‘uz, qisman qipchoq urug‘ tillari xususiyatlarining bo‘lishi bilan o‘lchanadi. Bu erda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq qipchoq-o‘g‘uz urug‘ tillari xususiyatini o‘zida ifodalagan. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, Qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni, diniy xarakterdagi «Rohatul qulub», «Najhul farodis», Alining «Qissai Yusuf» asari, To‘xtamish va Temur Qutluq yorliqlari Oltin O‘rda adabiy tilini tashkil etadi. XIV asrga kelib eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. Buning vujudga kelishiga sabab faqatgina ichki faktorlar: o‘zbek xalqi shakllanish jarayonining kuchayishi, Farg‘ona va Movarounnahr turkiy aholisi birligining yaratilishigina emas, balki Qoshg‘arda va Orol dengizigacha bo‘lgan erni ishg‘ol qilgan Oltin O‘rda adabiy tillarining shakllanishi ham ta’sir qildi. Bu esa, o‘z navbatida, eski o‘zbek adabiy tilining dialektal xususiyatlarini ko‘paytirar edi. Farg‘ona va Movarounnahrda adabiy asarlar tilidan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili ma’lum dialektal farqlar bilan ajralib turadi. O‘zbek tilining shakllana boshlash davrida qabila va urug‘ tillarining xususiyatlari adabiy asarlarda yaqqol ko‘rinadi. Movarounnahr, Farg‘ona va Xorazmda qarluq, uyg‘ur-o‘g‘uz va qipchoq dialekt gruppalarining xususiyatlari saqlanishi bilan, ayni zamonda, ular aralashib ketgan edilar ham. «Muhabbatnoma» va «Taashshuqnoma»da o‘g‘uz dialekti xususiyati o‘z aksini topadi. Demak, mavjud dialekt xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan umumiy adabiy tilni shakllantirish tendensiyasi kuchaya boradi va shu tariqa o‘zbek adabiy tili vujudga keldi. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda Durbek, Sakkokiy, Lutfiy va Navoiy kabi buyuk shoirlar etishib chiqdiki, ular yaratgan yodgorliklarda dialektal farqlar yo‘qola borib, yagona o‘zbek adabiy tili shakllandi. Shunisi xarakterliki, Navoiygacha bo‘lgan shoirlarning asarlarida eski turkiy til an’analari davom ettirilishi bilan birga, ularda jonli til xususiyatlari ko‘proq o‘rin egallaydi. XV asrning birinchi yarmida diniy mazmundagi bir qancha prozaik asarlar ham yaratildi. Bular «Sirajul qulub»(1432 yil Yazd shahrida Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Tazkirai avliyo»(1436 yilda Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Me’rojnoma», «Baxtiyornoma» v.b. Bu asarlar sodda va jonli tilga yaqindir. Ular eski o‘zbek tilining rivojlanishida katta rol o‘ynadi. O‘zbek adabiy tili avval qoraxoniylar davrida, keyinroq Oltin O‘rda va Movarounnahrda qo‘llangan adabiy tilning davomi, uning yangi taraqqiyot bosqichi edi. O‘zbek adabiy tili mahalliy turkiy va qisman eron urug‘lari tiliga qipchoq va o‘g‘uz tillarining ta’siri va aralashishi natijasida shakllandi. O‘zbek adabiy tili butun O‘rta Osiyoga, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston, Qashqar, Hirot va boshqa erlargacha yoyiladi. O‘zbek adabiy tili normalari asosida yozuvchi shoir va yozuvchilar XIX asrlargacha ijod qilib keldilar. Bu adabiy til an’analari ayniqsa she’riyatda uzoq asrlargacha davom etdi. Alisher Navoiy asarlarida eski o‘zbek adabiy tili o‘z rivojining yuqori nuqtasiga ko‘tarildi. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan prozaik asarlar va ba’zi dostonlarda eski o‘zbek tilining traditsion normalaridan uzoqlashish, xalq tiliga yaqinlashtirish tendensiyasini ko‘ramiz. Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari, Muhammd Solihning «Shayboniynoma», Majlisiyning «Qissai Sayfulmulk» dostoni, Abdulvahobxo‘ja o‘g‘li Poshshoxojaning «Gulzor» va «Miftohul adl» asarlari, Nishotiyning «Husnu dil» dostoni, Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari, Fazliyning «Majmuatush shuaro» asari shunday xususiyatga egadir. Til tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar to hozirgi kungacha davom etmoqda.
A. Eski o'zbek tili B. Qadimgi turkiy til C. Eski turkiy til, ya'ni Qoraxoniylar davri adabiy tili D. A va C 2. «Devonu lug'otit-turk». «Qutadg'u bilig», «Hibatul-haqoyiq» asarlari qaysi davrda yaratilgan va o'sha davr tili qanday yuritiladi? . A. Qoraxoniylar davri, qadimgi turkiy til B. Qoraxoniylardavri, eski turkiy til C. Somoniylar davri, eski turkiy til D. Ahmoniylar davri, eski o'zbek til 3. Budun, ko'ch, yag’i so'zlari hozirgi o'zbek tilida qanday yuritiladi? A. olam, yuk, yog' B. osmon, yuk, yov C. xalq, urug', yov D, xalq, ko'chmoq, dushman 4.Turkiy tillarning leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, dialectal xususiyatlari haqida ma'lumot beradigan arab tilida bitilgan asar? A. «Devonu lug'otit-turk» B. «Qutadg'ubilig» C. «Hibatul-haqoyiq» D. «QissaiRabg'uziy» 5. Birinchi bo'lib qiyosiy- tarixiy tilshunoslikka asos solgan kim? A. Yusuf Xos Hojib B. A. Yugnakiy, A. Yassaviy C.MahmudQoshg'ariy D. M. Zamaxshariy 6. Turkiy tillarni birinchi bo'lib kim tasnif qilgan? A. M. Qoshg'ariy B. B. Radlov C. Millioranskiy D. Tomsen 7. M.Qoshg'ariy «Devonulug'atit-turk» asarida keltirilgan quyidagi maqolning hozirgi kundagi ma'nosini toping: ,,Erik emi vag'lig, ermagu bashi qanlig’’ A. Dangasadanbaxt ketadi B. Yoshlikda mashaqqat cheksa, ulg'ayganda sevinadi C. Tirishqoqning labi yog'lig', dangasaning boshi qonlik D. Til boshga balo keltirar 8. G'arbiy til an'anasida yozilgan qaysi asarlar o'zbek tilining shakllanish davrini ko'rsatadi? A. «Qissai Yusuf» B. «Qudatg'u bilig» C. «Qissai Rabg'uziy» D. «Devonu hikmat» 9. Qadimgi turkiy til necha davrga bo'linadi? A.2 B. 3
C. 4 D. 5
10. «Kultigin», «Tunyuquq» kabiyodgorliklartilio'zbekadabiytilitaraqqiyoiiningqaysidavrigamansub?
A. Qadimgi turkiy til B. Eskiturkiytil C. Eski o'zbek adabiy til D. Eskio'zbektil 11. “Qissai Yusuf” dostoni muallifi va asar qaysi til an'anasida yozilgan? A. Qul Ali (sharqiy) B. QulAli (g'arbiy) C. Rabg'uziy (sharqiy) D. Xorazmiy(g'arbiy) 12.Qoraxoniylardavriningengasosiyadabiyvalingvistikyodgorliklaridanbiribo'lganasar? A. «Qutadg'u bilig» B. «Devonulug'otit-turk» C. «Hibbatul-haqoyiq» D. «QissaiRabg’uziy» 13 Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qorluq guruhiga mansub? A) qozoq B) qoraqalpoq C) tatar D) uyg'ur 14.Noto'g'ri.hukmni,belgilang. A) Turkman tili turkiy tillar oilasining og'uz guruhiga mansub. B) Tatar tili turkiy tillar oilasining qipchoq juruhiga mansub. C)Qozoq tili turkiy tillar oilasining qorluq juruhiga mansub. D) Chuvash tili turkiy tillar oilasining qipchoq juruhiga mansub SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. TOBE BOG‘LANISH VA TENG BOG‘LANISH. Sintaksisning o’rganish tariхi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish, tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so’z shakllaridan iborat bo’ladi. Sintaksis masalasi antik davrdan o’rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi sifatida ko’riladi. Ma’lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va sintaksis yo'nalishlaridan iborat. Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V.V.Vinogradov sintaksis so’zning so’z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so’z birikmalarini, ularning tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb hisoblaydi. “Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir o’rganish ob’yekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funktsiyalashadi: so’z va uning shakllari so’z va gapning, so’z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o’z navbatida, sodda gap qo’shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi”. Shunday qilib, sintaksisning o’rganish ob’yekti gapligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda, V.Vinorgadovning nazariyasi va ta’limoti o’rta maktablarning darsligida o’z o’rnini topgan, ya'ni, maktab o’quvchilarini o’qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi. O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini — so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir. Har bir til grammatikasi so’z shakllarini, so’z yasalishining morfologik hususiyatlarini va so’zlarning birikib gap hosil qilish usullarini o’rganadi. Grammatika ikki bo’limdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. So’zning tarkib nuqtai nazaridan o’rganish morfologiyaning vazifasidir. Molfologiya so’zlarning shakli va ma’nosidagi umumiylikka asoslanib tasnif qiladi.Sintaksis so’zlarning birikuv qoidalarini, so’z birikmalarini va gaplarning tuzilishini, ularning turlarini o’rganadi. Sintaksis tilning sintaktik qurilishini, ya’ni sintaktik birliklar hamda ular orasidagi o’zaro aloqa va munosabatlarni o’rganadi. Sintaktik aloqa - gaplarda so’zlarning va so’z birikmalarining o’zaro grammatik boqlanishini bildiradi. Sintaktik munosabat esa so’z birikmasi va gapdagi so’zlarning bir-biriga nisbatan qanday grammatik ma’no va vazifada qo’llanishini bildiradi. So’zlarni gap vazifasida qo’llash qoidalari va gapda so’zlarning so’z birikmalariga birikuv qoidalari u yoki bu til sintaksisining asosini tashkil qiladi. Hulosa qilib aytganda sintaksisning vazifasi tilning sintaktik qurilishini o’rganishdir. Sintaksis so’zlarning bir-biriga boqlanishini, ya’ni so’z birikmalari, gaplar va gaplardagi so’zlarning bir-biriga nisbatan bajargan vazifalarini o’rganadi. Gapdagi so’zlar bir-biri bilan o’zaro boqlangan bo’lib, bu so’zlarning har biri gap tarkibida biror grammatik vazifani bajaradi. Gap bo’laklari sintaktik kategoriya bo’lib, gapdagi so’zlarning o’zaro munosabatini, bu so’zning gapdagi rolini ko’rsatadi. Gapdagi so’z o’zining grammatik tabiatiga muvofiq faqat grammatik ma’nolarni ifodalabgina qolmasdan, sintaktik munosabatlarni ifodalash vazifasini ham bajaradi. Gap bo’laklarini tasnif qilish sintaksisning qiyin va muhim muammosidir. Gap bo’laklarini ajratishda sintaktik munosabatlarning harakteri, muayyan joylashish holati, shuningdek, ularning bir-biri bilan sintaktik boqlanganlik darajasini asosiy mezon qilib olish mumkin. Gap bo’laklari gapni tashkil qilishdagi roliga qarab ikki hil bo’ladi: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Bosh bo’laklar gapning mazmun jihatidan ham, shakliy jihatidan ham o’zaro boqlangan ikki uyushtiruvchi markazi bo’lib, ular o’zaro predikativ aloqa orqali tutash bo’ladi. Bu predikativ yadro, konstruktiv markaz ikki markazli gapning asosidir. Ikki markazli gaplarda har bir markazning grammatik hokim so’zi birgalikda gapning bosh bo’laklarini tashkil qiladi. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari - ikki markazning hokim elementlaridan boshqa bo’laklari. Demak, gapning bo’laklari ma’lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan boqlanib turli sintaktik guruhlarni - butunlikni hosil qiladi. Gapning bosh bo’laklari gapni sintaktik va semantik tashkil qilishda asosiy rol o’ynaydi va gapning butun strukturasini belgilaydi. Demak, ega va kesim gapning asosiy markazi hisoblanadi. Gapdagi qolgan bo’laklar esa ikki markazdan biriga boqlanadi. Bu markazga boqlangan elementlar shu bo’lakka tobe bo’ladi. Demak, ega va kesim o’ziga boqlangan so’zlar ustidan hokim bo’ladi. Bular hech qvnday bo’lakka tobe emas. Bosh bo’lakning birinchi darajali sanalishi uning boshqa elnmentlarni tobe etishidan qat’iy nazar o’zicha mustaqillikka, bir butunlikka ega bo’lishi gapning asosini tashkil qilishidandir. qolgan bo’laklar esa bosh bo’laklarga ergashib yuradi, shunga ko’ra ular ikkinchi darajali hisoblanadi. Darajalarni faqat tobelikka qarab belgilasak, kesimni ham ikkinchi darajali sanash lozim bo’lar edi, chunki kesim egaga tobedir. o’olbuki, u birinchi darajali bo’lak hisoblanadi. Chunki ega va kesim boshqa bo’laklarsiz bir butunlikni tashkil qila oladi. Ikkinchi darajali bo’laklarda esa bu xususiyat yo’q. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi. Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi: a) teng bog‘lanish; b) tobe bog‘lanish. 1) teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi. Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi: I. a) biriktiruvchi bog‘lovchilar:va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi) b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam. II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: a) gumon yuklamasi: na…na… b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.
Namuna: qanday odam? Esli Kelishgan chiroyli odam tadbirkor novcha pahlavon
Tobe-hokimlik munosabatini yozuvda ifodalash uchun strelkadan foydalaniladi. Strelka nayzasi tushgan bo‘lak – hokim, strelka boshlangan bo‘lak – tobe sanaladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lak bilan kelishik, egalik, shaxs-son qo‘shimchalari, ko‘makchilar va ohang yordamida bog‘lanadi. Bunday bog‘lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi: a) gap; b) so‘z birikmasi. Shaxs-son qo‘shimchalari yordamidagi bog‘lanish gapni, qolgan vositalar yordamidagi bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Teng bog‘lanish deganda nimani tushunasiz? 2. Tobe bog‘lanish deb nimaga aytiladi? 3. Tobe bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalarga misollar keltiring. 4. Teng bog’lanish natijasida nima hosil bo’ladi? 5. Tobe bog’lanish natijasida nimalar hosil bo’ladi? 6. Teng bog’lanishni hosil qiluvchi vositalar qaysilar? 7. Tobe bog’lanishni hosil qiluvchi vositalarga nimalar kiradi? SO`Z BIRIKMASI VA SO`Z BIRIKMASI ZANJIRI So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: ukamning daftari, tiniq osmon, chiroyli ko‘ylak kabi. So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul. So‘zlarning teng bog ‘lanishi asosida so‘z qo‘shilmalari hosil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: kitob va daftar, siz bilan biz kabi. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z- leksik hodisa, so‘z birikmasi-grammatik hodisa. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat kitob ma’nosining o‘zi emas, balki o‘rtog‘imga tegishli kitob tushunchasi ifodalanadi. So‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi. Masalan: nor-erkak tuya, g‘o‘nan-ikki yashar ot, ezma-sergap odam.Shuning uchun lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berishda so‘z birikmalaridan foydalaniladi. So‘z birikmasi va ibora. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma(ibora)larda esa so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan –yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’no anglatadi. Turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi - mag‘rurlangan, yog‘ tushsa yalagudek iborasi - toza, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – qaysarlik qilmoq ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarini oddiy emas, obrazli terzda ifodalaydi. So‘z birikmalaridagi so‘zlarni erkin bog‘langani uchun almashtirish mumkin,iboralardagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq(iqror qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq(o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q(hovliqma) kabi. So‘z birikmasi va ibora gapda o‘xshash shaklda o‘xshashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma’no ifodalaydi. Masalan: Hozirgina qizcha ushlab olgan tog‘ kapalagi uchib ketdi (so‘z birikmasi). Uning ahvolini ko‘rdi-yu, kapalagi uchib ketdi(ibora). Quyidagi birikmalarni so‘z birikmasi va ibora sifatida ishlatish mumkin: bo‘yniga ilmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, qo‘li ochiq, tosh otmoq. Misollar: Shifokor dorini bolaning qulog‘iga qo‘ydi (so‘z birikmasi). Tez qaytib kelishini qulog‘iga quydi (Ibora) Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi (so‘z birikmasi). Akbarali vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi (ibora) So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakily o‘xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo‘lib, qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?)o‘qimoq, uydan(qayerdan?) chiqmoq kabi.Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit savol berish mumkin:kungaboqar(nima?), kamquvvat (qanday?) kabi. So‘z birikmasining qismlari o‘zaro mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi(uyning eshigi, xatni oldim), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi(oqko‘ngil, bilakuzuk). Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchiligi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan.
So‘z birikmasi va tasviriy ifoda. So‘zning so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nodoshlari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi. Tasviriy ifodalar so‘zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorning oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. So‘z birikmasi va gap. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa,belgi, harakat yoki holatni anglashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir.U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi.
So‘z birikmasi zanjiri. Gap tarkibidagi bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Masalan, shimoldan esgan shamol so‘z birikmasi zanjirida 2 ta, shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 3 ta, uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 5 ta so‘z birikmasi bor. Bitta gap tarkibida bitta yoki ikkita so‘z birikmalari zanjirigina bo‘la oladi. Bu zanjirlar gapning kesimi yoki egasi atrofida birlashadi. So‘z birikmasiga misol: Ahmadjon aka o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi. Ushbu gapda 5 ta so‘z birikmasi mavjud (3 ta fe’lli, 2 ta otli): hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, qoladigan hech nima, o‘z hayotida, hayotida qoladigan. Hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, hayotida qoladigan – fe’lli birikma; Qoladigan hech nima, o‘z hayotida – otli birikma. Hokim so‘z ot, sifat, son,olmosh,ravish bilan ifodalansa, otli birikma; fe’lning ravishdosh va harakat nomi bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: O‘quvchilarning hammasi, intizomda birinchi, unda ko‘p, hammadan chiroyli; kitobni o‘qish, ishni bajarib kabi. Savol va topshiriqlar: 1. So’z birikmasi qanday qismlardan tashkil topadi ? 2. So’z birikmasi so’zdan qanday farq qiladi ? 3. So’z birikmasining qo’shma so’zdan farqli jihatlari qaysilar ? 4. So’z birikmasi iboralardan qanday farqlanadi ? 5.Tasviriy ifoda va so’z birikmasining farqli jihatlari nimadan iborat? 6.So’z birikmasi va gapning bir-biridan farqi nimada?
Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi vositaning qo‘shilish o‘rni ikki xil bo‘ladi: kelishik, ko‘makchi va ohang tobe qismga, egalik qo‘shimchasi esa hokim qismga qo‘shiladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bir yoki bir nechta kelishik qo shimchalari yordamida bog‘lanishi mumkin. Agar hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasidagi ot bilan ifodalangan bo‘lsa, tobe bo‘lak faqat qaratqich kelishigidagi ot bilan bilan ifodalanadi: kitobning muqovasi (muqova nima?-ot). Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasa ham, uning izi bilinib turadi: maktab bog‘i, eshik dastasi. Agar hokim bo‘lak belgi bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so‘z chiqish kelishigi orqali bog‘lanadi. Masalan, Oydan go‘zal; hammadan aqlli; akasidan kuchli kabi. Agar hokim bo‘lak fe’l bilan ifodalansa, shu fe’lning ma’no talabiga ko‘ra tobe bo‘lak bir necha kelishik qo‘shimchalari orqali bog‘lanadi. Masalan, uzum ye; uzumni ye; uzumdan ye. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida ham bog‘lanadi. Masalan, Istiqlol uchun kurashmoq. Uy tomon yurmoq. Ba’zan kelishik va ko‘makchi birgalikda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda kelishik tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin. Masalan: Dala tomon ketmoq; dala tomonga ketmoq. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan almashinib qo‘llanishi mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi vujudga keladi. Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasidama’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi.
1.1. Maktabdan chiqdi 2.1. Maktabga ketdi 3.1. Maktab tomon ketdi 1.2. Maktab tomondan chiqdi 2.2. Maktab tomonga ketdi 3.2. Maktabga tomon ketdi Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi.Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi. Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega: Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma‘lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. 1) daftarning varag‘i; 3) bizning ko‘cha; 2) daftar varag‘i; 4) o‘rik sharbati. 1-2-bog‘lanish o‘rtasida aniqlik-noaniqlik ma’nosi bor yoki yo‘qligiga ko‘ra farqlanadi.To‘rtinchi bog‘lanish ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan ajralib turadi. Odatda qaratqich kelishigi quyidagi holatlarda tushirib qoldirilmaydi: a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z ishlatilsa: Nigoraning kichik singlisi, esikning chiroyli dastasi; b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning oilasi, Mening orzuim kabi. Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va bu fe’l kimni? nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘luvcni so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida qo‘llaniladi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimshasini olgan ot,ba’zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llaniladi. Qaratqich va tushum kelishik qo‘shimchalari bir-biriga shakl jihatidan juda yaqin. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda qaratqich kelishigi o‘rnida ham ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Masalan, olmaning sharbati o‘rniga olmani sharbati deyiladi. Natijada, yozuvda ham ko‘pchilik og‘zaki so‘zlashuv ta‘sirida shunday yozib qo‘yadi. Bunday xatodan qutulish uchun hokim so‘zning ifodalanishiga e’tibor berish kerak. Ergash so’z bosh so’z bilan quyidagi usullar yordamida birikadi:
1) kеlishikli boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’z o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kеlishigi qo’shimchasi yordamida birikadi: Ilg’orlarni tabriklash, uyga kеtish, shaharda yashash, qishloqdan kеlish, senga sovg’a. 2) ko’makchili boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’z o’zaro ko’makchilar yordamida birikadi: sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to’g’risida gapirish. Ayrim hollarda grammatik vosita (qo’shimcha) bo’lmasligi ham mumkin: Olma tеrish, shahar borish. Boshqaruvda tobе so’z ot yoki ot o’rnida qo’llanadigan so’zlardan, shuningdеk, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo’ladi. Bosh so’z vazifasida esa ko’pincha fе'l qo’llanadi. Ba'zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshqa so’zlar ham qo’llanishi mumkin. Boshqaruvda ko’pincha ergash so’z avval, bosh so’z kеyin kеladi, shе'riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so’z oldin, ergash so’z kеyin kеlishi mumkin: Bir ajib his bor edi menda… 2. Moslashuv. Bu bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so’z qaratqich kеlishigi hamda egalik qo’shimchasi yordamida birikadi; qaratqich kеlishigi qo’shimchasi ergash so’zga, egalik qo’shimchasi bosh so’zga (ba'zan har ikkalasiga ham) qo’shiladi: ukamning kitobi. Ega va kеsim ham moslashuv usuli yordamida bog’lanadi: Mеn kеtdim. (1-shaxs) Moslashuvda odatda ergash so’z avval, bosh so’z kеyin kеladi. Ba'zan shе'riy asarlarda bosh so’z avval, ergash so’z kеyin kеladi: Qalbim mеning quvonchga to’ldi. Moslashuvda ba'zan qaratqich kеlishigi yoki egalik qo’shimchasi tushirilishi mumkin: maktab(ning) hovlisi, bizning maktab(imiz) kabi. Moslashuv usuli bilan shakllangan birikmalar asosan otli birikmalar hisoblanadi, chunki ot bilan ot qaratqich kеlishigi yordamida bog’lanishi ma'lum. Nutqimizda uchraydigan a'zoyi badan, oynai jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so’z sifatida qo’llanavеradi.
Bitishuvda ergash so’z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’zlar kеladi: qizil gul, tеz yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o’qigan odam, jo’shib kuylamoq. Bosh so’z ot va fе'l so’z turkumidan iborat bo’ladi. Birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg’ondan gapirmoq kabi birikmalar o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kеlishigi qo’shimchalari, ko’makchilar bilan bog’langan bo’lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi, chunki bu birikmalar tarkibidagi kеlishik va egalik qo’shimchalari “qotib” qolgan va ularning ikkita so’zni bog’lashda hеch qanday roli yo’q. Dеvor soat, uy vazifa, ot to’rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo’ladi. Savol va topshiriqlar: 1.So’zlar o’zaro birikishi uchun mantiqiy bog’liqlik kerakmi? 2. So’z birikmasi deb nimaga aytiladi? 3. Tobe so’z deb nimaga aytiladi? 4. Hokim so’z deb nimaga aytiladi? 5. Tobe bo’lakning hokim bo’lakka kelishiklar bilan bog’lanishiga misollar keltiring 6. Kelishiklarning ko’makchilar bilan sinonimiyasiga misollar keltiring 7. Boshqaruv deb nimaga aytiladi? 8. Moslashuvli birikmalarda asosiy bog’lovchi vosita qaysi? 9. Bitishuvli birikuv deb nimaga aytiladi? SO`Z BIRIKMASINING SO`Z, QO`SHMA SO`Z VA IBORALARDAN FARQI Mustaqil so’zlar ma'no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi dеgan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud: 1) erkaklar va ayollar; 2) erkaklar to’planishdi; 3) ayollar to’planishdi; 4) maydonda to’planishdi. So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi: 1) tеng bog’lanish; 2) tobе bog’lanish. Tеng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobе bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki tеng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobе bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobе bo’ladi: maydonda to’planishdi. Tobеlikning asosiy bеlgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab kеladi. Bir-biriga tobе bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kеsimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Odamlar to’planishdi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma'no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobе bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi dеb ataladi. So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi. So’z birikmasida ma'nosi izohlanayotgan so’z bosh (hokim) so’z, uning ma'nosini ravshanlashtirib kеlayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z ergash (tobе) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt bosh so’zga qarab bеriladi, so’rohha javob bo’lgan so’z ergash(tobе) so’z hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?). Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, mеnda ko’p, sеnga kеrak. Bosh so’z fе'l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fе'lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tеz kеlgan. So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): bеshta daftar, bugun kеlmoq, o’zining uyi, shaharda yashamoq, akasi haqida so’ramoq. Ajralmas birikmalar, qo’shma so’zlar, iboralar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kеlmas oroli, turib javob bеrmoq. 2. Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfalt yotqizilgan kеng ko’chalar, baland mеvali daraxt, bugun kеlgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kеngayadi. Ayrim darsliklarda bunday so’z birikmalari so’z birikmalari zanjiri dеb atalgan (18; 29). Bunda so’z birikmasidagi hokim so’z boshqa so’zga tobе bo’lishi yoki bir nеcha tobе so’z bir nеcha hokim so’zga tеgishli bo’lishi mumkin. D i q q a t ! Ega va kеsimi qatnashgan gap tarkibida nеchta mustaqil so’z mavjud bo’lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Mеn bugun maktabga bordim (4 ta must. so’z). So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar sonidan bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta must. so’z). So’z birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz. So’z birikmasining so’z, ibora, sintagma va gapdan farqi: 1. So’z birikmasi va so’z. So’z narsa, bеlgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob dеganda umuman kitoblarni, bordi dеganda umuman borilganlikni tushunamiz. So’z birikmasi ham narsa, bеlgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab kеtadi, ammo so’z birikmasi narsa, bеlgi, ish-harakatni boshqa narsa, bеlgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi - a'lochi o’quvchi, yozish - tеz yozish. Qo’shma so’z va so’z birikmasi o’zaro quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob bo’ladi, so’z birikmasi tarkibidagi har bir so’z alohida-alohida so’roqlarga javob bo’ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo’shma so’z; jo’shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo’shib nima hilmoq?). So’z birikmalari qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi – ko’zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoni qarash – dunyoqarash va h. 2. So’z birikmasi va ibora. Ibora (turg’un birikma) ma'no jihatidan bir so’zga tеng, ajralmas holatga kеlib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobе birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora). 3. So’z birikmasi va sintagma. Sintagma fonеtik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yеtakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagma hisoblaniishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi. 4. So’z birikmasi va gap. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u kеsimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustahil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil libosga (so’z birikmasi) burkangan. Shu xususiyatlari bilan ular o’zaro farqlanadi. GAP BO`LAKLARI. EGA VA UNING IFODALANISHI Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobе bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi dеb ataladi. Gap bo’laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo’shimchalar olishi tom ma'noda gap bo’laklarining turlarini bеlgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to’ldiruvchi to’ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo’lak bo’lmas ekan, u yoki bu gap bo’lagi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo’laklari ikki turli bo’ladi: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Ega va kеsim gapning bosh bo’laklaridir. Ular o’zaro faqat tobе bog’lanadi. Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi. Gap bo’laklarini tuzilishiga ko’ra ham ikki turga bo’lishadi: 1. Oddiy (sodda) bo’laklar yakka so’z bilan ifodalanadi (qo’shma, juft so’zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo’lak hisoblanadi): Dars boshlandi. U sekin javob berdi. Qo’lidagi uzuklar qosha-qo’sha. 2. Murakkab bo’laklar turg’un bog’lanmalar (to’g’ri ma'noli va ko’chma ma'noli), erkin bog’lanmalar bilan ifodalangan bo’laklardir: Aravani quruq olib qochish (nima? turg’un bog’lanma) sizga yarashmaydi. Uch og’ayni (kim? erkin bog’lanma)) shirin suhbat qurishyapti. Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo’laklarga grammatik tobе bo’lmagan bo’lak ega dеb ataladi. Ega kim? nima? qayеr? so’roqlariga javob bo’ladi: Kishilar (kimlar?) Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi (O.). O’tloqda bеdana (nima?) ko’p. Atrof (qaеr?) jimjit. Ega bosh kеlishik shaklida bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi. 2. Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar. 3. Harakat nomi bilan: O’hish tugadi. 4. Otlashgan (sifat, son, sifatdosh, ravish, taqlid so’z) so’zlar bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz dala aylandik. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog’in tishlar. Ko’plar qatnashdi. Uzoqdan to’plarning gumbur-gumburi eshitilardi. 5. Ibora bilan: Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turar edi. 6. Sintaktik birliklar bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajublantirdi. Ayrim paytlarda tеng aloqadagi bir nеcha so’z ham butunicha yoki bo’lak-bo’lak ravishda ega bo’lib kеlishi mumkin: Otam bilan akam bozorga kеtishdi. Ba'zan ega chiqish kеlishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kеlayotgan chiqish kеlishigidagi so’z ega vazifasini ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor. Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilgan. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gap turlarinining o'rganilishiga, gap tadqiqi bilan bog’liq muammolar va turli tillarda gaplarning taqqoslash va qiyoslash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning uchun turli oila va guruhlarga mansub tillardagi gaplarni va ularning turlarini qiyoslash va farqlash bugungi kun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gaplar tishunoslikning turli yo'nalishlarida o’rganilib kelmoqda, jumladan, kontrastiv tilshunoslik, areal tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va pragmatik tilshunoslik. Albatta, tilshunoslikning har bir yo'nalishida gaplar va ularning muammolarini tahlil qilish yangicha yondashuvlarni va usullarni talab qiladi. Shuning uchun, gaplarning asosiy til birligi sifatida alohida o’rganish mavzusi diqqatga sazovordir. O’zbek tili sodda gap sintaksisning takomillashuvida B.O’rinboyevning “Hozirgi o’zbek tilida vokativ kategoriya”, N.Mahmudovning “O’zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi” monografiyalari ahamiyatli bo’ldi. O’zbek tili qo’shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G.Abdurahmonov va M.Askarovlarning xizmati kattadir. O’zbek tili qo’shma gaplarning tadqiqiga bag’ishlangan “Hozirgi zamon o’zbek tilida ergashgan qo’shma gaplarning sostavi” asari bilan o’zbek tilida qo’shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar. 1955-yilda F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo’shma gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi. O’zbek tilida qo’shma gaplar tadqiqiga bag’ishlangan G.Abdurahmonovning ishini ko’rsatishimiz lozimdir. Jumladan, olim qo’shma gaplarni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo’lib chiqadi: aniqlovchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija, ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. O’z navbatida, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar uchga bo’linadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar. G.Abdurahmonov qo’shma gaplarning 15 turini izohlaydi. G.Abdurahmonov bog’lovchisiz qo’shma gaplar va komponentlarning biriktiruvchi bog'lovchilar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ularning komponentlarining sabab, natija, shart kabi mazmun munosabatlari, murakkab qo’shma gaplar va uning turlari bo’yicha masalalarni atroflicha talqin etdi. Professor G.Abdurahmonov qo’shma gaplar nazariyasi va ular bilan bog’liq masalalarni chuqur o’rganib, hattoki, xorij mutaxassislari e’tibor bermagan masalalarga e’tibor qaratdi. Misol tariqasida, uyushiq kesimli gaplar haqida shunday ta’rif beradi: “Sodda va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’diradigan holat shundan iboratki, ba’zi bir sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida faqat bir ega — sub’yekt bo’lishiga qaramay, qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning ham Grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi, ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi”. [2] Qo’shma gaplarning o’rganilishi L.Asqarovaning ishlarida qo’shma gaplarning o’rganilishi davom ettirildi. Olima qo'shma gaplarni bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. G.Abdurahmonov tomonidan tavsiya berilgan qo’shma gaplarning turlarini qiyoslab va chog’ishtirib o’rgandi. Shuningek, A.Berdaliyev qo’shma gaplar sintaksisi sohasiga tizimli tilshunoslikning o’xshashlik (paradikmatika), sintaktik ziddiyatlar (oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. [8] Lekin A.Berdaliyevning ishida qo’shma gaplarning ajratilish va tasniflash masalalari qo'yilmagan. Mazkur masala G.Abdurahmonov, M.Asqarova va N.Turniyozovlarning ishlarida ko’rinadi. A.Nurmonov o’z ishlarida qo’shma gaplarni mazmun jihatdan o’rganib, gaplarning semantik tizimidagi propozitsiya aspekti, predikativ qurilmalar va kommunikativ aspekti kabi masalalarga o’z e’tiborini qaratdi. R.Sayfullayeva o’z tadqiqotlarida qo’shma gaplarni substantsial jihatdan talqin etgan. Hozirgi kunda qo’shma gaplar nazariyasi keng o’rganilmoqda. Jumladan, professor G.Hoshimov qo’shma gaplarni hajm jihatdan tadqiq qilish alohida ahamiyatga egaligini ifodalaydi. Olim qo’shma gaplarni quyidagi turlarga bo’lib chiqadi: politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga bo’linadi. [4] Qo’shma gaplarning tadqiqi ustida ko’plab olim-u olimalar, professorlar izlanishlar olib borgan va olib boryapti. Ko’rinib turibdiki, qo’shma gaplarni har tomonlama tadqiq etish nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi. Download 68.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling