Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
o’ngiga qarab aytadigan bo’lib
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endi quyilib qolgandir”
o’ngiga qarab aytadigan bo’lib qoladi”(“Jimjitlik”, 11b).
Gap-metaforalar bir vaziyat belgilari asosida ikkinchi vaziyat belgilari haqidagi hukmga asoslanadi. Bunday gaplar ikki qatlamli semantik tuzilishga ega bo’ladi: tashqi mazmun va ichki mazmun 23 . Masalan: “U Mirvalining bolalik yillarini endi aniq ko’z oldiga keltira boshladi. Juda sho’x bola edi. Mushtlashishga o’ch, o’tganning o’rog’ini, ketganning ketmonini oladigan simobdek beqaror edi. 21 Pinxasov. Ko’rsatilgan asar. 12 b 22 Xudoyberganova D. Matnning mazmuniy tarkibidagi metaforalar. O’TA, 2012/ 1son, 37b 23 Xudoyberganova D. Matnning mazmuniy tarkibidagi metaforalar. O’TA, 2012/ 1son, 38b 199 Endi quyilib qolgandir” (“Jimjitlik”, 17 b). Ushbu mikromatnda Mirvalining sho’xlik xarakter-xususiyati ichki mazmunga ishora qilyapti. Shuningdek Said Ahmad asarlarida matn-metaforalar ham keng qo’llanilgan. Matn-metaforalarga xos bo’lgan xarakterli xususiyat shundaki, unda matn subyektining metaforik ma’noda qabul qilinishi matndan anglashilgan makropropozitsiyaning ham o’quvchi ongida metaforik ma’noda xarakter kasb etishiga olib keladi 24 . Masalan, quyidagi mikromatnda “hukmronlik” semasi metaforik mazmun kasb etgan. “Shu topda Mirvalining vujudida vahshiy bir kuch g’alayon qilardi. Kimnidir otib tashlagisi, kimnidir qo’llari og’riguncha do’pposlagisi, nimalargadir o’t qo’yib yuborgisi kelardi. Mirvali yer-u ko’kka sig’masdi. Baqirgisi, yugurgisi, boshini devorlarga urgisi kelardi. Umr bo’yi aytganini qildirgan, bir og’iz so’ziga o’nlab odamlar bab – baravar labbay deb turgan, ertalab uyg’onganda keksadir, yoshdir salomga keladigan, suv deganda daryoni boshlab keladiganlar oldida beburd bo’lib qolaveradimi?”(“Jimjitlik”, 210 b). Metaforalar nutqiy ta’sirchanlikni oshirib, kitobxon oldida asarning jozibasini yanada oshiradi. Asarning nutqiy ta’sirchanligini shakllantirish, kitobxon oldidagi jozibasini yanada oshirishi adib mahoratiga bog’liqdir. Said Ahmad asarlari tahlili jarayonida metaforalardan unumli foydalanganligining guvohi bo’lamiz. Asarda uchraydigan metaforalar asarning badiiy qimmatini yanada oshirib, yozuvchining kitobxon oldidagi mahoratini ochib bergan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling