Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAID AHMADNING “KELINLAR QO’ZG’OLONI” KOMEDIYASIDA BARQAROR BIRIKMALARNING O’RNI
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
- Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Гальперин И.В. Текст как объект лингвистического исследования. – Москва, 1981, с.44. 177 2. Звегинцев В.А. Предложение и его отношение к языку и речи. – Москва, 1976, с.35. 3. С.Аҳмад. Юлдуз. Кўргазма. –Тошкент, 1986,194-бет. SAID AHMADNING “KELINLAR QO’ZG’OLONI” KOMEDIYASIDA BARQAROR BIRIKMALARNING O’RNI ARZIYEVA Dildora Solijonovna Namangan viloyati Mingbuloq tumani 26-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida aks etgan barqaror birikmalar va ularning yumoristik kulgi yaratuvchi vosita sifatidagi o’rni tahlil etilgan. Yumor yaratuvchi barqaror birikmalar orqali yozuvchining komik xarakter yaratish mahorati misollar asosida tahlil doirasiga tortilgan. Kalit so’zlar: barqaror birikmalar, iboralar, maqol-matallar, hikmatli so‘zlar, okkozional frazemalar, aforizmlar, paremalar. O’zbek komediyalarida barqaror birikmalar vositasida obrazli fikrlar yaratilgan. Har bir yozuvchi kulgi yaratuvchi vositalardan o’ziga xos uslubda foydalanadi. Ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Iboralar, maqol-matallar va hikmatli so‘zlar barqaror birikmalar hisoblanadi. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko'zi o'ngida aniq va to'la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o'rni, ahamiyati beqiyosdir. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat- holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan 178 xulosalarning o'ziga xos obrazli ifodalaridir. Said Ahmad, odatda, tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo'llash bilangina kifoyalanib qolmaydi. Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab ularni o'zgartirgan va qayta ishlagan holatlariga duch kelamiz. Badiiy asarlarda foydalanilgan xalq iboralari shu tariqa sayqallanib, yangi ma’no nozikliklari bilan to'yinib boradi. Xalq iboralarini qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma’no talqini berishning yo'llari juda xilma-xildir. Said Ahmad ham umumtil iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini o'zgartirish va uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va obrazli ma’nolar kiritish kabi usullardan foydalangan. Tilshunoslik fani taraqqiyotida frazeologik iboralarni qayta ishlashning turli usullari B.Yo'ldoshev tomonidan yangicha talqin etilgan. Xususan, B.Yo’ldoshevning nomzodlik ishi Said Ahmad asarlarining tili va uslubi tahliliga bag’ishlani bilan e’tiborga molik [Yo’ldashev B, 1979: 16-bet]. Dissertatsiyaning birinchi bobida Said Ahmad asarlarida bayon qilish usullari, personaj nutqi, uni individuallashtirish vositalari, yozuvchi asarlarida muallif nutqi va muallif bayoni, ichki nutq, o’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap, monolog, dialog, polilog shakllarining qo’llanilishi masalalari yoritiladi. Tadqiqotning ikkinchi bobi “Said Ahmad asarlari tilida an’ana va novatorlik masalalari” deb nomlanib, bunda muallif yozuvchining o’z asarlarida “Ko’r hassasini bir marta yo’qotadi”, “Jimjitlik bor joyda hayot so’nadi”, “G’am bo’yinga boylangan tosh bo’lsa, quvonch elkadan o’sib chiqqan qanot”, “Jo’jani kuzda sanamoq”, “Chuchvarani xom sanamoq” singari maqol, matal, aforizmlar va iboralardan foydalanish mahoratini, ijodkorning “balet tushirtirmoq”, “qora botir bo’lib tushmoq”, “Mukarramxon bo’lib ketmoq”, “cho’l Ziganshini ekan” kabi yangi iboralar yaratish sohasidagi novatorligi masalalarini ochib bergan. B.Yo’ldoshev o’zining ana shu nomzodlik dissertatsiyasi materiallari asosida keyinchalik “Badiiy mahoratning muhim qirrasi” nomli risola va “O’zbek badiiy prozasining uslubiy tahlili” nomli monografiyasini e’lon qilgan edi [Yo’ldashev B, 1976: 18-bet]. 179 Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasidagi barqaror birikmalarni o’rganish jarayonida asardagi Farmonbibi va har ikki gapga maqol qo’shib gapiradigan unung kelini Bashorat nutqini tahlil qilamiz: “Bashorat. Mana, oyijon. Farmon. ( Bashoratga) Kam-ko’stingni ayt. Nima kerak? Bashorat. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek,... Farmon. (gapini bo’lib) Maqol qo’shmay gapir. Maqol ham o’lsun, bo’lar- bo’lmasga suqulmay. Bashorat. Maqol so’z ko’rki, o’zingizdan qolar gap yo’q. Do’st boshga, Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling