Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Said Ahmad. Kelinlar qo’zg’oloni. – Toshkent, 1976. – 32 b. 
ww.ziyouz. 
com
 kutubxonasi. 
2. Йўлдошев Б. Бадиий маҳоратнинг муҳим қирраси / Саид Аҳмад ижоди 
мисолида. – Тошкент, 1976. – 18 б. 
3. Юлдашев Б. Язык и стиль произведений Саида Ахмада. Автореф. 
дисс... канд. филол. наук. – Ташкент, 1979. – 16 с. 
4. Юлдашев Б. Стилистический анализ узбекской художественной прозы / 
Hа материале творчества Саида Ахмада. – Ташкент: Ўқитувчи, 1989. – 136 с. 
5. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
– 480 b. 


182 
SAID AHMAD ASARLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING
QO’LLANILISHI 
BEKIYEVA Malika Jamoldin qizi 
Andijon davlat tibbiyot instituti 
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Said Ahmad asarlarida barqaror birikmalarning
qo’llanilishi tadqiq qilingan. Shuningdek, badiiy asarda uslubiy vosita sifatida
personajlar xarakterini ochish, ularning turli holatlardagi ruhiyatini tasvirlashda 
matallarning ko’chma ma’nolari muhim estetik vazifa bajara olishi mumkinligi va
Said Ahmad aynan ana shu usuldan ko’p o’rinlarda ustalik bilan foydalanganligi 
haqida so`z borgan. 
Kalit so`zlar: maqol, matal, idioma, ibora, hikmatli so’z, barqaror birikmalar, 
frazeologizm. 
Xalq donishmandligining mahsuli bo’lgan maqol, matal, idioma, ibora, hikmatli 
so’z kabi paremalar badiiy asar g’oya va maqsadini, personajlar ichki dunyosini 
ochishda, asar tilining shirali va ta’sirchan bo’lishida, emotsionalligi va 
musiqiyligini oshirishda muhim uslubiy vosita hisoblanadi. Turli xalqlar tillarida 
bo’lgani kabi o’zbek tilida ham ana shunday obrazli ifodalarning roli katta. 
Badiiy asarda uslubiy vosita sifatida personajlar xarakterini ochish, ularning 
turli holatlardagi ruhiyatini tasvirlashda matallarning ko’chma ma’nolari muhim
estetik vazifa bajara olishi mumkin. Said Ahmad aynan ana shu usuldan ko’p
o’rinlarda ustalik bilan foydalanadi. 
Maqol va matal janrlarini bir-biridan ajratib turuvchi farqlardan yana biri shuki, 
har bir maqolda aniq bir hukm yotadi, bu hukm yo ijobiy, yo salbiy bo’lishi 
mumkin. 
M: Og’zing to’la qon bo’lsa ham, dushmaning oldida tupurma 
Yomondan qoch-da qutul, yo ton-da qutul. 
Mehmonning rizqi o’zidan oldin keladi.  


183 
Ikki fikr va muhokamaning bir-biriga muqoyasa yo’li bilan qo’yilishi – antiteza 
hodisasini maqollarda ko’p uchratamiz. 
Xalq qo’llasa – bor bo’ladur, 
 Xalq qarg’asa – xor bo’ladur
Tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaralganda ham maqol-matal tipidagi 
paremalarda mushtarak va farqli tomonlar kuzatiladi. 
Kambag’alni tuyaning ustida it qopadi, matalini olib ko’raylik.
Tuya baland bo’yli, katta hayvon, it esa tuyaga nisbatan ancha past, oyoqlari 
tagida qolib ketadigan kichik hayvon. Mantiqan u tuyaning tepasida o’tirgan 
odamni qopa olmaydi. Lekin shunday sharoit yuzaga kelganki, vaziyat 
kambag’alga qarshi, uning himoya imkoniyati ortiq darajada cheklanganki, amalga 
oshishi mumkin bo’lmagan vaziyatdagi holat ham yuzaga kelishi mumkin, ya’ni 
tuyaning ustida turgan odamni ham it qopishi mumkin. 
Grammatik jihatdan tugallanganlik muammosi maqol va matallarni bir-
biridan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Bu masalada ham 
turlicha qarashlar mavjud bo’lsa-da, asosan, maqollar tugallangan fikrni ifodalab, 
grammatik shakllangan gap tarzida; matallar esa fikr va muhokamaning tugal 
natijasini emas, balki uning elementlarini ifodalab, grammatik jihatdan to’la 
shakllanmagan birlik tarzida namoyon bo’ladi, degan fikr ancha barqarordir. 
Bizningcha, ham ana shu fikr haqiqatga yaqin. Chunki maqol va matallarning 
grammatik jihatdan tugallangan-tugallanmaganligi undagi ifodaning ham, ya’ni 
tushunchaning tugallangan-tugallanmaganini yuzaga chiqaradi. 
Shu jihatdan olib qaralganda: 
A) matallar grammatik tugallanmagan turg’un birikmalardir; 
M: Och qornim, tinch qulog’im.  
B) maqollar grammatik jihatdan tugallangan mustaqil gaplardan tashkil topadi; 
M: yetti o’lchab, bir kes.  
Masal ham maqol va matal kabi majoziy obrazlar orqali fikrni ixcham, lo’nda 
va ta’sirchan qilib ifodalashga xizmat qiladi. 


184 
Umuman olganda, Said Ahmad maqol, matal, masal va idiomalardan unumli 
foydalanib, asarning emotsional-ekspressivligini kuchaytira oladigan poetik 
vositalardan biriga aylantirgan. 
“Ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror munosabatidan tashkil
topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida 
imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi” 
[Nurmonov A., 2002: 103-bet] va iboralar, maqol-matallar, hikmatli so’zlar 
barqaror birikmalar hisoblanadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling