Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Nigora: Bilaman, shaharda u kishini General kampir deb atashar ekan. To‘xta
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Farmon bibi
Nigora: Bilaman, shaharda u kishini General kampir deb atashar ekan.
To‘xta: Yo‘q, shaharda shunaqa deyishadi. Ammo mahallada u kishini Marshal kampir deyishadi-ya” [Said Ahmad. 1976. 3-bet]. Ushbu suhbatdagi birgina General, Marshal so‘zlarining o‘ziyoq Farmon bibi xarakterini ochib beradi. Yozuvchining mahorati ham shunda namoyon bo‘ladi. Birgina topib, o‘z o‘rnida qo‘llangan so‘z obrazning butun xarakterini ochib berishga hizmat qiladi. Farmon bibi tilidan aytilgan “Eskisi ham teshib chiqmaydi”, “Xo‘rozqand chet elniki desa yotib olib yalashadi” kabi noyob ifodalar, qolaversa, boshqa obrazlar tilidan aytilgan “Fon bilan yozamiz”, “Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak”, “Chuchvarani xom sanabman”, “Bir balosi bo‘lmasa, shudgorda quyruq na qilur”, “Miltig‘ingiz nam tortib qolibdi”, “Shpionlar haqida gaplashyapmiz”, “Zo‘rdan zo‘r chiqsa, zo‘r bo‘ynini qisar” singari o‘z ornida qo‘llangan so‘zlar xalq orasida og‘izdan-og‘izga o‘tib ommalashib, lisonimizda saqlanib qolmoqda. Farmon bibining Sotti kelini haqida ham fikr bildiradigan bo‘lsak, bu obraz ham tabiiyligi bilan ajralib turadi. Sotti ismi ham bejiz tanlanmagan. Ovsinlarining nazarida “sotqin” kelin. Bu kelin obrazi qaynonasining o‘ng qo‘li bo‘lib, hamma narsadan qaynonasini xabardor qilib turadi. Sotti obrazi xarakteridagi chaqimchilik, ikkiyuzlamachilik, qattiqqo‘l qaynonasiga sadoqat komik tarzda tasvirlanib, kitobxon yuzida tabassum uyg‘otadigan obrazdir. “Farmon bibi: E, menga artistlik qilma. (Sottiga) bu kelin osonlikcha bo‘yin egadiganga o‘xshamaydi. Qilt etgan tovushi, g‘iring degan gapi menga yetib tursin. Tushundingmi? Sotti: Xo‘p bo‘ladi, oyijon. Ko‘zim durbin, qulog‘im mikrafon” [Said Ahmad. 1976. 3-bet]. Ushbu birgina dialog orqali biz Sotti obrazi haqida yaxshigina tasavvurga ega bo‘lamiz. Sotti kelin obrazi ko‘z o‘ngimizda “shpion kelin” xarakterini namoyon qiladi. Ushbu komediya Said Ahmadga katta shuhrat olib keldi. Dunyodagi o‘nlab tillarga tarjima qilinib, ko‘plab mamlakatlarning sahnalariga qo‘yildi. 171 “Qirq besh kun”da xalq polvonlari obrazini yaratishda ham mohirona so‘zlar foydalanganligi, yozuvchi ijodining o‘ziga xosligini bildiradi. Asarda xalq polvonlarining so‘zlari, harakatlari komik vaziyatlarda tasvirlangan, ularning tilidagi, ruhiyatidagi muhim xususiyatlar yetarlicha ochib berilgan. Asardagi Esh polvon obrazi haqida so‘z yuritamiz. Obrazning originalligi, ruhiy olamining rang- barangligi, murakkabligi bilan to‘g‘ri va real tasvirlangan. Yozuvchi polvonlarning kurash tushish epizodi tasvirida xalq kulgusidan, qochiriqlardan mohirlik bilan foydalanadi, polvonlarning badiiy nutqlari individuallashtirilib, ularning xarakteriga mos tarzda ifodalangan. Ularning chapanilarga xos so‘zlari xarakterlari uchun mosdir. “Bir jag‘ini ezib qo‘y bu tirranchani. Chiranmoqlik qilyapti. Buzoqning yugurgani somonxonagacha. Ikkinchi kurash tushmaydigan qilib, belini qirsillatib qo‘y” [Said Ahmad. 2016. 73-bet]. Yozuvchi ijodida yumor yetakchilik qiladi. Zamonning yomon illatlarini ham yumor, hazil-mutoyiba bilan qog‘ozga o‘rab ochib beradi. Misol uchun, asarlarida xasis kishilar obrazini ham uchratamiz. Adibning “To‘yboshi” hikoyasida qurumsoq, xasis Otaboyni tasvirlashda ham yumordan o‘rinli foydalana olgan. Otaboyning xasisligi o‘quvchida kulgu uyg‘otadi. Bu obraz orqali hamma narsani tejab ishlatadigan, ortiqcha sarf-xarajat qilmaydigan insonlar tasvirlangan. Yozuvchi “Qoplon” hikoyasidagi Qurbonboy obrazi misolida ham jamiyatdagi ikkiyuzlamachi, laganbardor, insonlarning amal kursisiga qarab muomala qiluvchi insonlar xarakterini ochib bergan. Bunday insonlar o‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan tap tortmasligi, har qanday yumushini bajarishdan orlanmasligi kabi yaramas illatlar ochib berilgan. Hikoya so‘ngida Tillayev Qoplonni ko‘rib, “Bu itni taniyman”, deya aytilgan gap aslida Qurbonboyga qarata aytilgan bo‘lib, bunday kimsalar odam safidan chiqarilib, hayvon bilan tenglashtirilgan. Adib Qurbonvoylar kabi ikkiyuzlamachi, ablah odamlarni insonlar orasida, jamiyatda o‘rni bo‘lishi kerak emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Birgina “it” so‘zining o‘ziyoq Qurbonvoy xarakterini ochib berishga xizmat qilgan. 172 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Said Ahmadning o‘zbek ma’naviyati, xususan, milliy tilimiz xazinasini boyitishdagi xizmatlari taxsinga sazovordir. Yozuvchining xarakter yaratish mahorati, topib, o‘z o‘rnida qo‘llangan so‘zlar bilan obraz xarakterlarni tasvirlashi kitobxonda kitobga bo‘lgan qiziqish uyg‘otadi. Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, asrab-avaylash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodlarimizga yetkazib berishdek ulkan mas’uliyatli vazifani bajargan Said Ahmaddek buyuk yozuvchilarimiz adabiy merosini o‘qib- o‘rganishimiz lozim. Adib asarlarini mutolaa qilish orqali tilimizning naqadar go‘zalligi, jozibador va serma’noliligiga amin bo‘lamiz. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling